Qoʻshxodim — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. „Qoʻshxodim“ atamasi tarixiy hujjatlarda „Koʻshk xodim“ (خادیم کوشک) tarzida keladi. Oʻzbek tilida „xodimning koʻshki, qasri“ maʼnosini anglatadi. Odatda shahar tashqarisidagi bahavo joylar va bogʻlarda qurilgan imoratlarga nisbatan ishlatilgan. Umuman koʻshk mahalliy meʼmorchilikka xos qadimiy imorat turi. „Koʻshk“ atamasi Oʻrta Sharq orqali Yevropa xalqlariga, fransuz yoki nemis tili orqali rus tiliga „kiosk“ shaklida oʻtgan[1].Qadimgi turkiy qabilalarda oʻtov, chayla, chodir kabi oq va qora uylar, arava ustiga oʻrnatilgan safar uyi — koʻchik keng tarqalgan. Ular keyinchalik koʻshk meʼmorchiligi asosini tashkil etgan. „Koʻshk“atamasi Narshaxiyning „Buxoro tarixi“ va arab geograflari asarlarida uchraydi[2].

Manbalar tahrir

  1. Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276 bet. ISBN 978-9943-7455-7-5. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126 bet.