Yevgeniy Oskarovich Paton [1870.20.2 (4.3), Nitssa - 1953.12.8, Kiyev] - payvandlash va koʻpriksozlik sohasidagi olim. Ukraina Fanlar akademiyasi akademik (1929), vitse-prezidenti (1945—52); Drezden politexnika institutini (1894) va Peterburg temir yoʻllar institutini (1896) tugatgan. Kiyev politexnika instituti professor (1905).

Koʻprik sinash styasini boshqargan (1929-31). Uning tashabbusi bilan Ukraina Fanlar akademiyasi da payvandlash laborato-riyasi tashkil qilingan va u elektr bilan payvandlash ilmiy tadqiqot institutiga aylantirilgan; shu institutning birinchi direktori. In-tga P. nomi berilgan. Ilmiy ishlari elektr payvandlashga oid. P. payvandlashni avtomatlashtirish, flyus qatlami ostida payvandlash va payvand bi-rikmalarning mustahkamligi masalalarini ishlab chiqqan. Koʻpriksozlik masalalari bilan ham shugʻullangan. Uning rahbarligida Kiyevda Dnepr daryosi us-tiga yaxlit payvand koʻprik qurilgan (1953).[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Paton Yevgeniy Oskarovich" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil