Pavel Bugalo (ruscha: Бугало, Павел Викторович; 1974-yilning 21-avgustida tugʻilgan) Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi darvozaboni va sobiq futbolchi[1].

Pavel Bugalo
Павел Бугало
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Pavel Bugalo Viktorovich
Tavallud sanasi 21-avgust 1974-yil (1974-08-21) (50 yosh)
Tavallud joyi Chirchiq Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.85 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Darvozabon
Laqabi Pasha
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OKMK Darvozabonlar murabbiyi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1989—1990 Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Chirchiq 14 (0)
1992—1999 Paxtakor 172 (0)
2000—2001 FC Spartak Vladikavkaz 10 (0)
2002—2004 FC Jenis 51 (0)
2005 FC Jetysu 22 (0)
2006 Ordabasi FC 23 (0)
2007—2010 Bunyodkor 69 (0)
2010 Andijon 5 (0)
2011—2013 Lokomotiv Toshkent 35 (0)
2014—2017 Bunyodkor 12 (0)
Milliy terma jamoa
1995—2007 Oʻzbekiston 40 (0)
Boshqargan klublari
2018 Bunyodkor (Darvozabonlar murabbiyi)
2019—2023 OKMK (Darvozabonlar murabbiyi)
2023— Paxtakor (Darvozabonlar murabbiyi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2018.12.31 uchun)

Futbolchilik faoliyati

tahrir

U 1996 va 1997-yillarda „Paxtakor“ safida oʻynab, Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi unvoniga sazovor boʻlgan[2][3]. Keyinchalik u Rossiyada „Alaniya Vladikavkaz“ va Qozogʻistonda oʻynadi va 2002-yilda „Jenis Astana“ bilan kubok chempioni boʻldi. Shuningdek Qozogʻistonda „Jetisu“ va „Ordabasi“ tarkibida ham toʻp surdi.

2007—2010-yillarda „Bunyodkor“ safida toʻp surgan va 2008-yilda Oʻzbekiston chempionati va kubogida gʻolib chiqqan. 2010-yil davomida u „Andijon“ klubi safini himoya qilgan. 2011-yilda poytaxtning boshqa klubi Toshkentning „Lokomotiv“ klubiga oʻtdi va u yerda 3 mavsum toʻp surdi. 2013-yil dekabr oyida u „Lokomotiv“ni tark etib, „Bunyodkor“ga qaytdi va klub bilan shartnoma imzoladi. 2013-yilning dekabr oyida „Lokomotiv“ni tark etib,[4] „Bunyodkor“ klubiga qaytdi va u bilan shartnoma imzoladi[5] va shu klubdagi professional futbolchilik faoliyatini yakunladi[6].

Futbolchi sifatidagi faoliyatini yakunlagach, biznes bilan shugʻullana boshlagan[7]. Hozirda „AGMK“ klubida darvozabonlar murabbiyi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Xalqaro faoliyati

tahrir

Bugalo 1995-yildan 2007-yilgacha futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida 40 ta oʻyinda maydonga tushgan[8][9]. Milliy terma jamoa tarkibida 1996-yilda BAAda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi va 2007-yilda Xitoyda boʻlib oʻtgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi ishtirokchisi boʻlgan[10].

Yutuqlar

tahrir
„Paxtakor“
  • Oʻzbekiston ligasi (2): 1992, 1998
  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 1993
  • Oʻzbekiston kubogi (2): 1993, 1997; Jenis
  • Qozogʻiston kubogi (1): 2002;

Bunyodkor

  • Oʻzbekiston ligasi (1): 2008, 2009
  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2007
  • Oʻzbekiston kubogi (1): 2008,

; Lokomotiv

  • Oʻzbekiston Ligasi ikkinchi oʻrinchisi (1): 2013

Individual

tahrir
  • Oʻzbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi (2): 1996, 1997[11]

Manbalar

tahrir
  1. „43 yoshigacha to'p tepgan, O'zbekistonning ikki karra eng yaxshi futbolchisi Pavel Bugalo 46 yoshda!“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  2. „“Paxtakor” safida eng koʻp o'ynagan darvozabonlar: Yanovskiy, Pshenichnikov, Bugalo va boshqalar“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  3. „OFK nazariga tushgan o'zbekistonliklar“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  4. „Pavel Bugalo Lokomotivni tark etdi?“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  5. „Bugalo ham "qaldirg'och"ga aylandi“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  6. „Butsalarini mixga ilganlar“. 2022-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  7. „O'zbekistonda yilning eng yaxshi futbolchisi boʻlgan yagona darvozabon Pavel Bugalo bilan suhbat“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  8. „Bugalo debyut qilganida, kim necha yoshda edi? Bu qiziq!“. 2023-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  9. „Uzbekistan - Record International Players“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2008-yil 21-oktyabr.
  10. „Iz istorii sbornoy Uzbekistana“. 2012-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 5-iyun.
  11. Uzbekistan – Footballer and Coach of the Year (Wayback Machine saytida 2022-05-23 sanasida arxivlangan) // rsssf.com, 16 maya 2008

Havolalar

tahrir