Bosh menuni och

Qoʻshkoʻpir tumani

Qoʻshkoʻpir tumani – Xorazm viloyatidagi tuman. 1936 yil 17 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 14 dek. Da Xiva tumaniga qoʻshib yuborilgan. 1966 yil 9 yanvarda qayta tashkil etilgan. Shim. dan Shovot, shim.-sharq va sharqdan Urganch tumanlari, jan.dan Xiva tumani, gʻarbdan Turkmaniston bilan chegaradosh. Maydoni 0,54 ming km2. Aholisi 128,7 ming kishi (2005). Tumanda 1 shaharcha (Qoʻshkoʻpir), 12 qishloq fuqarolari yigʻini (Kenagas, Oqdarband, Xonobod, Xosiyon, Shixmashhad, Yangilik, Oʻzbekyop, Oʻrtayop, Qatagʻon, Gʻozovot, Hadra, Hayrobod) bor. Tuman markazi — Qoʻshkoʻpir shaharchasi.

Qoʻshkoʻpir tumani
Кошкупырский район
tuman
Tarkibida Xorazm viloyati
Maʼmuriy markazi Qoʻshkoʻpir
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Mundarija

TabiatiTahrirlash

Tuman hududi, asosan, tekislik. Iqlimi keskin kontinen-tal. Qishning eng sovuq oyi (yanv.)da oʻrtacha temperatura —5°, eng past temperatura —32°. Yozning eng issiq oyi iyulning oʻrtacha temperaturasi 33°, eng yuqori temperatura 42°. Vegetatsiya davri 192 kun. Yillik yogʻin 50–100 mm. Tuman hududini kesib oʻtgan Kattakoʻl, Dovdon, Dovudkoʻl magistral kollektorlari va ularga tutashgan kollektor — drenaj shoxob-chalari ishlab turibdi. Tuprogʻi oʻtloqi tuproq. Yovvoyi oʻsimliklardan jiyda, turangʻil, yulgʻun; yovvoyi hayvonlardan chiyaboʻri, quyon uchraydi.

AholisiTahrirlash

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, turkman, eroniy, rus, tatar, koreys va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2ga 239 kishi. Shahar aholisi 16,9 ming kishi (2005). Qishloq aholisi 111,8 ming kishi.

XoʻjaligiTahrirlash

Tumanda paxta tozalash, silikat gʻisht zavodlari, MTP, avtokorxonalar, qurilish tashkilotlari, tikuvchilik va gilamchilik sexlari ishlab turibdi. Kichik va oʻrta biznes korxonalari, mikrofirmalar va boshqa faoliyat koʻrsatadi.

Qishloq xoʻjaligi, asosan, paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashtan. Dehqonchilik, chorvachilik, pillachilik, bogʻdorchilik, balikchilik ham rivojlangan. 1 ijara xoʻjaligi, fermer xoʻjaliklari, 1 aksiyadorlik jamiyati, "Qushkoʻpir par-randa", "Qoʻshkoʻpirpilla" masʼuliyati cheklangan jamiyatlar, "Qoʻshkoʻpir-asalarichilik" jamoa korxonasi bor (2005). Jami 27,7 mint ga ekin may-donnint 13,3 ming gektariga paxta, 5,3 ming gektariga gʻalla, 370 gektariga kartoshka, 800 gektariga sabzavot; shuningdek, poliz, ozuqa ekinlari ham ekiladi (2005). Mevazor, tutzorlar bor.

Qoʻshkoʻpir tumanidagi jamoa va shaxsiy xoʻjaliklarda 54,5 ming^Qoramol (shu jumladan, 22,9 ming sigir), 55,1 ming qoʻy va echki, 163 ming parranda boqiladi (2005). Asalarichilik va pil-lachilik bilan ham shugʻullaniladi.

Maorifi, matbuoti va tibbiy muassasalariTahrirlash

Tumanda 55 umumiy taʼlim, bolalar musiqa va sport maktablari, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi va uning 35 tarmogʻi, madaniyat uylari, 15 madaniyat muassasasi, madaniyat va istirohat bogʻi (2005). stadion, sport zallari va boshqa sport inshootlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi (430 oʻrin), poliklinika, tugʻruqxona, 4 tish davolash poliklinikasi punktlari, dorixonalar va boshqa tibbiy muassasalarda 216 vrach aholiga xizmat koʻrsa-tadi (2005). Qoʻshkoʻpir tumani markazi Qoʻshkoʻpir shaharchasidan Xiva, Urganch va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan. Meʼ-moriy yodgorliklardan Imorat bobo meʼmoriy majmuasi (14—18-asrlar) saqlangan. 1941 yildan "Hayot koʻzgusi" tuman gaz. chop etiladi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.