Koʻkbel, qizilbosh (Aythya ferina) — oʻrdaqlar oilasining shoʻngʻuvchilar urugʻiga mansub qush. Vazni 0,7—1,3 kg, yaxshi shoʻngʻiydi va soʻzadi. Yevropa, Osiyo, Amerikada tarqalgan, shu qitʼalarning jan.ida, qisman, Afrika (Nil daryosi qavzasi)da qishlaydi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda bahor va koʻzda uchib oʻtayotganda uchraydi, baʼzan qishlab qoladi. Toʻqay va katta koʻllarda yashaydi. Qamishlar orasiga uya qurib, 6—15 ta tuxum qoʻyadi. Oʻsimlik barglari va urugʻlari, mollyuskalar, hasharotlar lichinkasi bilan oziqlanadi. Goʻshti mazali, ovlanadi. [1]

Botqaldoqlar
Aythya ferina, mas
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Aythya ferina

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil