Qizilsoy – Toshkent viloyati Parkent va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi soy[1].

Qizilsoy
Tavsif
Uzunligi 54
Daryolar havzasi 363 km²
Suv sarfi 1,46 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Chatqol tizmasi
 · Boshlanish joyi Qizilnura
 · Balandligi 3 080 m
Quyilishi Chapqirgʻoq Qorasuv kanali
Davlat Oʻzbekiston

Tavsifi tahrir

Uzunligi 54 km. Havzasining maydoni 363 km2. Chatqol tizmasining gʻarbiy tarmogʻidan, Chatqol biosfera qoʻriqxonasi hududidagi Qizilnura togʻidan yarim km janubi gʻarbda, dengiz sathidan 3080 m balandlikda boshlanadi. Yuqori oqimi (chap irmogʻi Oqtoshsoyning quyilishigacha) Boshqizilsoy deb ataladi. Quyi qismida suvi sugʻorishga sarflanadi, Krasnogorskdan gʻarbroqda Toshsoy yaqinida esa butunlay qurib qoladi.

Asosan, qor, qisman yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilishidan 1,46 m³/sek. Suvga toʻlosh davri fevral—mart, eng kam suv sarfi avgustsentabrda kuzatiladi 2,22—0,11 m³/sek.

Irmoqlari tahrir

Qizilsoygs Supatoshsoy, Tegirmontoshsoy, Tariqlar, Minorasoy, Oqtoshsoy, Kulpaksoy, Soʻxtasonsoy, Gauxana (Gauxansoy), Qoznakoʻksoy, Mudroqsoy, Taxtaxoʻjasoy irmoqlari kelib quyiladi. Krasnogorsk yaqinida Qizilsoyga Chavlisoy irmogʻi quyiladi.

Arxeologik yodgorliklar tahrir

Daryoning yuqori oqimining, oʻng qirgʻogʻida (Nevich qishlogʻi hududida) Boshqizilsoy rasmlari sifatida tanilgan, qadimgi asrlarga oid 600 dan ortiq petrogliflar topilgan. Chizmalarda odamlar, uy va yovvoyi hayvonlar, dumaloq quyosh ramzlari, shuningdek, ovchilik, chorvachilik, diniy marosimlar tasvirlangan. Qoya rasmlaridan uncha uzoq boʻlmagan togʻ tizmasining tepasida saklarning ibodatxonalari joylashgan[2].

Boshqizilsoyning chap qirgʻogʻida, Namdonak qishlogʻidan 4 km janubi-gʻarbda, nomsiz tepa bor. 1969-yilda SSSR FA Geografiya institutining Pritashkent geomorfologik otryadi tomonidan kashf etilgan. Yaqin atrofda, Boshqizilsoy va Yettiriksoy oraligʻida Eskiteps nomi bilan mashhur qal’a izlari boʻlgan katta aholi punkti saqlanib qolgan. Yigʻilgan materiallar eramizning birinchi asrlaridan XIII asrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Yodgorlik 1963-yilda Chotqol-qurama otryadi tomonidan rasman qayd etilgan. Xuddi shu otryad Eskitepa roʻparasida, daryoning chap qirgʻogʻida joylashgan Challaktepa aholi punktini qayd etgan. Challaktepa balandligi 45 m, diametri 60 m. Bu yodgorlikdan topilgan materiallar milodiy IV-VI asrlarga toʻgʻri keladi. Yana bir nomsiz tepa 1969-yilda Qizilsoyning chap qirgʻogʻi boʻylab quyi oqimda, Oʻrtasaroy sovxozidan 1 km janubda topilgan. Bu yodgorliklar koʻpchiligi toʻliq oʻrganilmagan.

Bundan tashqari, Qizilsoy va Qorasuv qoʻshilishi yaqinida ikkita aholi punkti joylashgan boʻlib, oqimdan 400 m pastda va janubi-sharqda 500 m masofada joylashgan: birinchisi nomsiz tepalik, ikkinchisi Qirqboʻron nomi bilan mashhur. Ikkala yodgorlik ham 1940-yilda A. I. Terenojkin tomonidan topilgan. Nomi nomaʼlum aholi punkti 2 m qalinlikdagi madaniy qatlamga ega boʻlib, uning ustiga toshlar va lyosslar qoʻyilgan. Undan topilgan tarixiy materiallar milodiy I-III va X-XII asrlarga taaluqli. 1973-yilgacha hech qanday qazish ishlari olib borilmagan. Qirqboʻron toʻrtburchak shaklidagi xaroba boʻlib, shimoliy qismida qalʼa qoldiqlari, eramizning IV-VII va X-XII srlariga oid madaniy qatlamlarga ega[3].

Galereya tahrir



Manbalar tahrir

  1. „Топонимия России и мира — Топонимы Угам-Чаткальского национального парка“. 2014-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-dekabr.
  2. Буряков Ю. Ф., Касымов М. Р., Ростовцев О. М. Археологические памятники Ташкентской области [1973]. 
  3. Колбинцев А. П.. Ташкентский оазис, 1983.