Qiziltanlilar yoʻlboshchisi
Qiziltanlilar yoʻlboshchisi (inglizcha: The Ransom of Red Chief) — amerikalik yozuvchi O. Genri qalamiga mansub hajviy qissa-novella. Bu qissa (inglizcha: Whirligigs) 1910-yilda[1] Doubleday, Page & Company tomonidan nashr etilgan „Aylanish“ (inglizcha: Whirligigs) qissalar toʻplamiga kiritilgan.
Qiziltanlilar yo'lboshchisi | |
---|---|
The Ransom of Red Chief | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Janr | povest |
Muallif | O'Genri |
Orginal tili | inglizcha |
Yozilgan sana | 1907 |
Qiziltanlilar yoʻlboshchisi |
Mazmuni
tahrirUshbu hikoya voqealari qissa qahramonlardan biri Sem tomonidan hikoya qilinadi.
Hikoya voqealari AQShning Alabama shtatidagi shaharlardan birida sodir boʻladi. Ikki firibgar Sem va Bill Driskoll pulga juda muhtoj edi. Ular moʻmay daromadni qoʻlga kiritish maqsadida bolani - shaharning badavlat kishisi boʻlmish Ebenezer Dorsetning toʻqqiz yoshli oʻgʻlini oʻgʻirlab ketib, uni oʻrmondagi gʻorga yashiradilar va otasiga 2000 dollar garov puli toʻlash evaziga bolani ozod qilishlari haqida xat yubormoqchi boʻladilar. Biroq, oʻzini qiziltanlilar boshligʻi deb ataydigan bola bu ishlarning barchasini oʻyin deb qabul qiladi va oʻzini qiziqarli sayohatga chiqqanligiga ishonadi hamda uyga qaytishni umuman hohlamaydi. Bundan tashqari, u Bill va Semni hindular oʻyiniga jalb qilib, ularga oʻz qoidalarini oʻtkazishga harakat qiladi. Vaziyatning kulgililigi ushbu gʻarazgoʻy odamlarning shumtaka bolaning hurmacha qiliqlari oldida oʻz-oʻzidan ojiz boʻlganligi bilan yanada kuchayadi. Deyarli umidsizlikka tushib qolgan Bill, Sem yoʻqligida bolakayning toʻpolonlaridan zada bolgach, bu yoʻlboshchidan qanday qutulishni bilmaydi va bolani uyiga haydab yuboradi.
"Sem, - deydi Bill, - siz meni xoin deb o'ylashingiz mumkin, lekin men bunga chiday olmadim". Men voyaga yetganman, o‘z-o‘zini himoya qilishga qodirman, odatlarim jasoratli, lekin shunday paytlar bo‘ladiki, hamma narsa tuproqqa aylanib ketadi – manmanlik ham, o‘zini tuta bilish ham. Bola ketdi. Men uni uyiga yubordim. Hammasi tugadi. Qadim zamonlarda sevgan kasbidan voz kechishdan ko'ra o'limni qabul qilishga tayyorroq bo'lgan shahidlar bor edi. Lekin ularning hech biri men kabi g'ayritabiiy qiynoqlarga duchor bo'lmagan. Qaroqchilik nizomimizga sodiq qolmoqchi edim, lekin kuchim yetmadi[2].
Biroq, bola ketishni xayoliga ham keltirmaydi va Bill bilan Semning yoniga qaytib keladi. Keyin ular garov pulini 1500 dollarga tushirishga qaror qilishadi va bolaning ota-onasi pulni toʻlab, bolani olib ketishlariga ishongan holda, shosha-pisha tahdidli xat yuborishadi. Ammo voqea ular oʻylagandek boʻlib chiqmaydi. Janob Dorset nafaqat oʻzining shumtaka bolalisi uchun toʻlovni toʻlashdan bosh tortadi, balki ushbu ikki „gʻarazgoʻy“ga Jonni qaytarib olishi uchun unga 250 dollar toʻlashlari keraklogini aytadi. Eng muhimi, Jonnining toʻpolonlaridan bezor boʻlgan mahalladagi qoʻshnilari bunga toʻsqinlik qilmasliklari uchun bolani faqat tunda olib kelishlarini aytadi. Sem va Bill bunga rozi boʻlishadi
Bola qaroqchilar uni uyda qoldirib ketayotganini bilgach, hamma yoqni boshiga ko'taradi va Billning oyog‘iga zulukdek yopishib oladi. Otasi bolani Billning oyog‘idan ajratib oladi.
- "Uni qanchagacha ushlab tura olasiz?" - deb so'raydi Bill.
"Mening kuchim avvalgidek emas, - deydi keksa Dorset, - lekin o'n daqiqagacha ushlab tura olsam kerak deb o'ylayman.
"Bo'ldi, - deydi Bill. - O'n daqiqadan so'ng men Markaziy, Janubiy va O'rta G'arbiy shtatlarni kesib o'taman va Kanada chegarasigacha yetib olish uchun yetarlicha vaqtim bo'ladi.
