Pamyatniki zodchestva Xorezma
Pamyatniki zodchestva Xorezma (ruscha: Памятники зодчества Хорезма) — Oʻzbekistonning Xorazm viloyatidagi meʼmoriy yodgorliklar toʻgʻrisida ilk qoʻllanma. 1978-yil Toshkent shahrida „Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti“da chop etilgan[1].
Asl nomi | ruscha: Памятники зодчества Хорезма |
---|---|
Muallif(lar) |
Liya Mankovskaya Vera Bulatova |
Muharrir(lar) | D. A. Bixovskiy |
Mamlakat |
SSRI OʻzSSR |
Til | ruscha |
Janr(lar)i | ilmiy nashr |
Nashr etilgan sanasi | 1978-yil |
Nashriyot | Издательство литературы и искусства имени Гафура Гуляма |
Sahifalar soni | 192 |
Ilmiy nashr mualliflari — Liya Mankovskaya va Vera Bulatova, ilmiy muharrir — Galina Pugachenkova. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: D. A. Bixovskiy – muharrir, N. A. Vzenkonskaya – rassom, M. M. Reyx – rasmlari muharriri, T. I. Smirnova – texnik muharrir, V. I. Kiva – musahhih. Kitob adadi – 5 000 nusxa[1].
Kitobda Xorazm viloyatining koʻp oʻrganilmagan meʼmoriy merosi birinchi marta toʻliq yoritilgan. Tarixiy ocherk arxeolog V. Bulatovaning qalamiga mansub boʻlib, unda qurilish faoliyatining asosiy bosqichlari va umuman Xorazmning tarixiy taqdiri toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Kitobning tarixiy-meʼmorlikka oid qismi arxitektor L. Mankovskaya tomonidan yozilgan. U Xiva (Ichan qalʼa va Dishan qalʼa), Urganch, Gurlan, Xonqa, Shovot va Xorazm viloyatining boshqa aholi punktlaridagi barcha monumental yodgorliklar haqidagi maʼlumotlarni umumlashtiradi. Kitobda tarixiy va me'moriy obzorda barcha turdagi binolarning rivojlanishi ko'rsatilgan. Har bir yodgorlik haqida batafsil ma'lumotlar birlashtirilgan katalogda keltirilgan[1].
Kitob keng kitobxonlar (oʻlkashunoslar, Oʻzbekiston tarixiy va madaniy yodgorliklarini himoya qilish jamiyati ishchilari) qatorida, mutaxassislar (arxitektorlar, sanʼatshunoslar, tarixchilar va tarixiy shaharlarni restavratsiya va rekonstruksiya qilish sohasida ishlovchilar) uchun mo'ljallangan[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- „Маньковская Л.Ю., Булатова В. Памятники зодчества Хорезма“ (ruscha). Twirpx.com. Qaraldi: 2020-yil 11-dekabr.[sayt ishlamaydi]
Adabiyotlar
tahrir- Маньковская Л. Ю., Булатова В. А Памятники зодчества Хорезма — Из-во литературы и искусства имени Гафура Гуляма. — Т., 1978. — P. 192.