Pyotr Semyonovich Davydov (1900-yil 4-may — 1963-yil 30-mart, Toshkent) — rus sovet kino va teatr aktyori. Oʻzbekiston SSR xalq artisti (1950).

Pyotr Semyonovich Davidov
Пётр Семёнович Давыдов
Tavalludi 4-may 1900-yil
Vafoti 30-mart 1963-yil
Toshkent

Tarjimai hol tahrir

Davidov 1918—1924-yillarda Samara drama teatri sahnasida rollar ijro etgan. 1927—1928-yillarda qishki mavsumda Petropavlovsk sahnalarida chiqqan. 1924-1937 yillarda Chelyabinsk, Irkutsk, Ashxobod teatrlarida faoliyat yuritadi.

U 1937—1963-yillarda M. Gorkiy nomidagi Toshkent rus drama teatri (hozirgi Oʻzbekiston rus drama teatri) aktyori boʻlib turli rollar ijro etadi. Oʻzbekistonda birinchi marta N.Pogodinning „Miltiqli odam“ (1940) spektaklida Lenin rolini ijro etgan.

U kino sohasida ham bir qancha rollar  oʻynagan („Uyqusiz yoʻl“ — bosh shifokor — 1947).

Pyotr Davidov 1953-yildan SSSR Kommunistik partiyasi aʼzosi boʻladi.

Teatrda ijro etgan rollari tahrir

  • A. Ostrovskiyning „Momaqaldiroq“ — Yovvoyi  (1937); 
  • L.Tolstoy — „Anna Karenina“ — Karenin (1939); 
  • V.Vishnevskiyning „Optimistik tragediya“  — Hirqiroq (1939); 
  • Z.Fatxullinning „Sotqinlar“ — Mahmudov  (1939);
  • L.Leonov „Bosqin“ — Fayunin  (1943);
  • N.Gogolning „Revizor“ — Gorodnichiy (1945); 
  • M.Gorkiyning „Varvarlar“ — Redozubov  (1947);
  • N. Safarovning „Sharq tongi“ — Azizbay (1949); 
  • A.Ostrovskiyning „Hazilkashlar“ —  Obroshenov (1950); 
  • M.Saltikov-Shchedrinning „Pazuxinning oʻlimi“ — Prokofiy Pazuxin (1951); 
  •  — Viktor Gyugoning Ryui Blas — Don Sallust de Bazan (1952); 
  • M. Gorkiyning „Dala hovlidagilar“ — Suslov  (1952); 
  • T. Londonning B.Polevoy asosida „Haqiqiy inson“— komissar (1954); 
  • Hamzaning „Paranji sirlari“ — Umurzoq (1956). 
  • F. Dostoyevskiyning „Telba“ asari asosida — Karandishev; Ganya.  

Pyotr Davidov 1963-yil 30-martda ohir xastalikdan vafot etadi va u Toshkentdagi Botkin qabristoniga dafn etiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • Teatr entsiklopediyasi. 2-jild / bob. ed. A. P. Markov — M.: Sovet Entsiklopediyasi, 1963 yil