- Bu juda qorong'u tun va Bill juda semiz bolishiga qaramay juda tez yugurganidan men unga shahardan[2] bir yarim mil uzoqlikdagina yetib oldim.
Tarjimalar
tahrirO. Genri asarlarining rus tiliga ilk bor 1915-yilda tarjima qilingan, keyinchalik ular koʻp marta qayta nashr etilgan[1]. Ushbu qissaning rus tiliga eng mashhur tarjimasi N.<span typeof="mw:Entity" id="mwJg"> </span>L.<span typeof="mw:Entity" id="mwJw"> </span>Daruzes tomonidan tarjima qilingan.
Ekranlashtirish
tahrirQisqa hikoya Amerika Qoʻshma Shtatlarida va boshqa mamlakatlarda alohida filmlar shaklida ham, kinoromanlar toʻplamining bir qismi sifatida ham bir necha bor suratga olingan.
- " Qiziltanlilar boshligʻining oʻgʻirlanishi " (inglizcha: The Ransom of Red Chief (Edison Manufacturing Company, 1911)[3]
- " Qiziltanlilar rahbari va boshqalar … " (inglizcha: O. Henry's Full House) (XX Century Fox, 1952)[4]
- " Qiziltanlilar boshligʻining oʻgʻirlanishi " (inglizcha: The Ransom of Red Chief) (NBC, 1959)[5]
- Вождь краснокожих (фильм, 1959)[6]
- " Ishbilarmonlar kishilar " (Mosfilm, 1962)[7]
- „ Yumshoq dumli shaytonvachcha“ (multfilm, Multtelefilm, 1985)[8]
- " Qiziltanlilar boshligʻining oʻgʻirlanishi " (inglizcha: The Ransom of Red Chief) (Hallmark Entertainment, 1998)[9]
- " Jinoyatdagi niqoblar " (ORT/Birinchi kanal, 2000)
- „Masha va ayiq-boʻrilar bilan yashang …“ (multfilm, „Animaccord“, 2010)
- „Qiziltanlilar boshligʻi“ („Rekun-cinema“, 2012)
- „ Dahshatli Penni“ Penny Dreadful) (qisqa metrajli, ADASTRA Films , 2013)
Taʼsiri
tahrirRoman nashr etilgandan va ekranlashtirilgandan soʻng, oʻgʻirlab ketilgan bolalar va uni qaytarish uchun pul toʻlashga majbur boʻlganlar haqidagi hikoyalar kino va badiiy adabiyotda keng tarqaldi. Oʻzining boshqa asarlari singari. Genri, „Qiziltanlilar boshligʻi“ madaniy metaforaga aylandi. Ayniqsa, bolalar uchun moʻljallangan teleseriallarda koʻpincha shu gʻoyaga asoslangan epizodlar koʻrsatiladi; Masalan, „She-Ra:Princess of Power“ animatsion multserialidagi Parfume qahramoni yoki Disneyning Bendlardagi moʻjizalaridagi Luiza Lamur („The Ransom of Red Chimp“ nomli epizodda) yoki „Qiynovchi Dennis“ filmi.
Kitob Sovet Ittifoqida ikki marta moslashtirilgan — u ekranlashtirilib, Leonid Gaydayning „ Ishbilarmonlar kishilar“ nomli filmi sifatida tasvirga olingan (televidenie versiyasida O.Genrining hikoyalaridan uchta farqli joyi bor) va antropomorfik parodiya boʻlmish „Yumshoq dumli shaytonvachcha“ multfilmi zamonaviy Rossiyada ushbu syujet „Masha va Ayiq“ animatsion seriyasining " Boʻrilar bilan yashash … " seriali uchun asos boʻlib xizmat qilgan.
Yana qarang
tahrir- „Ishbilarmonlar kishilar“
- „Yumshoq dumli shaytonvachcha“
- Enfant tirrible
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 О. Генри „Ф. Золотаревская. О. Генри и его новеллы“, . Избранные произведения, 400000 экз, М, 1991 — 12-bet. ISBN 5-253-00192-1.
- ↑ 2,0 2,1 Andoza:Book
- ↑ „The Ransom of Red Chief (1911) на imdb.com“. 4-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2009-yil.
- ↑ „«Вождь краснокожих и другие» на imdb.com“. 21-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2009-yil.
- ↑ „The Ransom of Red Chief (1959) на imdb.com“. 24-iyul 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2009-yil.
- ↑ „Вождь краснокожих. Х/ф“ (ruscha). tvkultura.ru. — „По мотивам рассказа О'Генри. Художественный фильм (Франция – Италия, 1959). Режиссер: Анри Верней“. 7-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-dekabr 2019-yil.
- ↑ „«Деловые люди» на imdb.com“. 28-dekabr 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2009-yil.
- ↑ „«Чертёнок с пушистым хвостом» на animator.ru“. 29-sentabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-oktabr 2009-yil.
- ↑ „The Ransom of Red Chief (1998) на imdb.com“. 21-avgust 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-oktabr 2009-yil.