Parvana — oʻrtapishar xoʻraki kishmish uzum navi. Armaniston uzumchilik, vinochilik va mevachilik ilmiy tadqiqot institutida Kattaqoʻrgʻon va Hishrov kishmishi navlarini chatishtirib chiqarilgan (S. A. Pogosyan, S. S. Xachatryan, E. L. Martirosyan, V. I. Yegizaryan). Bargi oʻrtacha, 5 boʻlmali, osti tuksiz. Guli 2 jinsli. Uzum boshi oʻrtacha va yirik, oʻrtacha tigʻiz. Gʻujumlari yirik, choʻziq-tuxumsimon, sargʻimtir, gʻubor bilan qoplangan. Kurtak ochganidan keyin 140— 145 kunda, faol qarorat yigʻindisi 3290—3345° da pishib yetiladi. Tupi oʻrtacha usadi. X,osildorligi 160—170 s/ ga va undan ortiq. Kasallik va zararkunandalarga chidamli oʻrtacha, sovuqqa chidamli past. Yangiligida isteʼmol qilinadi, mayiz solinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil