Qattiq fazali reaksiyalar — qattiq moddalar orasida oʻziga xos rang paydo boʻlishi bilan boradigan reaksiyalar. Rangli choʻkmalar hosil boʻlishi yoki erib ketishi bilan boradigan reaksiyalar ham Qattiq fazali reaksiyalarr. ga kiradi. Kristallda boradigan kimyoviy reaksiyalar koʻpincha nuqsonli joylarda rivojlanadi. Nuqsonlar kristall panjaraning ichki qismida ham boʻlishi mumkin; binobarin, kimyoviy reaksiyalar kristallning ichki sirtida ham rivojlana oladi. 2 qattiq jism orasidagi reaksiya dastlabki moddalar sirti bilan mahsulotlar sirti chegarasida sodir boʻlishi mumkin. Bunday reaksiyalar topokimyoviy reaksiyalar deb ataladi (yun. xorok — joy demakdir, chunki bu reaksiyalar kristallning muayyan biror joyida sodir boʻladi).

Topokimyoviy reaksiyalar jumlasiga kaliy permaganatning parchalanishi, metallarning oksidlanishi va juda koʻp komplekslarning hosil boʻlish reaksiyalari kiradi. Bunga qattiq A§1 va qattiq N§12lardan qattiq Ayo2(N§14)ning hosil boʻlish reaksiyasi misol boʻla oladi. Reaksiya qattiq fazada amalga oshishi uchun zarralar qattiq jism orqali diffuziyalanishi lozim; yuqoridagi misolda A§+ionlari Ne12tomon, Ne2+ionlari esa A§1 tomon harakat qiladi. SoS126N20 bilan mochevina, GʻeS136N20 bilan tiomochevina, №S16N20 bilan atsetamid orasidagi reaksiyalar topokimyoviy reaksiyalardir. Quruq holdagi nikel atsetat №(SN3SOO)2bilan dimetilglioksim S4N803M2orasidagi topokimyoviy reaksiya natijasida qizil tusli mahsulot hosil boʻladi. Shu sababli dimetilglioksim yordami bilan biror moddada nikel boryoʻqligini aniqlash mumkin.