Piskom astragali (lotincha: Astragalus piskemensis) — ikki urugʻpallalilar sinfi, burchoqdoshlar oilasi, astragal turkumiga kiruvchi ko‘p yillik gulli o‘simlik. O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kamyob, endemik tur sifatida kiritilgan. Toshkent viloyati Piskom daryosi, Teparsoy va Ispaysoylarning yuqori oqimida uchraydi[1].

Piskom astragali
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Eukariotlar
Tip: Yuksak oʻsimliklar
Sinf: Ikki urugʻpallalilar
Turkum: Astragal
Oila: Burchoqdoshlar
Binar nomi
Astragalus piskemensis

Tavsifi

tahrir

Yer usti poyasi juda qisqa bo‘lgan yarimbuta. O‘q ildiz tizimiga ega. O‘simlikning yer usti novdalari bir yillik, uzunligi 5 sm, yotiq tuklar bilan qoplangan. Poya yuqorisidagi barglari oddiy, bandli, uzunligi 5-8 sm, yog‘on oq tukli. Kichik bargchalari 5-8 juft, chiziqli, chiziqlari qalin, tasmasimon, uzunligi 7-12 mm, uchi to‘mtoqlashgan yoki biroz o‘yilgan, ikki tomonlama oq tuk bilan qoplangan. Gulpopugi zich joylashgan bi nechta boshchalardan iborat, uzunligi 2-2,5 sm. Gullari ikki jinsli, gulqo‘rg‘oni kapalak shaklida, 2-5 ta gul yig‘ilib boshchani hosil qiladi. Gultojibarglari oq tusda. Gulkosachabarglari yashil qo‘shilmagan. Hasharotlar yordamida changlanadi. Iyul oyida gullab mevasi avgustda pishadi. Mevasi quruq dukkak meva. Dukkagi cho‘ziq bandsiz, o‘tkir uchli uzunligi, 12-20 mm, eni 3-4 mm, qalin qora tuklar bilan qoplangan, ikki uyali. Urug‘i orqali ko'payadi.

Tarqalishi va o‘sish sharoiti

tahrir

Tabatda juda kam tarqalgan. Toshkent viloyati Piskom daryosi, Teparsoy va Ispaysoylarning yuqori oqimida uchraydi. Toshli shag‘alli yonbag‘irlarda o‘sadi. Ugom Chatqol davlat tabiat milliy bogʻi hududida muhofaza ostiga olingan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „Astragalus pskemensis Popov“.
  2. O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.