Piers Sellers (talaffuzi: Pier Sales 1955-yil 11-aprel - 2016-yil 23-dekabr) meteorolog, NASA astronavti[2] va NASA/GSFCda Yer fanlari boʻlimi direktori. U uchta Space Shuttle missiyasining faxriysi hisoblanadi. Piers 1973-yilgacha, Buyuk Britaniyadagi Cranbrook maktabida o'qigan. 1976-yilda Edinburg universitetida ekologiya fanlari bo'yicha bakalavr darajasini qo'lga kiritgan. Piers 1981-yilda Leeds universitetida biometeorologiya bo'yicha doktorlik darajasini oldi. 2011-yilda Piers NASA astronavtlar korpusidan nafaqaga chiqdi[3].

Piers Sellers
Tavalludi
Piers John Sellers

11-aprel 1955-yil
Vafoti 23-dekabr 2016-yil(2016-12-23)
(61 yoshda)
Houston, Texas, AQSH
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik va AQSh[1]
Kasbi Tadqiqotchi olim
Millati Britaniya, Amerika
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
35 kun 9 saoat 2 daqiqa
Tanlash 1996-yil NASA guruhi
Jami EVAs
6
Jami EVA vaqti
41 soat, 10 daqiqa
Missiyalar STS-112, STS-121, STS-132
Missiya belgisi

Astronavtlar korpusiga qo'shilishdan oldin Piers NASA Goddard kosmik parvozlar markazida Yer biosferasi va atmosferasining o'zaro ta'sirini o'rganish bo'yicha ishlagan.

Shaxsiy hayot tahrir

Sellers Sussexning Crowborough shahrida tug'ilgan. Uning ta'limi Sharqiy Sussexdagi Seaford shahridagi Tyttenhanger Lodge tayyorgarlik maktabida boshlangan. Maktabni 1973-yilda tugatgan va qirollik havo kuchlari kursanti sifatida planerlar va motorli samolyotlarni boshqarish uchun o'qitilgan[2][4][5]. U Edinburg universitetida ekologiya fanlari bo'yicha bakalavr darajasini va Leeds universitetida biometeorologiya bo'yicha doktorlik darajasini oldi[6]. Sellers Hebden Bridge, Yorkshire shahridagi hamshira Amanda Lomasga uylangan.

2016-yil yanvar oyida unga oshqozon osti bezi saratonining 4-bosqichi tashxisi qo'yilganligini ma'lum qilindi[7]. Sellers 2016-yil 23-dekabrda 61 yoshida vafot etdi[8].

Karyera tahrir

Sellers va uning rafiqasi 1982-yilda Buyuk Britaniyani tark etib, Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tdi. U o'zining NASAdagi faoliyatini Merilend shtati Greenbelt shahridagi Goddard kosmik parvozlar markazida tadqiqotchi meteorolog sifatida boshladi[2][4]. Sellersning meteorologiya sohasidagi ishi, birinchi navbatda, iqlim tizimlarini modellashtirishga qaratilgan edi[9]. Sellers 1984-yildan har yili astronavt bo'lish uchun ariza berishni boshladi, ammo unda AQSh fuqaroligi yo'qligi, bunga to'sqinlik qildi. 1991-yilda u Amerika Qo'shma Shtatlarining fuqaroligini oldi.

NASA karyerasi tahrir

 
STS-121 paytida Sellers kosmik sayohatni amalga oshirmoqda

Sellers 1996-yil aprel oyida NASA tomonidan astronavt nomzodi sifatida tanlandi. U 1996-yil avgust oyida NASA Jonson kosmik markaziga kelib qo'shildi[2]. U ikki yillik o'qitish va baholashni tugatdi va dastlab Astronavtlar ofisining kompyuterni qo'llab-quvvatlash bo'limida texnik vazifalarni bajarish uchun tayinladi. Sellers kosmosda 559 soatdan ortiq vaqt bo'lib, shu jumladan 6 ta kosmik yurishda deyarli 41 EVA soatni o'tkazdi. U 2011-yilda astronavt sifatida nafaqaga chiqdi[10].

 
STS-132 missiyasi plakati

STS-132 Space Shuttle Atlantis (2010-yil 14-26 may) Xalqaro kosmik stansiyani yig'ish missiyasi edi. Asosiy yuk rossiya mini-tadqiqot moduli va integratsiyalangan yuk tashuvchisi-vertikal yorug'lik (ICC-VLD) bo'lgan. Bu Atlantisning oxirgi rejalashtirilgan missiyasi edi.

Faxr va mukofotlar tahrir

  • 1994-yil NASAning ajoyib ilmiy yutuqlar medali[11]
  • 1995-yil Artur Fleming mukofoti[11]
  • 1996-yil Amerika Geofizika Ittifoqi a'zosi[11]
  • 1997-yil Amerika meteorologiya jamiyati Houghton mukofoti va Amerika meteorologiya jamiyati a'zosi[11]

Sellers 2011-yilda fanga xizmatlari uchun Britaniya Imperiyasi ordeni (OBE) ofitseri etib tayinlangan[12]. U 2016-yil iyun oyida NASAning “Hizmat koʻrsatgan” medali bilan taqdirlangan[13].

2017-yil aprel oyida AQSh harbiy-dengiz kuchlarining iste’fodagi admirali va Koinot fondi direktorlar kengashi raisi James Ellis Sellersni o‘limidan so‘ng General Jeyms E. Xillning umr bo‘yi kosmik muvaffaqiyat mukofoti bilan taqdirladi[14].

Manbalar tahrir

  1. — С. 28.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Piers J. Sellers Biography“. NASA (2011-yil iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-may.
  3. „Astronaut revisits experience of space“. University of Edinburgh (2012-yil 20-noyabr). 2015-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-dekabr.
  4. 4,0 4,1 Ernie J. Shannon. „Piers Sellers Picked for Astronaut Corps“. Goddard News (1996-yil iyun). 2013-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
  5. „2006 Preflight Interview: Piers Sellers“. NASA (2006-yil 23-fevral). 2011-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  6. Jacqui Goddard. „Lifelong dream come true for British astronaut“. The Times (2006-yil 30-iyun). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.
  7. Piers J. Sellers. „Cancer and Climate Change“. The New York Times (2016-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 17-yanvar.
  8. NASA. „NASA Administrator Remembers NASA Scientist, Astronaut Piers Sellers“ (2016-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 23-dekabr.
  9. „NASA astronaut's early career in WCRP“. World Climate News (2007-yil yanvar). 2012-yil 8-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 15-noyabr.
  10. „Astronaut revisits experience of space“. The University of Edinburgh (2012-yil 8-noyabr). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 11,3 „Astronaut bio: P. Sellers“. NASA (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 2016-yil 25-dekabr.
  12. Jonathan Amos and Paul Rincon. „New Year Honours: Astronaut Piers Sellers becomes OBE“. BBC (2010-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 31-dekabr.
  13. „Reaching the Summit at NASA: Piers Sellers Receives Distinguished Service Medal“. NASA (2016-yil 29-iyun). 2022-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-oktyabr.
  14. Werners. „Award honors former astronaut Piers Sellers for climate change work“ (2017-yil 6-aprel).