PoytugʻAndijon viloyati Izboskan tumanidagi shahar (1980 yildan). Tuman markazi (1935-yildan). Transport yo'li stansiyasi. Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 12 km. Aholisi 48,9 ming kishi (2021). Katta Farg'ona kanalidan suv oladi.

Poytugʻ
shahar
40°54′0″N 72°15′0″E / 40.90000°N 72.25000°E / 40.90000; 72.25000 G OKoordinatalari: 40°54′0″N 72°15′0″E / 40.90000°N 72.25000°E / 40.90000; 72.25000 G O
Mamlakat O'zbekiston
viloyat Andijon viloyati
tuman Izboskan (tuman)
Asos solingan Miloddan avvalgi 120 yil
Ilk eslatilishi XIV asr
Avvalgi nomlari Boytog', Poytog'
Rasmiy til(lar)i o'zbek
Aholisi
 (2021)
48 890[1]
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 171200
Avtomobil kodi 60
[[File:|290px|Poytugʻ xaritada]]

Toponimistlarning fikricha, shahar nomi „poy“ — quyi, etak va „tug'“ — to'g'on so'zlaridan vujudga kelgan (Mahmud Koshg'ariyda tug' — to'g'on). Shunga asoslanib, toponim „to'g'on tagi, to'g'on yoni“ bo'lishi mumkin.

Poytug'da tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy tashkilotlar, ip yigiruv-to'quv, poyabzal, shoyi to'qish fabrikalari, paxta tozalash zavodi, non kombinati, viloyat taʼmirlash ishlab chiqarish korxonasi, avtostansiya, dehqon bozori, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, 2 kasb-xunar maktabi, 5 kutubxona, madaniyat va istirohat bog'i, Xotira maydoni mavjud. Markaziy kasalxona, 3 poliklinika, tez tibbiy yordam bo'limi faoliyat ko'rsatadi.[2]

Manbalar tahrir

  1. World Gazetteer.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil