Peter Ducke (nemischa: Peter Ducke)—nemis futbolchisi va hujumchisi.1941-yil 14-oktyabrda Benzenda tavallud topgan.U „Karl Seyss“ klubi va GDR terma jamoasida oʻynagan.1974-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi va 1972-yilgi Olimpiya o'yinlarining bronza medali sovrindori.1971-yilda GDRning eng yaxshi futholchisi.Futbolchi Roland Dukkening ukasi.

FaoliyatiTahrirlash

Klub miqyosidaTahrirlash

GDRda „Yil futbolchisi“.1960-yillarda u GDR futbolida juda mashhur edi.

„Karl Seyss Yena“ klubi va GDR terma jamoasi futbolchisi. Terma jamoa safida 68 o‘yinda 15 ta gol urgan.Uning shiddatli temperamenti va yuqori darajada rivojlangan adolat tuygʻusi hakamlar bilan tez-tez tortishuvlarga olib keldi, ular uni bir necha bor maydondan haydab yuborishdi.Shunga qaramay, futboldagi iqtidori tufayli u ommaning sevimlisi edi.

Terma jamoa miqyosidaTahrirlash

GDR terma jamoasida Peter Ducke 1960-yil 30-oktyabrda Finlyandiya terma jamoasi bilan oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.Oʻyin Sharqiy nemislarning 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi va[1] oʻzi jamoasining uchinchi golini urdi[2].1972-yilda Ducke milliy terma jamoa tarkibida XX-Yozgi Olimpiya o'yinlari uchun Myunxenga joʻnab ketdi.U jamoasining barcha yettita oʻyinida qatnashdi.U bronza medaliga sazovor boʻldi va Kolumbiya terma jamoasi darvozasiga 1 ta gol urdi.1974-yilda Ducke oʻz mamlakati uchun yagona Jahon chempionatida uchta oʻyinda ishtirok etdi.Ducke milliy terma jamoadagi soʻnggi oʻyinini 1975-yil 19-noyabrda Chexoslovakiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazdi.Oʻsha uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi va Duckening oʻzi 11-daqiqada Yurgen Sparvasser oʻrniga zaxiradan maydonga tushdi[3]. Peter Ducke terma jamoa safida jami 64 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib 15 ta gol urgan[4]. Ducke GDR olimpiya terma jamoasi safida ham 7 ta o‘yin o‘tkazib,1 ta gol urgan.

YutuqlariTahrirlash

JamoaviyTahrirlash

GDR terma jamoasida
"Motor" (Yena) / "Karl Seyss"
  • GDR chempioni-1963,1968,1970
  • GDR chempionatining kumush medal sovrindori-1965, 1966,1969,1971, 1973,1974,1975
  • GDR chempionatining bronza medali sovrindori-1977
  • GDR kubogi sohibi-1960,1972,1974
  • GDR kubogi finalchisi-1965,1968

ShaxsiyTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. „G.D.R. — Finland 5:1“. 16-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2011-yil.
  2. „G.D.R. — Finland 5:1“. 16-may 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2011-yil.
  3. „Czechoslovakia — G.D.R. 1:1“. 25-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2011-yil.
  4. „eu-football.info“. 4-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2011-yil.
  5. „East Germany — All-Time Most Matches Played in Oberliga“. 19-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 7-aprel 2011-yil.

HavolalarTahrirlash