Qurbon Ro‘zmetov ( 1911-yil 10-iyun, Urganch1984-yil 13-oktabr, Toshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR ) — sovet iqtisodiyot, davlat va siyosiy arbobi, general-mayor.

Qurbon Ro‘zmetovich Ro‘zmetov
Tavalludi 10-iyun 1911-yil
Vafoti 13-oktyabr 1984-yil(1984-10-13)
(73 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari

Biografiyasi tahrir

U 1911-yilda Urganchda tug‘iladi. 1938-yildan SIKP a’zosiga aylanadi.

Ro‘zmetov 1935-yildan - iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faol ishtirok etib keladi. U 19351979-yillarda — IIXK (Ichki ishlar Xalq komissariyati) Samarqand operativ sektori komissari, DXB stajyori, tezkor ishonchli yordamchi, tezkor ishonchli vakil , ishonchli katta operativ vakil, O‘zbekiston SSR IIXK DXB boshlig‘i o‘rinbosari, boshliq vazifalarida, shuningdek, IIXKning Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i, DXXKning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarma boshlig‘i, IIXKning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, DXXKning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i, xalq komissarining o‘rinbosari, O‘zbekiston SSR Davlat xavfsizligi vazirining 1-o‘rinbosari, O‘zbekiston SSR ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi huzuridagi DXQ raisining 1-o‘rinbosari, O‘zbekiston SSR prokurori, SSSR Vazirlar Kengashi huzuridagi O‘zbekiston SSRdagi  Din ishlari bo‘yicha Kengashning vakolatli vakili lavozimlarida faoliyat yuritib keladi.

U O‘zbekiston SSR Oliy Soveti deputati etib ham saylanadi.  

Qurbon Ro‘zmetov 1984-yilda Toshkentda vafot etadi[1][2].

Manbalar tahrir