Qizlarxon Kamolovna Doʻstmuhamedova (25-noyabr 1946, Toshkent) — raqqosa. Oʻzbekiston xalq artisti (1984). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgan (1977). 1965-72 va 1982-88 yillar "Shodlik" ashula va raqs ansamblida raqqosa boʻlib ishlagan. "Goʻzal" ansambli tashkilotchilaridan va yetakchi raqqosalaridan (1972—81). 1988 yildan Toshkent davlat madaniyat institutida pedagog. Doʻstmuhamedova lirik raqqosa, raqslari nafis va jozibali harakatlarga boyligi bilan ajralib turadi. "Goʻzal", "Tong malikasi", "Goʻzal tong", "Intizor", "Buxoro yulduzi", "Sevgi taronasi", "Nozli" kabi zamonaviy, shuningdek, "Munojot", "Tanavor", "Moʻgʻulchai segoh", "Qorakoʻzim", "Guluzorim", "Safti miskin" va boshqalar mumtoz raqslari mashhur. "Shashmaqom" telefilmida qatnashgan (1972). "Tanavor" raqs ansambli (Sietl, AQSH)da oʻzbek raqslarini sahnalashtirgan. AQSH, Liviya, Fransiya, Germaniya, Tunis va b. mamlakatlarda gastrolda boʻlgan. Doʻstmuhamedova ijodiga bagʻishlab "Nafosat guldastasi" nomli film ishlangan (1985). "Elyurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (2000).[1]

Qizlarxon Doʻstmuhamedova. "Munojot" raqsi.

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil