Prekos
Prekos (frans. rgesose — erta, tez yetiladigan) — goʻsht-jun yoʻnalishidagi mayin junli qoʻy zoti. 19-asr oʻrtalarida Fransiyada rambulye merinos qoʻylarini Angliyaning goʻshtdor leyster zotli quchqorlari bilan chatishtirib chikarilgan. P. zotida goʻshtdorlik, tez yetilish, yuqori sifatli jun berish xusu-siyatlari yaxshi uygʻunlashgan. Jussasi yirik, boʻyin va tanasida teri burmalari yoʻq. Qoʻchqorlarining ogʻirligi 110–115 kg (150 kg gacha), sovliklari-niki 58–62 kg. Qoʻchqorlaridan 8–10 kg (14 kg gacha), sovliklaridan 3,8—4,2 kg (10 kg gacha) jun olinadi. Junining uz. 8—9 sm, tolasining ingichkalik sifa-ti 60—64, toza jun chiqimi 45—50%. Pushtdorligi 125—135% (100 sovlik,dan 130—150 tagacha qoʻzi olinadi).
P. qoʻylari tez yetiladi, boqish va saqlash sharoitlariga talabchan. Lekin qur-gʻoqchilik mintaqalarida urchitib koʻpaytirishga moslashmagan. P. Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa, Shimoliy Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan. Rossiya, Ukraina, Belorussiyaning ayrim viloyatlaridagi nayelchilik qoʻychilik xoʻjaliklarida eng sara suruvlari bor. P. kuy zoti ishtirokida 12 dan ortiq yangi qoʻy zotlari (qozoq, qirgʻiz mayin junli qoʻylari, qozoq arhar merinosi, dege-ress va oloy qoʻy zotlari) yaratilgan (yana qarang Mayin junli koʻylar).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |