Prerafaelitlar
Prerafaelitlar (yun. rgaye — ol-din va Rafael) — 19-asr 2yarmida oʻrta asrlar va Rafaelgacha boʻlgan Ilk Uy-gʻonish davri sanʼatidagi samimiylik, poklikni eʼtirof etib, akademizmga qarshi chiqqan ingliz rassomlari va yozuvchilar. 1848-yilda "Prerafaelitlar birodarligi"ni tashkil qilgan (D.G.Rossetti, J.E.Milles, X.Xant va boshqalar). P. hayotni, oʻzidan, naturadan rasm ishlashga daʼvat qilgan; hayotni goʻzallashtirishga boʻlgan intilishi ijodda borliqni uslublashtirish va mayda k,ismlarigacha aniqishlanadigan bezakdorlikning hukmronligiga olib keldi. Mas, U. Morris hissiz mashina ishlab chiqarishga qarshi jonli qoʻl mehnatini yaratishga harakat qildi. P. gʻoyalari va amaliyoti adabiyotda simvolizm (U.Pater, O.Uayld) va tasviriy hamda amaliy bezak sanʼatida modern (O.Byordsli va boshqalar)yoʻnalishiga turtki berdi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |