Qaroqchilik – yuk va boshqa qimmatbaho buyumlarni oʻgʻirlash maqsadida kemalarga, qirgʻoqboʻyi hududlarga kirib borib kema yoki qayiqda tajovuz qiluvchilar tomonidan amalga oshiriladigan talonchilik yoki jinoiy zoʻravonlik. Qaroqchilik bilan shugʻullanuvchilar qaroqchilar, qaroqchilik uchun ishlatiladigan kemalar esa qaroqchi kemalar deb ataladi. Qaroqchilik dastlab miloddan avvalgi XIV asrda hujjatlashtirila boshlangan boʻlib, dengiz xalqlari, okean bosqinchilari Egey va Oʻrta yer dengizi mintaqalari kemalariga hujum qilib turishgan. Yuk tashishga moʻljallangan qatnov kemalarini oʻtkazadigan tor kanallar uzoq vaqt qaroqchilik bilan va shu kabi xususiylashtirish va tijorat reydlari uchun imkoniyatlar yaratib kelgan[1].

Anʼanaviy „Jolly Roger“ qaroqchilik bayrogʻi.

Bunday hududlarga Gibraltar, Malakka boʻgʻozi, Madagaskar, Aden koʻrfazi va La-Mansh suvlari tarixiy misol boʻla oladi, ayniqsa ular geografik tuzilmalariga koʻra qaroqchilar hujumi uchun qulay hisoblangan[2][3]. Qaroqchilik atamasi odatda dengizdagi qaroqchilariga ishora boʻlgan va lekin bu atama quruqlikda[4], havoda, kompyuter tarmoqlarida (ilmiy fantastikada) va koinotda sodir etilgan harakatlarga nisbatan ham umumlashtirib qoʻllaniladi. Qaroqchilikda qaroqchining oʻz kemasida sodir etgan jinoyatlari (masalan, oʻgʻirlik), shuningdek, davlat hukumati ruxsati boʻlgan xususiy mulkni talon-taroj qilish istisno qilingan.

Filippindagi Moro qaroqchilari tomonidan qoʻllanilgan ikki barrelli lantaka toʻplari, kalasag qalqonlari, zirhlar va turli qilichlar (tahminan 1900-yil).

Qaroqchilik xalqaro odat huquqlariga ega boʻlgan muayyan jinoyat turi boʻlishi bilan birga, bir qator shtatlarning munitsipal qonunchiligidagi jinoyatlarning nomi. XXI asrning boshlarida transport kemalariga dengiz qaroqchiligi hujumi muhim muammo boʻlib qolgan. Buning natijasida 2004-yilda dunyo boʻyicha, jumladan Qizil dengiz, Hind okeani oʻrtasi, Somali qirgʻoqlari, Malakka boʻgʻozi va Singapurdagi dengiz, okean suvlarida qaroqchilik faoliyati yiliga 16 milliard AQSh dollari miqdoridagi yoʻqotishlarga sabab boʻlgan[5]. Zamonaviy qaroqchilar avtomatik qurollar, granatalar, pulemyotlar va hujum miltiqlari kabi avtomatlar bilan qurollangan. Ular tezkor hujum qilish va kemalarga chiqish uchun kichik motorli qayiqlardan foydalanadilar va bu usul zamonaviy yuk va transport kemalarida asosan ekipaj aʼzolari kam sonli boʻlganida qoʻl keladi. Xalqaro hamjamiyatda zamonaviy qaroqchilarni javobgarlikka tortish koʻplab muammolarga duch kelmoqda, chunki qaroqchilik hujumlar koʻpincha xalqaro ochiq dengizlarda sodir boʻladi[6] va uni bevosita kuzatishning imkoni kam. Bularning oldini olish va chora koʻrish uchun millatlar tomonidan qaroqchilarni qaytarish va taʼqib qilishda harbiy-dengiz kuchlari tashkil qilingan, baʼzi xususiy kemalarda bortga kiruvchilarni qaytarish uchun qurollangan qoʻriqchilar jalb etilgan, yuqori bosimli suv toʻplari yoki ovozli toʻplar oʻrnatilgan. Potensial tahdidlardan qochish uchun radarlardan foydalaniladi.

Tunisdagi Rim triremasi mozaikasi

Yelkanli qayiqlar davridagi qaroqchilik haqidagi romantik hikoyalar uzoq vaqtdan beri Gʻarb pop madaniyatining bir qismi boʻlib kelgan. 1724-yilda Londonda nashr etilgan ikki jildlik Qaroqchilarning umumiy tarixi asarida asosiy qaroqchi shaxslar va ularning Qaroqchilikning oltin asridagi faoliyati va muhitining yarim aniq tavsifi ommaning tasavvuriga namoyish qilingan. Umumiy tarix asarida qaroqchilikning koʻplab badiiy tasvirlari ilhomlantirilgan, ayniqsa Treasure Island (1883-yil) va Peter Pan (1911-yil) romanlari sahna, kino, televideniya va boshqa ommaviy axborot vositalari uchun moslashtirilgan. 2003-yilda efirga namoyish etilib boshlangan, oltin asr qaroqchilik davrining fantastik qahramonlari tasvirlangan Karib dengizi qaroqchilari film serialari franshizasi tomoshabinlar uchun namoyish etildi va ommalashtirildi.

Kelib chiqishi tahrir

Ingliz tilidagi „Pirate“ (qaroqchi) soʻzining maʼnosi lotincha pirata (qaroqchi, korsar, dengiz qaroqchisi) soʻzidan olingan boʻlib, qadimgi yunon tilida piratos (peiratēs) – „oʻgʻri“, piramoi (peiráomai), péῖra—urinish, tajriba, „urinib koʻraman“, „harakat qilaman“ degan soʻzlardan kelib chiqqan. Peiratēs soʻzining maʼnosi yunonchada tom maʼnoda „biror umumiy narsaga harakat qiladigan har bir kishi“ degan maʼnoni anglatadi. Vaqt oʻtishi bilan u quruqlikda yoki dengizda talonchilik bilan shugʻullanadigan har bir kishiga nisbatan ham qoʻllanila boshlandi. Pirates (qaroqchilar) atamasi birinchi marta taxminan 1300-yil oldin ingliz tilida paydo boʻlgan[7]. XVIII asrgacha imlo standartlashtirilmagan va „pirrot“, „pirate“, „pirat“ kabi shakllar shu davrgacha mavjud boʻlgan[8].

Tarixi tahrir

Yevropada qaroqchilik tahrir

Antik davrda qaroqchilik tahrir

Qaroqchilikning dastlabki rasmiylashtirilgan namunalari miloddan avvalgi XIV asrda Egey va Oʻrta Yer dengizi suvlarida suzib yurgan kemalarga tahdid solgan dengiz xalqlarining eksplantatsiyasidir. Klassik antik davrda Finikiyaliklar, Illiriyaliklar va Tyrrheniyaliklar qaroqchilikda asosiy faoliyat olib borgan. Klassikgacha boʻlgan davrda qadimgi yunonlar qaroqchilikni hayotiy kasb sifatida qabul qilganlar. Ularda qaroqchilik keng tarqalgan va yashashning mutlaqo sharafli usuli hisoblangan[9]. Bu haqida koʻpgina yunon manbalarida, shuningdek Homerning Iliada Odisseya asarlarida uning mutlaqo normal hodisa ekanligiga havola qilingan va ayollar va bolalarni qullikka sotish uchun oʻgʻirlash keng tarqalganligi koʻrsatilgan. Klassik Yunoniston davriga kelib esa, qaroqchilik qilish kasb sifatida „sharmandalik“ deb qoralangan[9][10].

Qadimgi eng mashhur gʻarbiy Bolqon yarim orolida yashagan qaroqchilardan bir guruhi Illiriylar boʻlgan. Ular koʻpincha Adriatika dengiziga hujum uyushtirib turishgan. Bu esa ular va Rim Respublikasi oʻrtasida nizolarga sabab boʻlgan va 229-yilda Rimliklar Illiriy qoʻshinini magʻlubiyatga uchratgan. Bundan tashqari Rim imperiyasining Oʻrta yer dengizining sharqiy qismidagi savdosiga havf soladigan bir nechta qaroqchilar ham boʻlgan. Miloddan avvalgi 75-yilda Egey dengizida sayohatda yurgan Yuliy Sezar Kilikiya qaroqchilari tomonidan asirlikka olingan[11]. Farmakoz orolidagi Dodekanada qisqa vaqt tutqunlikda ushlangan. Shunda keyin senat kelishilgan holda general Gnaeus Pompenius Magnusni miloddan avvalgi 67-yilda qaroqchilarga qarshi kurashishga yuboradi. Uch oylik dengiz urushidan keyin qaroqchilar floti ustidan gʻalaba qozoniladi[12].

Milodiy 258-yilda Qora dengiz va Marmar dengizi atrofi shaharlari Gothic-Herulic floti tomonidan vayron qilingan. Huddi shunday talofatlar Egey dengizida ham bir necha yillar davomida kuzatilgan. 286-yilda galiyalik Rim harbiy qoʻmondoni Karauziy Britannica flotiga bosh etib tayinlangan hamda Armorika, Belgiya, Galliya qirgʻoqlariga hujum qiladigan frank va sakson qaroqchilariga qarshi kurashga safarbar etilgan. Rimning Britaniya provinsiyasida Avliyo Patrick irlandyalik qaroqchilar tomonidan qoʻlga olingan va qul qilingan.

Oʻrta asrlar davrida qaroqchilik tahrir

 
XII asr oʻrtalarida chizilgan Vikinglar floti

Oʻrta asrlarda Yevropada eng koʻp eʼtirof etilgan va keng tarqalgan qaroqchilar Vikinglar edi[13]. Ular asosan ilk oʻrta asrlarda (VIII—XII asrlarda) Vikinglar davrida bosqin va talonchilik qilgan Skandinaviyadan kelgan dengiz jangchilari boʻlgan. Ular butun Gʻarbiy Yevropaning qirgʻoqlari, daryolari va ichki shaharlari boʻylab talonchiliklar uyushtirishgan va 844-yilda Norvegiya tomonidan hujumga uchragan Sevillaga qadar bostirib kirgan. Vikinglar Shimoliy Afrika va Italiya qirgʻoqlari va Boltiq dengizining barcha qirgʻoqlarini talon-taroj qilgan. Baʼzi vikinglar Sharqiy Yevropa daryolari boʻylab Qora dengiz va Forsgacha koʻtarilishgan.

IX asrning oxiriga kelib, Janubiy Fransiya va Italiyaning shimoliy qirgʻoqlari boʻylab Mavr qaroqchilari boshpanalari paydo boʻldi[14]. 846-yilda Moor bosqinchilari Rimdagi Avliyo Pyotr va Avliyo Polning qoʻshimcha istehkomlarini talon-taroj qilishdi. 911-yilda Narbonna episkopi Rimdan Fransiyaga qaytib kela olmadi, sababi Frascinetodan kelgan Mavr qaroqchilari Alp togʻlaridagi barcha dovonlarni oʻz nazoratiga olishdi. Moor qaroqchilari X asrda asosan Balear orollaridan tashqarida faoliyat yuritishgan. 824-yildan 961-yilgacha Krit amirligidagi arab qaroqchilari butun Oʻrta Yer dengiziga bostirib kirib talonchilik qilishdi. XIV asrda Moor qaroqchilarining birlashmalari Venetsiyalik Krit gertsogidan oʻz flotini doimiy qoʻriqlashda saqlashni soʻrashga majbur qildi.

 
Vitalienbrüder. Oʻrta asrlarda Victual Brothers jamolari tufayli Boltiq dengizida qaroqchiliningk endemik boʻlib qolishi.

V-VI asrlarda Rimdagi sobiq Dalmatsiya viloyatida slavyanlar bosqinidan soʻng Narentinlar deb nomlangan qabila eski Illiriya qaroqchilariga hos usullarda bosqinchiliklar boshlagan. Ular VII asrlardan Adriatika dengizida bir necha bor yurishlarni amalga oshirgan. Ularning taʼsirida dengiz sayohat qilish uchun havfli boʻlib qolgan.

Narentinlar huddi 827—882-yillardagi Sitsiliya suvlarida yurishlari paytidagidek bu yerlarda ham bosqinchilik ishlarini kuchaytirgan va koʻproq erkinlikka ega boʻlgan. Ularning erkin harakat qilishiga sabab esa Venetsiya flotining chet el safarlariga ketishi boʻlgan va ular qaytgach Narentinaliklar faoliyatini biroz cheklab, shartnoma imzolashga majbur boʻlishgan. Ammo 834 yoki 835-yillarda ular shartnoma qoidalaridan chetga chiqib Beneventodan qaytgan venetsiyalik savdogarlarga hujum uyushtirgan. Qaroqchilarga qarshi Venetsiya qoʻshinlarining 839—840-yillardagi harbiy yurishlari muvaffaqqiyatsizlikka uchragan. Shundan soʻng ular arablar bilan birikib Venetsiyaliklarga qarshi hujumlar uyushtirgan. 846-yilda Narentinlar Venetsiyaning Kaorle shahriga bostirib kirishgan. 872-yilda Adriatika sohilidagi arab qaroqchilari hamda Imperator dengiz floti chekinishlaridan keyin Narentinlar Venetsiya suvlarida faoliyatini davom ettirgan. 887—888-yillarda Narentinlar va Italyanlar oʻrtasida yangi nizolar kelib chiqqan va oʻzaro urushlar davom etgan. Xorvatiya gertsogi Domagoj sakkizinchi katolik kengashida qatnashgan papa odamlarini olib qaytayotgan kemaga hujum uyushtirgan. Shundan keyin Papa Loann VIII Domagoj bilan gaplashib, qaroqchilarning nasroniylarga hujum qilmasligini soʻragan[15][16].

Oʻrta asrlarga kelib Boltiq dengizidagi slavyan qaroqchiligi 1168-yilda Daniya hukumati Rani qal’asi Arkonni bosib olishi bilan tugatildi. XII asrga kelib Gʻarbiy Skandinaviya qirgʻoqlari kuronliklar va ozeliyalik qaroqchilar tomonidan talandi. XIII—XIV asrlarda Gʻazna yoʻllari va dengiz yoʻllari savdosi qaroqchilar taʼsirida deyarli yoq boʻlib ketish arafasida qoldi. Tahminan 1440-yilgacha Shimoliy dengiz, Boltiq dengizi hamda Botniya koʻrfazidagi savdo majmualari va portlari qaroqchilar tomonidan jiddiy hujumlarga uchradi. Ularga qarshi choralar sifatida qoʻlga olingan qaroqchilar oʻldirib yuborildi. H.Thomas Milhorn 1241-yilda qaroqchilikda ayblangan William Maurice ismli inglizni osib oʻldirgani aniqlangan[17]. XIV asrda Volga va Kama daryolari yaqinidagi shaharlarga hujum qilgan qaroqchilar guruhlari qatorida – Novgorod qaroqchilaridan boʻlgan Ushkuyniklar ham boʻlishgan. Bundan tashqari Vizantiya davrida Yunonistonning eng qadimgi aholilaridan Maniotlar mahalliy qaroqchilar sifatida tanilgan. Ularning asosiy qurbonlari Usmonlilar boʻlsada, baʼzan Yevropa mamlakatlari kemalariga ham hujum qilib turishgan.

Zaporizhian Sich — XVI—XVIII asrlargacha Yevropada alohida qaroqchilar respublikasi hisoblangan. Bu guruh Sharqiy Yevropaning chekka cho'lidagi kazaklar hududida joylashib, o'z tarkibiga ko'ra feodal xo'jayinlardan, qonunbuzarlardan, qochoq qullardan va ukrain dehqonlaridan tashkil topgan. Ular Dnepr daryosi orqali boshqa dushmanlaridan himoyalanishgan. 

Zaporizhian Sich qaroqchilari oʻzlarini kazaklar deb atagan. Ular Usmonlilar imperiyasi hamda Qrim xonligining Qora dengiz sohilidagi hududlarda yashovchi boy aholini asosiy nishonga olishgan. Ularning tahdidlari oqibatida Istanbul chekkasida yashovchi Usmonlilar sultoni ham oʻz qarorgohini tashlab ketishga majbur boʻlgan[18].

Oʻrta Yer dengizida qaroqchilik tahrir

 
Barbar qaroqchilari tomonidan hujumga uchragan fransuz kemasi, tahminan 1615-yil.

Garchi Atlantika yoki Karib dengizi qaroqchilari kabi mashhurlikka erishgan boʻlmasada Oʻrta Yer dengizidagi qaroqchilarni tarixning istalgan nuqtasida uchratish mumkin[19]. Oʻrta Yer dengizi qaroqchiligi deyarli XVII asrning oʻrtalariga qadar amalga oshirildi. Keyin ularning kemalari asta-sekin xebec va brigantine kabi yuqori manevrli yelkanli kemalar bilan almashtirildi. Ular koʻpincha galiotlar yoki fustalar deb ataladigan jangovar kemalarga qaraganda kichikroq turda boʻlgan[20].

Qaroqchilar kemalari kichik, chaqqon, yengil qurollanganligi bilan ajralib turgan, lekin kichik boʻlsada savdo kemalarining minimal ekipajlarini bosib olish uchun koʻp sonli ekipaj qismlari mavjud boʻlgan. Umuman olganda, boshqa patrul kemalar bilan qaroqchilarni ovlash va qoʻlga olish qiyin edi. XVII asrdagi fransuz admirali Ann Hilarion de Turvil takidlashicha, Marokashning mashhur qaroqchi portidan bosqinchilarni quvib chiqarishning yagona yoʻli xuddi shu turdagi qaroqchilar kemasidan foydalanishdir[21].

Qaroqchilarga qarshi kurashish uchun eshkakli kemalardan foydalanish keng tarqalgan edi va ular hatto Karib dengizidagi yirik davlatlar tomonidan ham qoʻllanilgan. Eng yaxshi imkoniyatlarga ega gibrid yelkanli kemalar 1683-yilda Yamaykada inglizlar tomonidan[22] va XVI asr oxirida ispanlar tomonidan qurilgan[23]. James Galley va Charles Galley nomli pastki palubalarida eshkak portlari boʻlgan maxsus yelkanli fregatlar va eshkak bilan jihozlangan shpallar 1720-yillarga qadar qaroqchilar ovi uchun juda foydali boʻlgan, ammo qaroqchilikni bartaraf qilish uchun yetarli miqdorda ishlab chiqarilmagan[24].

 
1816-yilda Angliya-Gollandiya floti tomonidan Jazoirning bombardimon qilinishi. Yevropalik qullarni ozod qilish va ultimatumini qoʻllab-quvvatlash uchun

XV—XVI asrlarda Usmonlilar tomonidan Sharqiy Oʻrta Yer dengizining katta qismini bosib olinishi natijasida musulmonlar faoliyatining kengayishi dengiz savdosida keng qaroqchilik tarqalishiga olib keldi. Barbar qaroqchilari 1500-yillarda Shimoliy Afrikaning Jazoir, Tunis, Tripoli, Marokash portlaridan harakat qila boshladilar. Bu asosan nasroniy kuchlarini tashish, dengizda va quruqlikda ommaviy qul bosqinlarini oʻz ichiga olgan. Barbar qaroqchilari rasmiy ravishda Usmonlilar hukmronligi ostida harakat qilgan va Islom dushmanlarini oʻlja qilish uchun katta mustaqillikka ega boʻlgan. Musulmon Qaroqchilari asosan texnik jihatdan qonuniy, ammo juda jangovar davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlangan xususiy mulkdorlardan tashkil topgan. Ular XI asr oxiridagi birinchi salib yurishi bilan boshlangan gʻarbiy nasroniylarning bosqiniga qarshi kurashni davom ettirgan va oʻzlarini muqaddas musulmon jangchilari[25]gʻoziylar deb eʼtirof etgan[26].

Italiya, Ispaniyaning qirgʻoq boʻyidagi qishloqlari va shaharlari, Oʻrta Yer dengizidagi orollar musulmon qaroqchilari tomonidan tez-tez hujumga uchragan va bu yerlar aholisi uzoq vaqt oʻz yerlarini tashlab ketishga majbur boʻlgan. 1600-yildan keyin Barbar qaroqchilari vaqti-vaqti bilan Atlantika okeaniga kirib turishgan, Islandiyaga qadar shimolga hujumlar uyushtirgan. Eng mashhur qaroqchilar Usmonlilardan boʻlgan albaniyalik Hayriddin (Barbossa) va uning akasi Oruch Reis (Qizil soqol), Turgut Reis (Gʻarbda Dragut), Kurtogʻlu (Gʻarbda Curtogoli), Kamol Rais, Solih Reis va Koja Murat Reis boʻlgan. Gollandiyalik Yan Yansun va ingliz John Ward (musulmon ismi Yusuf Reis) kabi bir necha barbar qaroqchilari islomni qabul qilgan yevropa xudojoʻylaridan edi[27][28].

Janubi-Sharqiy Osiyoda qaroqchilik tahrir

 
Amaro Pargo – qaroqchilikning oltin davrining eng mashhur Qaroqchilaridan biri.

Janubi-Sharqiy Osiyo orolidagi avstroneziya xalqlari madaniyatlariga koʻra qullar uchun dengiz qoʻshinlari va raqib siyosatlarga qarshi resurslar qadimgi mavjud obroʻ va jasorat anʼanalaridan hisoblanadi. Janubi-Sharqiy Osiyo orollarida oʻzaro bosqinchilik anʼanalari ilk marta Yevropa madaniyatlari tomonidan kirib kelganligi qayd etilgan[29][30][31][32][33].

Islom kelishi va mustamlakachilik davri bilan qullar savdosi yevropalik, arab va xitoy qullari bilan savdo qilish uchun qimmatli vositaga aylandi, shu bilan qaroqchilik va qulchilik bosqinlari sezilarli darajada oshdi[33]. Ulardan Suludagi eron va alanguingui quldorlari, Borneodagi iban bosh ovchilari, Janubiy Sulavesidagi bugis dengizchilari va gʻarbiy Janubi-Sharqiy Osiyodagi malayiyaliklar bor edi. Qaroqchilik kichikroq miqyosda xorijiy dengizchilar: xitoy, yapon va yevropalik savdogarlar, dindan qaytganlar va qonunbuzarlar faoliyatiga aylangan[31]. Qaroqchilik va reydlar hajmi koʻpincha savdo-sotiq va mussonlar oqimiga taluqli boʻlib, avgustdan sentyabrgacha boʻlagan qaroqchilar mavsumi (Qaroqchilar shamoli) bilan bogʻliq edi[30].

 
AQSh dengiz kuchlari zobiti Stephen Decatur birinchi Barbarlar urushi paytida Tripolitan kemasiga oʻtirishi, 1804-yil.

Qul bosqinlari Sulu dengizidagi musulmon hukumatlar: Sulu sultonligi, Maguindanao sultonligi va Lanaodagi sultonliklar konfederatsiyasi (zamonaviy moro xalqi) uchun koʻproq iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan. 1770-yildan 1870-yilgacha 200 000 dan 300 000 gacha odam Eron va Banguingui quldorlari tomonidan qul qilingan[29][30]. Devid P. Forsyhetning hisoblariga koʻra, 1565-yildan keyin ispan hukmronligining dastlabki ikki asrida Filippinda 2 millionga yaqin qul asirlikka olingan[34].

 
Filippin qaroqchilari, Bugis savdo kemasi va Gollandiyalik dengizchilar oʻrtasidagi jang.

Sharqiy Osiyoda qaroqchilik tahrir

IX asrga kelib Sharqiy Osiyo aholisi asosan Shandong va Jiangsu qirgʻoqlarida savdogarlik faoliyati bilan shugʻullangan. Boy homiylar, shu jumladan Jang Bogo mintaqada Silla buddist ibodatxonalarini qurdirgan. Jang Bogo beqaror muhit sharoiti tufayli koʻpincha qirgʻoq qaroqchilari yoki ichki qaroqchilarning qurboni boʻlgan vatandoshlarining qaroqchilikka nisbatan muomalasidan gʻazablangan. Tahminan 825-yilda Sillaga qaytib kelganidan soʻng, Jang Bogo Cheonghae (Vando) da joylashgan ulkan xususiy flotga ega boʻlgan va Silla qiroli Heungdeokga (826—836-yillar) Sariq dengizdagi Silla savdogar faoliyatini himoya qilish uchun doimiy dengiz garnizonini tashkil etish masalasi bilan murojaat qilgan. Heungdeok bunga rozi boʻladi va 828-yilda Koreyaning Janubiy Jeolla provinsiyasi yaqinidagi Vando orolida rasmiy tarzda Cheonghae (kànghì, „toza dengiz“) garnizonini (청해진) tashkil qildi. Heungdeok mudofaa ishlari yoʻlga qoʻyish va boshqarish uchun Jang Bogoga 10 000 kishilik qoʻshin berdi. Cheonghae garnizonining qoldiqlarini hozirda Vandoning janubiy qirgʻogʻidagi Jang orolida koʻrish mumkin. Jang Sariq dengiz savdosi va navigatsiyasiga hakamlik qilgan[35].

 
XVI asrda yapon qaroqchilarining reydlari.

1840—1850-yillarda Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti va qirollik dengiz kuchlari Xitoy qaroqchilariga qarshi ittifoqda kurash olib borishdi. Ty-ho koʻrfazi va Tonkin daryosida yirik janglar boʻlib oʻtdi, ammo qaroqchilar kemalari Xitoydan uzoq yillar davomida harakat qilishda davom etgan. Baʼzi Britaniya va Amerika fuqarolari Yevropa kuchlariga qarshi kurashish uchun xitoylik qaroqchilar bilan birga xizmat qilishga koʻngilli boʻlib qoʻshilganlar. Shu sabab Britaniyaliklar xitoylik qaroqchilar bilan xizmat qilgan gʻarbliklarni qoʻlga olish uchun mukofot eʼlon qilishgan. Ikkinchi afyun urushi va Taiping qoʻzgʻoloni davrida Britaniya dengiz kuchlari tomonidan qaroqchilik chiqindilari hisoblanganlar koʻp miqdorda yoʻq qilindi, oxir-oqibat 1860—1870-yillarda, qaroqchilar keraksiz flotlari mavjud boʻlishni toʻxtatdi.

 
1863-yilda Gonkongda osilgan toʻrtta xitoylik qaroqchilar.

Xitoy qaroqchilari Tonkin koʻrfazi hududini ham ancha vaqt talon-taroj qilgan[36][37].

Janubiy Osiyoda qaroqchilik tahrir

Bavarijlar – oʻziga xos barja harbiy kemalari[38] tufayli nomlangan sindhi qaroqchilari[39]. Ular eramizdan avvalgi 251—865-yillar oraligʻida faoliyat olib borgan. Ularning tez-tez qaroqchilik qilishlari va Seylondan kelayotgan ikkita xazina kemasini talon-taroj qilishlari oqibati Umaviylarning Sindni bosib olishiga sabab boʻlgan[40].

Chola imperiyasining qirollik avfini qabul qilib erkinlik olgan qaroqchilar Chola dengiz flotida dengizchi sifatida hizmat qilishlari kerak edi. Ulardan qirgʻoq qoʻriqchilari sifatida foydalanilgan yoki Arab dengizidagi arab qaroqchilari bilan kurashishda razvedka hizmatlariga yuborilgan. Ular vazifasi jihatdan Qirollik dengiz flotida qoʻllanilgan XVIII asrdagi xususiy hizmatchilarga oʻxshagan. XVI—XVII asrlarda Mughal hind savdogarlariga, ayniqsa Makkaga hajga ketayotganlarga qarshi yoʻlda tez-tez Yevropa qaroqchilari tomonidan bosqinchiliklar boʻlgan. Portugaliyaliklar Mugʻal malikasi Maryam-uz-Zamoniyga qarashli Rahimi kemasiga hujum qilib, portugallarning Daman shahrini egallab olishgan[41]. XVIII asrda mashhurlikka erishgan Maratha xususiy mulkdori Kanhoji Angre Mumbay va Goa oʻrtasidagi dengiz qaroqchilarini boshqargan[42]. Marathalar Britaniya kemalariga hujum qilishgan va Sharqiy Hindiston ittifoqi kemalariga oʻz suvlari orqali suzib oʻtsa, soliq toʻlash majburiyatini talab qilishgan[43].

Fors koʻrfazida qaroqchilik tahrir

Fors koʻrfazining janubiy qirgʻogʻi inglizlarda XVIII asr oxiridan Qaroqchilar qirgʻogʻi deb atalgan. Bu yerdan Fors koʻrfazining dengiz yoʻllarini nazorat qilish Qavosim (Al Qosimi) va boshqa mahalliy dengiz kuchlari tomonidan taʼminlab turilgan[44]. Imperator Hind okeani savdosini raqobatchilardan himoya qilish maqsadida dastlabki Britaniya ekspeditsiyalari, asosan Ras al-Xayma va Lingehdan Al-Qosimi, 1809-yilda bu shtab-kvartiralarga va qirgʻoq boʻyidagi boshqa portlarga qarshi yurishlar olib borgan, soʻngra 1819-yilda reydlar qayta tiklangan[45]. Bu 1820-yilda inglizlar va bir qancha qirgʻoq atrofi shayxliklari hukmdorlari bilan dengiz tinchligi toʻgʻrisida birinchi rasmiy shartnomaning imzolanishiga olib kelgan. Bu qaror 1853-yilda Abadiy dengiz tinchligi shartnomasi bilan mustahkamlangan. Natijada bu hudud Britaniya yorligʻi bilan „Qaroqchilar qirgʻogʻi“ nomiga oʻzgartirilgan va bir qancha amirliklar Britaniya tomonidan haqiqiy davlatlar deb tan olingan[44].

Madagaskarda qaroqchilik tahrir

 
Ile Ste-Marie (Mary oroli) dagi oʻtmish qaroqchilar qabristoni.

Bir paytlar Madagaskar 1000 ga yaqin qaroqchilarni oʻzida jamlagan[46]. Île Sainte-Marie XVII—XVIII asrlar davomida qaroqchilar uchun mashhur baza boʻlgan. Eng mashhur qaroqchilar utopiyasi, bu yerda hayoliy kapitan Misson va uning qaroqchilar ekipaji hisoblanib, ular XVII asrning oxirida shimoliy Madagaskarda Libertatiya erkin mustamlakasiga asos solgan. Lekin u 1694-yilda orol aholisining kutilmagan bosqini natijasida vayron qilingan[47].

Karib dengizida qaroqchilik tahrir

 
Jacques de Sores 1555-yilda Havanani talon-taroj qilish va yoqish.
 
Puerto del Prinsipe 1668-yilda Henry Morgan tomonidan ishdan boʻshatilishi.
 
Qaroqchilar haqidagi kitob De Americaensche Zee-Roovers birinchi marta 1678-yilda Amsterdamda nashr etilgan.

Karib dengizidagi qaroqchilik klassik davrda avj olib 1650-yildan 1720-yillarning oʻrtalarigacha davom etgan[48]. 1650-yilga kelib Fransiya, Angliya kabi birlashgan davlatlar oʻzlarining mustamlaka imperiyalarini rivojlantira boshladilar. Bu katta dengiz savdosi va umumiy iqtisodiy yaxshilanishga sabab boʻldi.

1625-yilda Shimoliy Hispaniolada fransuz bukkanerlari paydo boʻlgan[49], lekin ular dastlab qaroqchilik emas, balki ovchilik qilib yashab boshlagan. Ularning toʻliq qaroqchilikka oʻtishi qisman ispanlarning oʻzlariga qaram boʻlgan yirtqich hayvonlarni qirib tashlashga qaratilgan faoliyati turtki boʻlgan. Bukkanlarning Hispaniola materikidan chetda boʻlgan dengizdagi Tortuga oroliga koʻchishi ularning resurslarini cheklab qoʻygan va qaroqchilik imkoniyatlarini tezlashtirgan. Bu davrning asosiy qaroqchilik manbasi boʻlib qolayotgan bukkaner va tarixchi Alexandre Exquemelin fikricha, Tortuga bukkaneri Per Le Grand koʻchmanchilarning Ispaniyaga qaytish safarini amalga oshirayotganda galleonlarga hujumiga uchragan. 1655-yilda Angliyaning Yamaykani Ispaniyadan tortib olishi Tortugada bukkanerlikning oʻsishini kuchaytirdi. 1660-yillarda Tortuganing yangi fransuz gubernatori Bertran d’Ogeron oʻz mustamlakachilariga va Port Royaldan kelgan inglizlarga xususiy komissiyalar topshirdi. Bularning natijasida Karib dengizida bukkanerlik oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi.

Qaroqchilikning yangi davri 1690-yillarda ingliz qaroqchilari Karib dengizidan tashqarida xazina qidirishni boshlaganlarida boshlandi. Britaniyaning Styuart qirollarining qulashi natijasida Angliya va Fransiya oʻrtasidagi azaliy adovat yana qayta tikladi. Shu bilan ingliz Yamayka va fransuz Tortuga oʻrtasidagi foydali hamkorlikni tugatildi. 1692-yildagi zilzila oqibatida Port Royalning vayron boʻlishi Karib dengizining diqqatga sazovor joylarini kamayishiga olib keldi va qaroqchilarning asosiy oʻlja bozorini yoʻq qildi[50].

 
Bartholomew Roberts qaroqchilikning oltin asrida eng koʻp qoʻlga olingan qaroqchi boʻlgan. U Martinika gubernatorini oʻz kemasida osib qoʻygani bilan tanilgan.

1713—1714-yillarda bir qator tinchlik shartnomalari bilan Ispaniya vorisligi urushi tugatildi. Natijada minglab dengizchilar kabi Gʻarbiy Hindistonda faoliyat yuritgan Yevropalik xususiy ishchilar Atlantika boʻylab mustamlakachi dengiz savdosi rivojlana boshlagan vaqtda harbiy hizmatdan ozod qilindi. Bundan tashqari, ishsizlik tufayli dengiz savdo kemalari (shu jumladan qul kemalari) bortida ishlaydigan Yevropalik dengizchilardan koʻplari kasblarini tashlab qaroqchilikka oʻtishga ishtiyoq bildirishdi. Qaroqchilar kapitanlariga Atlantika okeani boʻylab turli qirgʻoqlardan doimiy ravishda yollanganlarni roʻyxat qilib berdi[51].

Afrika, Karib dengizi va Yevropa oʻrtasidagi dengiz yoʻli orqali yuk tashish XVIII asrda uchburchak savdo sifatida mashhur boʻlgan. Bu esa qaroqchilik uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Savdo kemalari Yevropadan Afrika qirgʻoqlari tomonga suzib, qullar evaziga ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qurol-yarogʻlar bilan savdo olib borgan. Savdogarlar qullarni Karib dengizida sotgan va Yevropaga shakar, tamaki, kakao kabi mahsulotlar bilan qaytishgan. Yana bir uchburchak savdoda kemalar xom ashyo, konservalangan treska va romni Yevropaga olib borgan, u yerda yukning bir qismi ishlab chiqarilagan mahsulotlar uchun sotilgan. Ular asl yukni qolgan qismi bilan birga Karib dengiziga olib ketishgan va shakarga almashtirishgan. Ular baʼzi ishlab chiqarilgan buyumlar bilan Yangi Angliyaga keltirilganda uchburchak savdosidagi kemalar har bir bekatda pul ishlab olgan va bu qaroqchilar uchun ham qoʻl kelgan[52].

 
Puerto-Rikoda zodagon oilada tugʻilgan Roberto Cofresi – Karib dengizidagi soʻnggi muvaffaqiyatli qaroqchi.

Karib dengizidagi qaroqchilik 1730-yildan keyingi bir necha oʻn yillar ichida susaydi, ammo 1810-yilga kelib koʻplab qaroqchilar suv boʻylab safar qilishdi, ammo ular avvalgilari kabi jasur va ishtiyoqli emas edilar. Oʻsha davrda qaroqchilardan Jan Lafitte va Roberto Kofresilar koʻproq muvaffaqiyatlarga erishgan. Lafitte Meksika koʻrfazi va uning atrofidagi bazalarni egallagan qaroqchilar armiyasi va kemalari floti ega boʻlganligi tufayli koʻpchilik tomonidan soʻnggi qaroqchi deb hisoblanadi. Lafitte va uning odamlari 1812-yilgi Yangi Orlean urushida ham qatnashib shuhrat qozongan. Kofresining bazasi Mona orolida, Puerto-Rikoda tuzilgan boʻlib, u yerdan butun mintaqadagi savdoga havf solgan. U qaroqchilikka qarshi xalqaro operatsiyalar uchun oxirgi asosiy nishon boʻlgan[53].

 
Qaroqchi qora soqolni qoʻlga olish, 1718-yil, Ocracok koʻrfazida Blackbeard va Robert Maynard oʻrtasidagi jang tasvirlangan; 1920-yilda Jean Leon Gerome Ferris tomonidan chizilgan tasvir

Qaroqchilik faoliyati 1713-yilda Ispaniya vorisligi urushining tugashi davrida 1720-yillar oraligʻida qisqa vaqtda qayta tiklanishga erishdi. Urushdan keyin dengizchilarning koʻpchiligi ish haqining pasayishi sababli qaroqchilik yoʻlini tanlashadi. Shuningdek, urushni tugashiga sabab boʻlgan Utrext shartnomasining shartlariga koʻra Buyuk Britaniyaning qirollik Afrika kompaniyasiga va boshqa ingliz qullari uchun oʻttiz yillik shartnoma tuziladi. Afrikalik qullarni ispan koloniyalariga yetkazib berish ingliz savdogarlari tomonidan taʼminlagan. Bu orqali esa kontrabandachilar potentsial Amerikadagi rasmiy ravishda yopiq Ispaniya bozorlariga kirib bora olgan va bu holat butun mintaqa doirasida iqtisodiy tiklanishga sabab boʻlgan. Shu kabi qayta tiklanishda qatnashgan Karib dengizi savdosi qaroqchilar uchun yatarli yangi imkoniyatlarni taqdim etdi. Bu davrda Karib dengizida qaroqchilikning koʻpayishiga Ispaniyaning Kampechedagi ingliz yogʻochli turar-joyining qulashi va 1715-yilda janubiy Bagama orollari yaqinidagi choʻkib ketgan kumush flotining eʼtiborga sazovor joylari ham katta hissa qoʻshgan. Aholi orasida jinoyat va qaroqchilik darajasining oshib borayotganidan qoʻrqish, siyosiy norozilik holatlarida xalqning qaroqchilikka nisbatan muomalasidan havotirlangan Buyuk Britaniya parlamenti qaroqchilikka qarshi kurashishga qaror qiladi va natijasida 1717—1721-yillarda qaroqchilik toʻgʻrisidagi qonun qabul qiladi. Ularga nisbatan jazo turlariga koʻra kichikroq jinoyatlarda ayblanganlar boʻlsa ham jazo sifatida qoʻllanilgan yoki qirollik tomonidan avf etish bilan oʻlim jazosi oʻrnida yetti yillik Shimoliy Amerikada jazo muddati oʻtash tayinlangan. 1717-yildan boshlab Britaniya hukumatiga taslim boʻlgan qaroqchilarni afv etish taklif qilingan. 1720-yildan soʻng Qirollik dengiz floti tomonidan qaroqchilikka qarshi samarali choralar koʻrilishi natijasida klassik maʼnoda qaroqchilikka maʼlum darajada barham berilgan.

 
Kapitan Kiddni osish jarayoni. "Qaroqchilarning oʻz kitobi" dagi rasm 1837-yil.

Kanar orollarida qaroqchilik tahrir

Kanar orollari Ispaniya arxipelagining strategik holatiga koʻra dengiz yoʻllari chorrahasida joylashgan va Yevropa, Afrika va Amerika davlatlari orasida savdo koʻprigi hisoblangan[54]. Shu sabab ham bu yer sayyoradagi qaroqchilar eng koʻp gavjum boʻlgan joylardan biri edi.

Kanar orollarida faoliyat olib borgan qaroqchilardan Berber, ingliz, fransuz va golland qaroqchilarining hujumlari va uzluksiz talon-tarojlari muvaffaqiyatli hisoblansada, koʻpincha muvaffaqiyatsizlikka uchragan[54] va bu arxipelagdan qaroqchi va talonchilar Karib dengizigacha bostirib kirgan. Qaroqchilar ichida Fransua Le Clerc, Jak de Sores, Frensis Dreyk Gran Kanariyada magʻlubiyatga uchragan. Piter van der Does, Murat Reis va Horatio Nelson kabi qaroqchilar orollarga hujum uyushtirib, Santa-Kruz de Tenerife jangida magʻlubiyatga uchragan (1797-yil). Arxipelagda tugʻilganlar ichida Ispaniya monarxi Felipe V oʻzining tijorat bosqinchiliklari va qaroqchilari orqali tez-tez foyda koʻrib turgan qaroqchi Amaro Pargodan ustun turgan[55][56].

Shimoliy Amerikada qaroqchilik tahrir

Shimoliy Amerikaning sharqiy qirgʻoqlarida dastlab qaroqchilik XVII asrning boshlarida faollashgan. Angliya-Ispan urushi (1585—1604-yillarda) tugagandan soʻng boʻshatilgan ingliz xususiy xizmatchilari qaroqchilik bilan shugʻullanib boshlashgan[57]. Bu davrda dastlabki qaroqchilarning eng mashhuri va omadlisi Piter Iston boʻlgan.

XVIII asr oxiri – XIX asr oʻrtalarida Amerika daryo qaroqchiligini asosan Ogayo daryosi hamda Missisipi daryosi vodiylarida birlashgan qaroqchilar tashkil qilgan. 1803-yilda Tower Rockda AQSh armiyasining otliq askarlari chegara qoʻshinlari postidan Fort Kaskaskia daryo yoqasi boʻylab, Illinoys shtatining Sait-Louis roʻparasiga bostirib kirgan va daryo qaroqchilarini quvib chiqargan.

1790-yillarning oxirida Stak orolida daryo qaroqchilari savdosi qalbaki pul sotuvchilari bilan ham bogʻliq boʻlgan. 1809-yilda daryo qaroqchiligining oxirgi yirik faoliyati Yuqori Missisipida amalga oshirilgan va bu hududda daryo qaroqchiligi toʻsatdan toʻxtatilgan.


Madaniyati va ijtimoiy tuzilmasi tahrir

Mukofotlari tahrir

Qaroqchilar oʻz faoliyatida qoʻlga kiritilgan pullarni qanday taqsimlanishini aniqlaydigan iyerarxiya tizimiga ega boʻlgan. Qaroqchilar oʻsha muhitdagi boshqa bandlik sohalariga qaraganda oʻzaro teng huquqli edilar. Bunga koʻra qaroqchilar kvartal ustalari kapitanga qarshi muvozanatga ega edi va uning buyruqlariga qarshi chiqish huquqiga ega edi. Talonchilikning asosiy qismini yuklar va kema jihozlari tashkil qilgan boʻlib, dori-darmonlar yuqori qadrlanga. Olmoslar topilmasi oddiy talon-taroj hisoblangan. Chunki sotish qiyinligi va haridor topilmasligi sababli ularning qiymati pas baholangan va hozirga qaraganda odamlar ularning bahosi haqida juda kam tushunchaga ega boʻlishgan. Boshqa bir holatga koʻra esa qaroqchiga, uning ekipajdoshlariga ulush qilib berilgan bir nechta mayda olmosning narxidan ancha qimmatga tushadigan katta olmos berilgan[58].

Oddiy dengizchilar kapitanning byrugʻiga koʻra oʻljaning bir qismini, yoki odatda bitta ulushini olishadi. Eng muvaffaqiyatli qaroqchilarning ekipaji karerasi kamida bir marta asosan 1000 funt sterling (1,17 dollar) ulushini topa olgan[58]. Bitta kemadan olingan eng katta miqdorlarning koʻrsatkichi kapitan Thomas Tew tomonidan 1692-yilda hind savdogaridan oʻmarilgan. Uning kemasidagi barcha oddiy dengizchilarning har birida 3000 funt sterling (3,5 dollar) ulush boʻlgan, zobitlar kelishilgan imtiyozlarga mutanosib ravishda kattaroq miqdorni olishgan. Tewning oʻzi esa 2½ miqdorda imtiyoz sifatida mablagʻ olgan. Ammo, buning oqibatida bir nechta kemalar qoʻlga olindi, bitta ulush deyarli ikki baravar qimmatga tushgan[58][59].

Mukofot imtiyozlari
Daraja 1808-yilgacha 1808-yildan keyin
Kapitan 3/8 2/8
Admiral 1/8 1/8
Yelkanlar ustasi
LeytenantlarDengiz piyodalari kapitani
1/8 1/8
Prokurorlar 1/8 1/8
Kichik ofitserlar 1/8 1/8
Qurolchilar, dengizchilar 1/8 2/8
Uchta mashhur qaroqchilarning ekipaj uchun taqsimlaydigan ulush taqsimotini xususiy askarning aktsiyalari va Qirollik dengiz floti tomonidan toʻlangan maoshi bilan taqqoslash jadvali
Unvon Bartholomew Roberts George Lowther William Phillips Xususiy
Ser William Monson
Qirollik dengiz floti

(oyiga)

Kapitan 2 ta aktsiya 2 ta aktsiya 1,5 ta aktsiya 10 ta aktsiya £ 8
Kemasoz 1,5 ta aktsiya 1,5 ta aktsiya 1,25 ta aktsiya 7 yoki 8 ta aktsiya £ 4
Botsman 1,5 ta aktsiya 1,25 ta aktsiya 1,25 ta aktsiya 5 ta aktsiya £ 2
Toʻpchi 1,5 ta aktsiya 1,25 ta aktsiya 1,25 ta aktsiya 5 ta aktsiya £ 2
Kvartal ustasi 2 ta aktsiya 4 ta aktsiya £ 1
Duradgor 1,25 ta aktsiya 5 ta aktsiya £ 2
Sub-leytenant 1,25 ta aktsiya 5 ta aktsiya £ 2
Shifokor 1,25 ta aktsiya 5 ta aktsiya Bortda bir kishi uchun £ 5
Boshqa ofitserlar 1,25 ta aktsiya har xil stavkalar har xil stavkalar
Muqobil dengizchilar (2 yillik tajribali)
Oddiy dengizchilar
1 ta aktsiya
1 ta aktsiya
1 ta aktsiya
 
Samuel Bellamy tomonidan talon-taroj qilingan va Whydah halokatidan qutqarilgan qaroqchilar xazinasi. Hyuston tabiiy fanlar muzeyidagi koʻrgazmasi, 2010-yil.

Oʻljasi tahrir

Qaroqchilar koʻplab kemalarni egallab olganiga qaramay, ularning orasida xazinalarini saqlab qoʻyganlari (koʻmganlari) kam boʻlgan. Koʻpincha oʻgʻirlangan „xazina“ oziq-ovqat, suv, spirtli ichimliklar, qurol yoki kiyimdan tashkil topgan. Boshqa narsalar: xoʻjalik buyumlari, sovun boʻlaklari, arqon hamda langar kabi asbob-uskunalarni qaroqchilar oʻz kemalarida saqlab qoʻyishgan. Bular kelajakdagi savdo uchun yoki ehtiyojlarga koʻra kerak boʻlgan va qaroqchilar ularni oʻzlari bilan olib yurgan. Qaroqchilar oʻzlari zabt etgan kemalardagi bir qancha odamlarni oʻldirishga majbur boʻlishgan, sababi agar kema taslim boʻlsa, ular hech kimni oʻldirmaydilar, chunki qaroqchilar hech qanday asir olmagani maʼlum boʻlsa, ularning qurbonlari oʻlimgacha kurashib, gʻalabaga intilganlar. Bunday holat koʻp uchragan, masalan, Thomas Tew tomonidan hujumga uchragan kemadagi 300 nafar ogʻir qurollangan askarlar qisqa jangdan keyin taslim boʻlishgan va Tewning 40 kishilik ekipajidan hech qaysi yaralanmagan[60].

Xususiy qaroqchilik tahrir

 
XIV asr qaroqchisi Klaus Störtebekerga tegishli bosh suyagining zamonaviy rekonstruksiyasi.

Xususiy qaroqchilar – Qaroqchilarga hos usullarni qoʻllab harakatlanadigan ammo hukumat tomonidan nazoratga olingan, ularning topshirigʻi bilan ish koʻradigan qaroqchilar. Ular faqat hukumat dushmanlarining kemalariga talonchilik uyushtira oladi. 1787-yilda AQSh konstitutsiyasi Kongressga noma va repressiyalarni chiqarishga ruhsat bergan. Ularga koʻra xususiy shaxs oʻzining komissiyasida belgilangan hududda qaroqchilik qilishi va kerakli nishonlargagina hujum qilishi mumkinligi tasdiqlangan. Bu koʻrsatmalar bilan u jinoiy javobgarlikka tortilmasligi belgilangan. Ammo qonunning bunday qaltisligi har doim ham xususiy qaroqchilik qiladigan shaxslarni qutqara olmagan. Bu vaziyatda jinoyatchining vasiyligiga eʼtibor berilgan yaʼni u hukumat komissiyasi nazoratidami yoki boshqa shaxs tomonidan buyruqlarga boʻysunganmi aniqlashtirilgan. Ispaniya rasmiylari bu qoidalarni rad etishini bildirib chet ellik xususiy shaxslarni qalt ettirish boʻyicha boʻyinlariga maktublar osilgan holda hukumatga murojaat qilib chiqishdi. Shu bilan birga koʻplab xususiy shaxslar oʻzlarining suverenlari tinchlikda boʻlgan davlatlarga hujum qilishdi va oʻzlarini qoidalardagi chegaralardan oshib ketishganini tan oldi hamda rasmiy tarzda qaroqchi ekanliklarini bildirishdi. Ammo „marque nomasi“ bunday qaroqchilarni himoya qilib, kelishilgan qaroqchilik gʻoyasi keyinchalik dushman savdo kemalariga hujum uyushtirishda qoʻl kelishini aytdi.

Xususiy qaroqchilik boʻyicha Usmonlilar imperiyasi tomonidan vakolatga ega Barbar qaroqchilari, Avliyo loann ritserlari tomonidan ruhsat berilgan Malta qaroqchilari, Ispaniya vakolatidagi Dunkerkerlar mulkdorlikka ega edi. 1626—1634-yillarda Dunkerkerlar 1499 ta kemani egallagan va 336 tasini choʻktirib yuborishga erishgan[61]. 1609—1616-yillarda Angliya hukumatining 160 ta kemasi Jazoirliklar tomonidan talon-taroj qilingan.

 
Kent kemasi (1799-yil) Konfiance bilan jang qilmoqda.


Mashhur xususiy qaroqchilardan ser Francis Drakening va uning homiysi Elizabeth I oʻrtasidagi munosabatlar Angliya foydasiga hizmat qilgan[62]. XVII-XVIII asrlarda xususiy qaroqchilik dengiz harbiy kuchlarining asosiy qismini tashkil qilgan. Toʻqqiz yillik urush vaqtida fransuzlar oʻz xususiy qaroqchilarini qoʻllab quvvatlash siyosatini amalga oshirgan[63]. Urush vaqtida ular Angliyaning 4000 ga yaqin savdo kemalarini yoqotgan. Avstriya vorisligi urushida Britaniya 3238 ta savdo kemalari va Fransiya 3434 ta savdo kemasidan ayrilgan[64]. Amerika inqilobi davrida xususiy bortlarda 55000 ga yaqin amerika dengizchilari hizmat qilgan. Ular ixtiyorida 1700 ta kema boʻlgan va tashqaridan 2283 ta dushman kemasini bosib olgan[65]. 1856-yilga kelib Parij deklaratsiyasiga koʻra xususiy mulk qaroqchiligi xalqaro ahamiyatini yoʻqotdi.

Tijorat bosqinlari tahrir

 
Charles Windonning San-Sebastyan-de-La-Gomeraga qilgan hujumini aks ettirirgan devoriy rasm 1743-yil

Qaroqchilikka oʻxshash tijorat boqinlari asosan savdogarlar va yuk tashuvchi kemalarga hujum uyushtiruvchi talonchilar faoliyati sanaladi. Ular tijorat bosqinchilari yoki savdogarlar bosqinchilari deb ataladigan yashirin harbiy kemalarda dushmanlarining yuk tashuv boʻlimlariga hujum uyushtiradi. Savdo bosqinchilari Amerika inqilobi davrida omadli faoliyat olib borgan. Amerika fuqarolar urushi davrida konferensiya tuzilib tijotrat bosqinlari sifatida bir qancha savdo reydlari yuborildi. Ular ichida CSS Alabama eng mashhur reyd boʻlgan. Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari davrlarida Germaniya hukumati ham Atlantika va Hind okeanlarida bu usuldan foydalangan. Unga koʻra, foydalanishga topshirilgan kemalar ochiqdan ochiq ishlatilishi kerak va bu savdo bosqinchilari xususiy shaxs ham, qaroqchilar ham boʻlmasligi inobatga olingan. Ularga hujum qiluvchi qarama-qarshi dushmanlari ularni sezmasliklari kerak edi[66].

Ayollarning oʻrni tahrir

 
Qaroqchi Anne Bonny (1697—1720-yillar).

Tarix davomida qaroqchilik asosan erkaklar kasbi hisoblansa-da, qaroqchilar orasida ayollar ham boʻlgan[67]. Qaroqchilar odatlariga koʻra ayollarni oʻz kemalariga chiqishga ruhsat bermagan. Ayollarning kemada boʻlishi omadsizlik keltiradi deb ishonishgan. Ekipajning erkak aʼzolari ayollar ustidan janjallashib qolishidan qoʻrqib ham ruhsat berishmagan. Koʻpgina kemalarda ayollar va yosh bolalar chiqishi ekipaj aʼzolari tomonidan imzolangan kema shartnomasi bilan qatʼiy taqiqlangan[68].

Ayollarning bortga chiqishiga qarshiliklar kuchli boʻlishiga qaramay koʻplab ayollar hohishlariga koʻra oʻzlarini boshqa qaroqchilar bilan teng hisoblashgan. Masalan, Anne Bonny kapitan Calico Jackning kemasida erkaklar kabi kiyingan va harakat qilgan[68]. U va Mary Read, boshqa ayol qaroqchilar koʻpincha bu sohada noyob deb hisoblangan. Shu bilan birga koʻplab ayollar qaroqchilikning oltin davrlarida qaroqchi erkaklar uchun hos boʻlgan koʻplab huquq, imtiyozlar va erkinliklardan foydalanish yoʻlida, erkaklardek kiyingan boʻlishi mumkin.

Madaniy tasavvurlar tahrir

 
XVI asrda qaroqchi Klein Henszlein va uning ekipajining 1573-yilda ommaviy qatl etilishi

Qaroqchilik badiiy adabiyotda asosiy mavzulardan biri boʻlib, ularning Karib dengizi mujassamlanishida maʼlum boʻlgan stereotipik nutq va kiyinish odatlarining baʼzilari butunlay xayoliydir. 1881-yilda Robert Lui Stivensonning Xazinalar oroli asari paydo boʻldi va asar oʻzining eng yuqori choʻqqisiga chiqdi.

 
Karib dengizi qaroqchilari filmidagi Johnny Deppning bosh roli boʻlgan kapitan Jek Chumchuq timsoli.

1724-yilda Londonda nashr etilgan Kapitan Charles Johnsonning Qaroqchilarning umumiy tarixi asari mashhur qaroqchilar tushunchasini shakllantirishda katta taʼsir koʻrsatdi. Unda oltin asrning koʻplab taniqli qaroqchilarinining hayoti haqidagi maʼlumotlar kiritilgan. 1911-yildagi J. M. Barriening Peter Pan romanida Qaroqchilar madaniyatining baʼzi ixtirolari, masalan, bogʻlangan asir dengiz boʻylab choʻzilgan taxtadan chiqib ketishi va taxtada yurish kabilar tasvirlangan[69].

1950-yilda Ingliz aktyori Robert Newtonning Disney filmiga moslashuvida Long John Silver obrazi ham qaroqchilarning zamonaviy talqinini rivojlantirdi[70][71].

Karib dengizi qaroqchilari filmlari qaroqchilikka zamonaviy qiziqishni qayta tiklashga yordam berdi va kassada yaxshi natijalarga erishdi.

1879-yilgi Gilbert va Sallivan klassik komik operasi Pirates of Penzance komikslari qaroqchilar qiroli va uning baxtsiz qaroqchilar guruhiga bagʻishlangan.

Qaroqchilik atamasining hozirgi kunda ishlatilishini koʻpgina sport jamoalari, ijtimoiy faollik guruhlari nomida, tahallus va shiorlarida uchratish mumkin. Ular oʻzlari uchun „Qaroqchi“, „Bosqinchi“, „Bukkaner“ atamalaridan foydalanishgan. Buning ilk misollaridan, 1891-yilda Beysbol Oliy Ligasining Pitsburg jamoasi oʻzlari uchun „Qaroqchilar“ laqabini qoʻllashgan[72]. Shuningdek, boshqa havaskorlar va maktab jamoalari ham bir nechta professional sportga oid nomlar bilan birga qaroqchilar jamoalari nomlarini qabul qilishgan. Las-Vegas Raiders va Milliy Futbol Ligasining Tampa Bay Buccaneers shular jumlasidan. Bukkaner nomi Florida shtatining Tampa shahrida boʻlib oʻtgan Gasparilla qaroqchilar festivali paradidan ilhomlanib olingan va afsonaviy qaroqchi Jose Gaspar afsonasiga asoslanib qoʻyilgan.

Manbalar tahrir

  1. Pennell, C. R. „The Geography of Piracy: Northern Morocco in the Mod-Nineteenth Century“,. Bandits at Sea: A Pirates Reader Pennell: . NYU Press, 2001 — 56 bet. ISBN 978-0-8147-6678-1. „Sea raiders [...] were most active where the maritime environment gave them most opportunity. Narrow straits which funneled shipping into places where ambush was easy, and escape less chancy, called the pirates into certain areas.“ 
  2. Heebøll-Holm, Thomas. Ports, Piracy and Maritime War: Piracy in the English Channel and the Atlantic, c. 1280–c. 1330, Medieval Law and Its Practice. Leiden: Brill, 2013 — 67 bet. ISBN 978-9004248168. „[...] through their extensive piracies the Portsmen [of the Cinque Ports] were experts in predatory actions at sea. [...] Furthermore, the geostrategic location of the [Cinque] Ports on the English coast closest to the Continent meant that the Ports [...] could effectively control the Narrow Seas.“ 
  3. „TEDx Talk: What is Piracy?“. 2020-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-oktyabr.
  4. Arquilla, John. Insurgents, Raiders, and Bandits: How Masters of Irregular Warfare Have Shaped Our World. Ivan R. Dee, 2011 — 242 bet. ISBN 978-1-56663-908-8. 2015-yil 5-martda qaraldi. „From ancient high seas pirates to 'road agents' and a host of other bush and mountain pass brigands, bandits have been with us for ages.“ 
  5. "Terrorism Goes to Sea". Foreign Affairs. Archived from the original on December 14, 2007. https://web.archive.org/web/20071214040613/http://www.foreignaffairs.org/20041101faessay83606/gal-luft-anne-korin/terrorism-goes-to-sea.html. Qaraldi: December 8, 2007. Qaroqchilik]]
  6. D.Archibugi, M.Chiarugi. „Piracy challenges global governance“. openDemocracy (2009-yil 9-aprel). 2009-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 9-aprel.
  7. „Online Etymology Dictionary“. Etymonline.com. 2009-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 18-dekabr.
  8. „Online Etymology Dictionary“. Etymonline.com. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  9. 9,0 9,1 Møller, Bjørn. „Piracy, Maritime Terrorism and Naval Strategy.“ Copenhagen: Danish Institute for International Studies, November 16, 2008. 10.
  10. Thucydides wrote: „For in early times the Hellenes and the barbarians of the coast and islands, as communication by sea became more common, were tempted to turn pirate…indeed, this came to be the main source of their livelihood, no disgrace being yet attached to such an achievement, but even some glory.“
  11. Again, according to Suetonius’s chronology (Julius 4 Archived December 26, 2022, at the Wayback Machine). Plutarch (Caesar 1.8–2 Archived February 13, 2018, at the Library of Congress Web Archives) says this happened earlier, on his return from Nicomedes’s court. Velleius Paterculus (Roman History 2:41.3–42 Archived July 31, 2022, at the Wayback Machine says merely that it happened when he was a young man.
  12. Plutarch, Caesar 1–2.
  13. „The Golden Age of Piracy“ (en). www.rmg.co.uk. 2021-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
  14. The Pirates of St. Tropez.
  15. Vedran Duančić; (2008) Hrvatska između Bizanta i Franačke (in Croatian) p. 17; [1] Archived November 13, 2020, at the Wayback Machine
  16. Maddalena Betti; (2013) The Making of Christian Moravia (858–882): Papal Power and Political Reality p. 129; Brill Academic Publishers, ISBN 900421187X
  17. H Thomas Milhorn, Crime: Computer Viruses to Twin Towers, Universal Publishers, 2004. ISBN 1-58112-489-9.
  18. Stepan Razin. „Pirates & Privateers: The History of Maritime Piracy“. www.cindyvallar.com. Archived from the original on August 5, 2007. Retrieved August 28, 2007.
  19. Earle (2003), p. 89
  20. Guilmartin (1974), pp. 217–219
  21. Earle (2003), p. 45
  22. Earle (2003), p. 137
  23. Glete (2000), p. 151
  24. Earle (2003), p. 139
  25. Guilmartin (1974), p. 120
  26. Earle (2003), pp. 39–52
  27. „When Europeans were slaves: Research suggests white slavery was much more common than previously believed“. 2011-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  28. "Christian Slaves, Muslim Masters: White Slavery in the Mediterranean, the Barbary Coast and Italy, 1500–1800 Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.". Robert Davis (2004) ISBN 1-4039-4551-9
  29. 29,0 29,1 James Francis Warren. The Sulu Zone, 1768–1898: The Dynamics of External Trade, Slavery, and Ethnicity in the Transformation of a Southeast Asian Maritime State. NUS Press, 2007 — 257–258 bet. ISBN 9789971693862. 
  30. 30,0 30,1 30,2 James Francis Warren. Iranun and Balangingi: Globalization, Maritime Raiding and the Birth of Ethnicity. NUS Press, 2002 — 53–56 bet. ISBN 9789971692421. 2019-yil 9-iyulda qaraldi. 
  31. 31,0 31,1 Antony, Robert J. (February 2013). "Turbulent Waters: Sea Raiding in Early Modern South East Asia". The Mariner's Mirror 99 (1): 23–38. doi:10.1080/00253359.2013.766996. 
  32. Piracy and surreptitious activities in the Malay Archipelago and adjacent seas, 1600–1840 Sim: . Springer, 2014. ISBN 9789812870858. 
  33. 33,0 33,1 Junker, Laura Lee. Raiding, Trading, and Feasting: The Political Economy of Philippine Chiefdoms. University of Hawaii Press, 1999. ISBN 9780824820350. 
  34. David P. Forsythe (2009). „Encyclopedia of Human Rights, Volume 1 Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.“. Oxford University Press. p. 464. ISBN 0195334027
  35. Chong Sun Kim, „Slavery in Silla and its Sociological and Economic Implications“, in Andrew C. Nahm, ed. Traditional Korea, Theory and Practice (Kalamazoo, MI: Center for Korean Studies, 1974)
  36. John Kleinen. Pirates, Ports, and Coasts in Asia: Historical and Contemporary Perspectives. Institute of Southeast Asian Studies, 2010 — 60 bet. ISBN 978-981-4279-07-9. 
  37. New Peterson magazine, 1896 — 578 bet. 
  38. "Indian Pirates: From the Earliest Times to the Present Day", by Rajaram Narayan Saletore, page 18
  39. Agius, Dionisius A.. Classic Ships of Islam: From Mesopotamia to the Indian Ocean (en). BRILL, 2008 — 385 bet. ISBN 978-90-04-15863-4. 2023-yil 29-aprelda qaraldi. 
  40. Saletore, Rajaram Narayan. Indian Pirates (en). Concept Publishing Company, 1978 — 21 bet. 2023-yil 29-aprelda qaraldi. 
  41. Findly, Elison B (April–June 1988). „The Capture of Maryam-uz-Zamani’s Ship: Mughal Women and European Traders“, Journal of the American Oriental Society, 108 (2): 227–238.
  42. „Cross-Cultural Perceptions of Piracy: Maritime Violence in the Western Indian Ocean and Persian Gulf Region during a Long Eighteenth Century“. 2016-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 28-may.
  43. „Soldiers, Seahawks and Smugglers“. 2008-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-iyul.
  44. 44,0 44,1 Heard-Bey, Frauke. From Trucial States to United Arab Emirates. UK: Longman, 1996 — 282–284 bet. ISBN 0582277280. 
  45. „From Pirate Coast To Trucial“. 2008-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 20-iyul.
  46. Gemma Pitcher, Patricia C. Wright. „ Madagascar & Comoros Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh. “ p. 178.
  47. „Libertatia“. everything2.com. 2017-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 15-noyabr.
  48. Lucie-Smith, Edward. Outcasts of the Sea: Pirates and Piracy. Paddington Press, 1978. ISBN 9780448226170. 
  49. „Tortuga – Pirate History – The Way Of The Pirates“. 2015-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-oktyabr.
  50. Nigel Cawthorne (2005), Pirates: An Illustrated History, Arturus Publishing Ltd., 2005, p. 65.
  51. Kuhn, Gabriel. Life Under the Jolly Roger: Reflections on Golden Age Piracy. PM Press, 2010. 
  52. Mark Kurlansky, Cod: A Biography of the Fish That Changed the World. Penguin, 1998.
  53. Wombwell, A. James. The Long War Against Piracy: Historical Trends. Fort Leavenworth, Kansas: Combat Studies Institute Press, 2010 — 204 bet. ISBN 978-0-9823283-6-1. 
  54. 54,0 54,1 „La piratería – Historia – (GEVIC) Gran Enciclopedia Virtual Islas Canarias“. www.gevic.net. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 3-avgust.
  55. Fariña González, Manuel. „La evolución de una fortuna indiana: D. Amaro Rodríguez Felipe (Amaro Pargo).“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  56. Amaro Pargo: documentos de una vida, I. Héroe y forrajido. Ediciones Idea, 2017 — 520 bet. ISBN 978-8416759811. 2018-yil 20-martda qaraldi. 
  57. Clive Senior, A Nation of Pirates: English Piracy in its Heyday (Newton Abbot, 1976)
  58. 58,0 58,1 58,2 „Treasure“. 2019-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 21-aprel.
  59. Gosse, Philip. The Pirates' Who's Who. BiblioBazaar, LLC, 2007. ISBN 978-1-4346-3302-6.  p. 251.
  60. „Piratesofamerica.com“. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  61. 1609—1616 yillarda
  62. Kelsey, Harry, Sir Francis Drake; The Queenʼs Pirate, Yale University Press, New Haven, 1998, ISBN 0-300-07182-5.
  63. Brewer, John. The Sinews of Power: War, Money, and the English State, 1688–1783. New York.: Alfred A. Knopf, 1989. p. 197.
  64. Privateering and the Private Production of Naval Power Archived December 11, 2003, at the Wayback Machine, Gary M. Anderson and Adam Gifford Jr.
  65. Privateers or Merchant Mariners help win the Revolutionary War Archived June 4, 2019, at the Wayback Machine.
  66. Bailey, Roger A. (December 19, 2012). „Commerce Raiders“. American Battlefield Trust. Archived from the original on June 4, 2020. Retrieved March 31, 2023.
  67. „Were there really women pirates?“. www.pantherbay.com. 2015-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-noyabr.
  68. 68,0 68,1 Pennell, C. R. 2001. Bandits at sea : A pirates reader. New York: New York University Press.
  69. Bonanos. „Did pirates really say "arrrr"?“. Slate.com (2007-yil 5-iyun). 2008-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 18-dekabr.
  70. Angus Konstam (2008) Piracy: The Complete History P. 313. Osprey Publishing. Retrieved October 11, 2011
  71. Dan Parry (2006). „Blackbeard: The Real Pirate of the Caribbean“. p. 174. National Maritime Museum
  72. "History of the Pittsburgh Pirates: Early Years". MLB.com. Pittsburgh Pirates. Archived from the original on October 16, 2021. Retrieved October 13, 2021.