Qin (biologiyada) — 1) hayvon va oʻsimlikning turli organlarini oʻrab turadigan tuzilma. Mas, paylar qini, nerv toʻqimalari qini, baʼzi baliklar xordalari qini va boshqa Oʻsimlik barg bandining yoki yaprogʻining quyi qismi, nov shaklida bir tomoni ochiq boʻladi. Baʼzi oʻsimliklarda (mas, banan daraxtida barg qini bir-birini oʻrab olib, soxta poya hosil qiladi; 2) hayvonlar teri qoplamining baʼzi organlari joylashadigan boʻrtgan qismi (mas, pat qini, soch qini, ilonlarda esa til qini va boshqalar); 3) urgʻochi sut emizuvchi hayvonlar (mas, xaltalilar) jinsiy yoʻllarining jinsiy aloqa va homilaning tashqariga chiqishi uchun xizmat qiladigan eng oxirgi qismi. Xaltalilarda Q. juft, yoʻldoshlilarning tuxum yoʻllari qoʻshilib yagona q. hosil qiladi; 4) odamlarda ayollar kichik chanogʻida oldindan qovuq va siydik chiqarish kanali, orqadan toʻgʻri ichak oʻrtasida joylashgan choʻziluvchi muskulli naycha. q. devori epiteliyli, muskulli va biriktiruvchi toʻqima qavatlaridan iborat; ichkarisi koʻndalang burmalar hosil qiluvchi shilliq qavat bilan qoplangan.