Pulapaka Susheela (1935-yil 13-noyabrda tugʻilgan), xalq orasida P. Susheela nomi bilan tanilgan, oltmish yildan koʻproq vaqt davomida Janubiy Hindiston kinosi bilan bogʻliq boʻlgan hind ijrochisi, asosan Andxra-Pradeshdan yaʼni ajoyib qoʻshiqchi edi. U Hindistondagi eng buyuk va eng taniqli ijrochi qoʻshiqchilardan biri boʻlishiga qaramay, u turli hind tillarida rekord miqdordagi qoʻshiqlarni ijro etgani uchun Ginnesning rekordlar kitobiga, shuningdek, Osiyo rekordlar kitobi tomonidan tan olingan sanʼat sohibasidir[1]. Shuningdek, u eng yaxshi ayol ijrochi uchun beshta Milliy kino mukofoti va koʻplab davlat mukofotlari sohibasi hisoblanadi[2][3]. Susheela janubiy hind kinosida feminizmni[4] belgilagan va janubiy hind tillarida 50 000 dan ortiq kino qoʻshiqlarini ijro etganligi[5] uchun oʻzining xushbichim[6][7] vokal ijrosi[8] bilan mashhur boʻlgan qoʻshiqchi sifatida ham xalq orasida ham keng tarzda eʼtirof etilgan.

P. Susheela
Tavalludi
Pulapaka Susheela

13-noyabr 1935-yil (1935-11-13) (88 yosh)
Vizianagaram, Hindiston (now in Andhra Pradesh)
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi
  • Qo'shiqchi
  • musiqachi
Faoliyat yillari 1940-yildan vafotiga qadar
Turmush oʻrtogʻi
Mohan Rao
(turm. 1957; vaf. 2012)
Bolalari 1 nafar
Mukofotlari Full list
Veb-sayti psusheela.org

Uyarndha Manidhan tamil filmidagi „Paal Polave“[9] qoʻshigʻi unga 1969-yilda „Eng yaxshi ayol ijrochi qoʻshiqchi“ nominatsiyasida Milliy kino mukofotini qoʻlga kiritish orqali 16-Milliy Kino Mukofotida[10][11] birinchi mukofotni keltiradi. Susheela milliy mukofotni qoʻlga kiritgan mamlakatdagi birinchi ayol qoʻshiqchi boʻldi. U shuningdek, oʻzi kuylagan tillarning har birida boʻgʻinlar juda aniq va aniq talaffuz qilinishi kerak boʻlgan boy ovozli xonandalardan biri hisoblanadi[12]. Oltmish yildan ortiq davom etgan faoliyati davomida u turli xil hind tillarida, jumladan telugu, tamil, kannada, malayalam, hind, bengal, oriya, sanskrit, tulu va badaga tillarida 50 000 ga yaqin qoʻshiqlarni yozgan. U shuningdek, Singal filmlari uchun kuylagan. Uning ona tili telugu tili edi. U bir oz boʻlasa hind, malayalam va kannada tillarida ham tamil tilida ravon gapira olagan sanʼatkor qoʻshiqch boʻlgan.

Shaxsiy hayoti tahrir

Susheela Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida, Andxra Pradesh shtati, Vizianagaram tumanidagi Vizianagaram shahrida yetakchi advokat Pulapaka Mukunda Raoning qizi sifatida tugʻilgan. U 2012-yilda vafot etgan doktor Mohan Rao bilan turmush qurgan, ularning Jayakrishna ismli bir nafar oʻgʻli bor. Uning jiyani Sandhya Jayakrishna Iruvarda AR Rahman bilan debyut qilgan qoʻshiqchi va uning ikki nabirasi ijro etishgan. Ulardan biri Shuba Sri va u musiqa direktori Thaman S bilan birga bosh gitarachi edi.

Taʼlimi tahrir

Maktabni tugatgandan soʻng, Susheela Vizianagaram direktori boʻlgan Dvaram Venkatasvami Naidu qoʻl ostida Maharaja musiqa kollejiga ishga kirib ish faoliyatini boshlagan va juda erta yoshda Andhra universitetining musiqa boʻyicha diplomini birinchi sinfidanoq tamomlab diplomni oladi.

P. Susheela Trust tahrir

2008-yilda tashkil etilgan P. Susheela Trustda oylik pensiya toʻlash sxemasi mavjud boʻlib, unga muhtoj boʻlgan bir necha musiqachilar yordam koʻrsatmoqda. Har 13-noyabrda musiqiy kontsert boʻlib oʻtadi, uning davomida hay’at tomonidan tanlangan katta sanʼatkor (lar) umr boʻyi muvaffaqiyat mukofotlari va P Susheela Trust mukofoti bilan taqdirlanib kelinadi. Konsert jarayoni Ishonchga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltirilib boriladi yaʼnikim barcha ana shu ishonchga asoslangan holatda ish tutafi.

Manbalar tahrir

  1. Naig, Udhav. „P. Susheela enters Guinness World Records“. The Hindu (29-mart 2016-yil). Qaraldi: 4-may 2020-yil.
  2. „Happy Birthday PSusheela“. IndiaGlitz.com (13-noyabr 2014-yil). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „About“. The Southern Nightingale. 2020-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-oktyabr.
  4. Amanda Weidman. „South Asian Popular Culture Voices of Meenakumari: Sound, meaning, and self-fashioning in performances of an item number“.
  5. „Melody Queen P. Susheela - Interviews“. psusheela.org.
  6. „Voice defying age“. The Hindu. 16-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „A well composed tribute to a veteran singer“. The Hindu.
  8. „Accent is on novelty“. The Hindu (18-may 2001-yil). 2015-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  9. Dore. „Tamil Songwriter Vaali Dies at 83“. Variety (19-iyul 2013-yil).
  10. „Sixteenth National Awards For Films“ (13-fevral 1970-yil). 2012-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  11. Times of India, Entertainment. „National Awards Winners 1968: Complete list of winners of National Awards 1968“. timesofindia.indiatimes.com. 12-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2021-yil.
  12. „Melody Queen P. Susheela - About Smt. P. Susheela“. psusheela.org.