Qobul Tursunov
Qobul Beknazarovich Tursunov (1964-yil, Navoiy tumani, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek iqtisodchisi va davlat arbobi. Nurota tumani hokimi va Oliy Majlis Senatining byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qoʻmitasi raisi boʻlib ishlagan. 2016-yil 25-dekabrdan 2021-yilga qadar Navoiy viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan.[2][3] 2015-yilda III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga saylangan.
Qobul Beknazarovich Tursunov | |
---|---|
Navoiy viloyati hokimi | |
Mansab davri 25-dekabr 2016-yil – 8-noyabr 2021-yil | |
Prezident | Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Erkinjon Turdimov |
Vorisi | Normat Tursunov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
30-mart 1964-yil Navoiy tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR |
Maʼlumoti |
Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filiali (1993) Buxoro davlat universiteti (2004) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi (2005) |
Mukofotlari | [1] |
Biografiyasi
tahrir- 1964-yilda Buxoro viloyatining Navoiy tumanida (hozirda Navoiy viloyatida joylashgan) tavallud topgan[4].
- 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetining Navoiy filialini, 2004-yilda Buxoro davlat universitetini, 2005-yilda esa Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan[4].
- 1981-1986 — Navoiy tumani 18-koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasida boshlagan. Bu yerda ishchi, keyinchalik xaridlar boʻyicha iqtisodchi boʻlib ishlagan.
- 1986-1989 — „Davlatagrosanoat“ qoʻmitasi bosh axborot-hisoblash markazining Navoiy shahridagi 41-boʻlimi yetakchi muhandisi.
- 1989-1997 — „Oʻzmatlubotqurilish“ trestiga qarashli „Navoiy“ koʻchma mexanizatsiyalashgan kolonnasi moliya-iqtisodiyot boʻlimi iqtisodchisi, boʻlim boshligʻi, trest direktorining iqtisodiyot boʻyicha oʻrinbosari.
- 1997-2006 — „Qizilqumsement“ aksiyadorlik jamiyati taʼminot boʻlimi etakchi mutaxassisi, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari, moliya-iqtisod boʻlimi boshligʻi.
- 2006-2012 — Navoiy shahar „Baxt-Textile“ qoʻshma korxonasi bosh direktori oʻrinbosari, keyinchalik direktori.
- 2012-2016 — Nurota tumani hokimi.
- 2015-2021 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining aʼzosi[4].
- 2016-2021 — Navoiy viloyati hokimi[4][5].
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2021-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 14-noyabr.
- ↑ Xokimom Navoiyskoy oblasti stal Kabul Tursunov
- ↑ „Navoiy viloyati hokimi oʻzgardi“. Kun.uz (8-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2021-yil.
- ↑ Mirziyoev naznachil xokimom Navoiyskoy oblasti Kabula Tursunova