Poʻlatni toblash - poʻlatni oldin qizdirish, keyin tez sovitish yoʻli bilan chiniqtirish. Qizdirish sharoitiga qarab, toʻla va chala toblash xillariga boʻlinadi. Toʻla toblashda poʻlat holat diagrammam GSE chizi-gʻidan yuqorigi temperaturagacha qizdirilgandan soʻng tez sovitiladi. Shunda poʻlat toʻliq austenit xrlatga oʻtadi. Chala toblashda metall PSK chizigʻidan yuqorigi temperaturalargacha qizdiriladi; sovitishdan keyin erimagan (ortiqcha) fazalar (ferrit yoki sementit va murakkabroq karbidlar) saqlanib qolishi mumkin. Temir-uglerodli qotishmalarning holat diagrammasiga muvofiq, shu di-agrammaning GSE chizigʻidan yuqorigi temperaturalarga poʻlatning termodinamik turgʻun xrlati — austenit, PSK chi-zigʻidan pastdagi temperaturalarga ferrit va sementit moye keladi. Austenit PSK chizigʻidan yuqorigi temperaturadan asta-sekin sovitilganda, holat diagrammasiga muvofiq, ferrit va sementitga parchalanadi. Juda past temperaturada austenit amalda parchalanmaydi, temperatura yana pasaytirilsa, martensitta aylanadi; Poʻlatni toblashdan maqsad — toʻliq martensit struktura hosil qilish. Poʻlatni toblash natija-sida poʻlatning qattiqligi keskin oshadi, mustahkamlanadi, plastikligi pasayadi.

Sovitish sharoitiga qarab, Poʻlatni toblash izo-termik, pogʻonali va boshqa usullarda amalga oshirilishi mumkin. Izotermik toblashda poʻlat GSE chizigʻidan yoki PSK chizigʻidan yuqorigi temperaturalargacha qizdiriladi, soʻngra PSK dan past temperaturalargacha tez sovitiladi va izotermik dam deb ataladigan xrlatda tutib turiladi, bunda austenit boshqa strukturalar (perlit, bey-nit)ga aylanadi. Pogonali toblashda poʻlat martensitga aylanadigan temperaturadan bir oz yuqori temperaturagacha katta tezlikda sovitiladi, shu temperatura butun qalinligiga birday tarqalguncha tutib turiladi, soʻngra martensit struktura hosil boʻlguncha asta-sekin sovitiladi. Tashqi omillar, asosan, toblash mu-hiti (suv, moy, erigan tuz) va bosim ham Poʻlatni toblashga taʼsir qiladi.

Toblangan poʻlat juda moʻrt boʻlgani uchun bir oz boʻshatiladi (qarang Boʻshapgish). Poʻlatni toblash texnikada keng ishlatiladigan, konstruksion xossalari yaxshi poʻlat olishga imkon beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil