Pyotr Fokich Borovskiy (ruscha: Пётр Фоки́ч Боро́вский; 27-may (eski taqvimda 8-iyun) 1863 — 15-dekabr 1932) — jarroh va parazitolog, Oʻzbekistonda oʻpka patologiyasi asoschilaridan biri; tibbiyot fanlari doktori (1891), professor (1920), Mehnat Qahramoni (1927). Toshkent harbiy gospitalida jarroh va bakteriologik laboratoriya boshligʻi (1892—1910), Qizil Yarim oy jamiyati kasalxonasida jarroh. (1910—20), 1920-yildan umrining oxirigacha Oʻrta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakulteti jarrohlik kafedrasining mudiri boʻlgan. Tibbiyot fani tarixida birinchi boʻlib (1898) yomon jarohat (leyshmanioz) mikrobini topgan. Qovuqqa chok solish (tikish)ning yangi usulini taklif qilgan.

Pyotr Fokich Borovskiy
Tavalludi 27-may 1863-yil
Pogar (hozirgi Bryansk viloyati), Rossiya imperiyasi
Vafoti 15-dekabr 1932-yil(1932-12-15)
(69 yoshda)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi
SSRI
Sohasi Tibbiyot
Taʼlimi Sankt-Peterburg harbiy-tibbiy akademiyasi
Mashhur ishlari Penda yarasi va teri leyshmaniozi (Borovskiy kasalligi) tadqiqotlari
Mukofotlari

Borovskiy sharafiga Toshkent shahar P.F.Borovskiy nomli tibbiyot kolleji va shu kollej joylashgan koʻcha nomlangan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil