Philip Showalter Hench (1896.28.2, Pitsburg 1965.30.3, OchoRios, Yamayka) — amerikalik revmatolog. Pitsburg universiteti tibbiyot maktabini tugatgan (1920). Meyo klinikasi xodimi (1921), tibbiyot boʻlimi konsultanti va revmatik kasalliklar seksiyasi rahbari (1926-yildan). 1928-yildan Minnesot (Rochester) universitetida, professor (1947-yildan). Revmatik kasalliklar klinikasida endokrin omillarni tadqiq etgan va ularni davolashda buyrak usti bezi poʻstlogʻi gormonini birinchi boʻlib qoʻllagan. Nobel mukofoti laureati (1950; E.Kendall va T.Reyxshteyn bilan hamkorlikda)[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil