Passatlar (ispancha: viento de pasada) — tropik kengliklarda okeanlar ustida yil boʻyi barqaror esib turadigan havo oqimlari. Passatlar tezligi Yer yuzasida 5—6 m/s ni tashkil qiladi. Vertikal kalinligi 2—4 km boʻlib, ekvator tomon oshib boradi. Passatlarga meridian boʻylab ekvator tomon yoʻnalgan oqimlar qoʻshiladi, natijada Shimoliy yarim sharda Passatlar koʻproq shim.-sharqiy shamollar, Janubiy yarim sharda esa jan.-shar-qiy shamollar boʻlib esadi. Passatlar subtro-pikdagi antitsiklonlar bilan chambarchas boglangan (ular bu antitsiklonlarning ekvator tomondagi chekkalariga karab esadi). Shamol maromi tez-tez oʻzgarib turadigan tropik oʻlkalarda Passatlar ancha sust, baʼzi joylarda Passatlar oʻrnini mussonlar egallaydi. Ekvator yaqinida bu-tun troposfera va quyi stratosfera qatlamida sharqiy shamollar ustunlik qiladi. Troposferaning yuqori qatlamlarigacha koʻtarila olmagan Passatlar ustida shamollar gʻarbiy yoʻnalishga ega boʻladi. Passatlar ustidagi bu oqimlar antipassatlar deb ataladi. Passatlar va antipassatlar ekvator bilan subtropiklar oʻrtasida sirkulyasiya sistemasini hosil qiladi.

xaritasi (ingliz tilida)
xaritasi (ingliz tilida)

Passatlarning okeanlar yuzasida quyi kengliklarga qarab oqadigan havosi suvdan sovuqroq boʻladi. Shuning uchun bu havo tagidan iliydi va toʻp-toʻp bulutli konveksiya vujudga keladi. Lekin bu bulutlardan yogʻin yogʻmaydi va Passatlar hukmron oʻlkalarning havosi quruq boʻladi. Materiklarda Passatlar esadigan joylarda tropik choʻllar hosil boʻlgan. Lekin Shimoliy va Janubiy yarim sharlardagi Passatlar oraligʻidagi zonada konveksiya kuchi va balandligi keskin ortadi; katta balandliklargacha keng bulutlar toʻdasi yuzaga keladi, ulardan jala yomgʻirlari yogʻadi. Quruklikda bu zona nam subekvatorial va ekvatorial oʻrmonlar zonasiga toʻgʻri keladi.

Tohir Muxtorov.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil