Panella
Panella (italyancha: panella, мн.ч. panelle) — Palermodagi anʼanaviy koʻcha taomi boʻlgan noʻxat unidan tayyorlanib qovurilgan oladyalar yoki quymoqlar Sitsiliya oshxonasiga ham xosdir[1][2][3].
Panella odatiy Palermo gazakidir va uni shaharning koʻp joylarida, xususan, „friggitorilar“ — frityurda tayyorlanadigan taomlarga ixtisoslashgan kafelarda sotib olish mumkin. Panella asosan ustiga kunjut sepilgan Mafalde bulochkasida beriladi[4]. Noʻxat unidan boʻlgan kulchalar non oʻrniga, tamaddi yoki asosiy taomga qoʻshimcha sifatida isteʼmol qilinadi. Ular koʻpincha kartoshka kroketlari yoki boshqa qovurilgan klyarli taomlar bilan isteʼmol qilinadi va taʼbga koʻra tuz, qalampir va limon qoʻshiladi.
Panellaga oʻxshash taom — fetta savonese Savona provinsiyasida tayyorlanadi. Bu noʻxat unli xamirdan boʻlakchalar tayyorlanib qovuriladigan dumaloq oq „fokachetta“ bulochkasidir[5]. Liguriya oshxonasida qaynatilgan va qovurilgan noʻxat xamirining boʻlaklaridan tayyorlangan taom panissa deb ataladi[6].
Retsepti
tahrirPanella noʻxat uni, suv va maydanozdan tayyorlanadi. Un shoʻr suvda eritiladi, toʻgʻralgan maydanoz qoʻshiladi. Olingan massa quyuqlashguncha past olovda pishiriladi. Shundan soʻng, u 0,5 cm dan ortiq boʻlmagan qatlamli likopchalarga surtiladi (yoki sovushi uchun bir kechaga qoldiriladi). Soʻng boʻlaklarga boʻlinadi, ozgina quritiladi va chuqur frityurda yoki koʻp yogʻli tovada qovuriladi[7].
Shirin panella
tahrirShirin panella odatda 13-dekabr kuni Santa Luchia bayrami uchun tayyorlanadi. Noʻhatdan tayyorlangan xamirga shakar, sariyogʻ yoki choʻchqa yogʻi qoʻshiladi. Shirin panellar koʻpincha qaynatma krem bilan tortiladi[8][9].
Tarixi
tahrirRim davrida noʻxat uni mahalliy pazandalikda, ayniqsa polenta kabi taom tayyorlashda keng qoʻllangan. Ehtimol, birinchi panellalar tekis non tayyorlash uchun ishlatiladigan vertikal pechlar ichidagi tosh ustida pishirilgan. Ehtimol, oʻrta asrlarda noʻxat unidan tayyorlangan kulchalar allaqachon qovurila boshlangan. Hech boʻlmaganda Sitsiliyadagi Angevin sulolasining fransuz hukmronligi davrida noʻxat juda mashhur edi. U Sitsiliya Vespers afsonalarida uchraydi (1282-yil 29-mart). Yilnomalarga koʻra, qoʻzgʻolon paytida, mahalliy aholi niqobi ostida yashirinishga uringan fransuzlarni aniqlash uchun, sitsiliyaliklar gumon qilinganlarga noʻxat koʻrsatib, uning nima ekanligini bilishni talab qilishgan. Noʻhatning sitsiliyalik nomi „Ciciri“ fransuzlar uchun talaffuz qilish qiyin boʻlganligi sababli, bu soʻʻz ularni aniqlash uchun sinov soʻzi boʻlib xizmat qilgan. Bunday sinovdan oʻta olmagan har bir kishi joyida oʻldirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ „PANE CON LE PANELLE. BY GIOVANNI CARDELLA“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „La panella, una storia che parte da lontano“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „PANELLA SICILIANA: LA POLENTA DEL SUD“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „La panella, una storia che parte da lontano“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Il panino con le fette di Savona. A tutta panissa (fritta)“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „LA PANISSA (profumi di storia savonese)“. 2020-yil 1-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Лепешки из нутовой муки (Panelle)“. 2017-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Ricetta delle panelle dolci | Dolci Siciliani“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.
- ↑ „Per Santa Lucia non possono mancare le panelle dolci: l'altra faccia delle "piastrelle" dorate e salate | Scelte di Gusto“. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 10-dekabr.