39°46′28″N 64°24′20″E / 39.7744°N 64.4056°E / 39.7744; 64.4056 G O

Qoʻshmadrasa - Buxorodagi koʻsh (muqobila) uslubida bunyod etilgan meʼmoriy yodgorlik; qadimiy koʻchaning ikki yonini egallagan Abdullaxon madrasasi (1588—90) va Modarixon madrasasi (1566—1567)dan iborat majmua.

Meʻmorchiligi tahrir

Ikkala binoning bosh tarzlari bir mujassamot oʻqi boʻylab bir-biriga qaratib qurilgan; majmua uchun ajratilgan joydan mohirona foydalanilgan.

Abdullaxon madrasasining tarhi toʻrtburchak boʻlgan holda janubiy tomoni qisman ichkariga kirgan, gʻarbiy va shimoliy tomonlarida tashqarilariga turtib chiqqan boʻrtiq qismlari mavjud; boʻrtiq qismlarining oʻrtasida hovli boʻlib, u 2 qavatli ("yorugʻli") va gumbazlidir (gumbaz "Ablullaxon fonusi" deb yuritiladi).

Modarixon madrasasidan oʻtgan mujassamot oʻqi darvozaxonaning orqasida sinib davom etadi. Bu madrasani qibla tarafga qaratib qurish zaruratidan kelib chiqqan. Abdullaxon madrasasida ham masjid qiblaga qaratish zaruratidan madrasaning umumiy tarhiga nisbatan burchak ostida qurilgan. Qadimiy Oʻrta Osiyoning noyob meʼmoriy majmualari qatoriga kiradi.