Qish halovati

oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼrlar va adabiy maqolalar toʻplami

„Qish halovati“, toʻliq nomi „Saylanma. Qish halovati. 4-jild“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy asarlar toʻplami. Yana yetti kitob — „Bahor tarovati“, „Yoz harorati“, „Kuz saxovati“, Qalb sadoqati", „Erk saodati“ asarlaridan hamda ikki jild badiiy tarjimalardan iborat „Toʻla asarlar toʻplami“ deb nomlangan sakkiz jildli toʻplamning toʻrtinchi jildi. 2016-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyatida chop etilgan. Toʻplamga kiritilgan ilk toʻrt kitob umrning toʻrt faslini ifoda etuvchi asarlarni oʻzida jamlagan boʻlib, toʻrtinchi jild qish fasli va keksalikka bagʻishlangan.[1]

Saylanma. Qish halovati. 4-jild
Muallif(lar) Erkin Vohidov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i sheʼrlar, drama va adaby maqolalalar
Nashriyot „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 2016
Sahifalar soni 418
ISBN ISBN 978-9943-26-419-9
Avvalgisi „Kuz saxovati“
Keyingisi „Qalb sadoqati“

Toʻplamga asosan shoir umrining soʻnggi yillarida yozgan sheʼrlar va bitta drama kiritilgan. Shuningdek, kitobning ikkinchi yarmidan Vohidov qalamiga mansub adabiy maqolalar oʻrin olgan.

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Saylanma 4-jild. Qish halovati, IPAK „Sharq““. Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi. Qaraldi: 2020-yil 13-dekabr. [sayt ishlamaydi]

Havolalar tahrir