Qanlikoʻl — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qanlikoʻl tumanidagi shaharcha (1982-yildan), tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi — Oltinkoʻl (1 km). Q dan Nukusgacha 90 km. Aholisi 10,7 ming kishi (2005). Shaharchada paxta tozalash, gʻisht zdlari, avtokorxona, qurilish korxonalari, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari bor. 1 qoʻshma, shuningdek, kichik, oʻrta biznes va yirik korxonalar, 2 shirkat korxonasi ishlab turibdi. Umumiy taʼlim, bolalar musiqa, sport maktablari, sanoattransport kasb-hunar kolleji, tuman markaziy kutubxonasi, madaniyat uyi, stadion, tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixonalar va boshqalar tibbiy muassasalar faoliyat koʻrsatadi. Q.dan Nukus, Qoʻngʻirot, Kegeyli, Shumanay shahrilariga avtobuslar va marshrutli taksilar qatnaydi.

Qanlikoʻl
shahar
42°50′0″N 59°00′0″E / 42.83333°N 59.00000°E / 42.83333; 59.00000 G OKoordinatalari: 42°50′0″N 59°00′0″E / 42.83333°N 59.00000°E / 42.83333; 59.00000 G O
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qoraqalpogʻiston
tuman Qanlikoʻl tumani
Aholisi
10 303
Vaqt mintaqasi UTC+5
Qanlikoʻl xaritada
Qanlikoʻl xaritada