Qurmangʻazi tumani — Atirau viloyatining shimoli-gʻarbida joylashgan. Tuman 1928-yili tashkil topgan. Maydoni — 20,8 ming km². Aholisi 2010-yil 1-yanvarda 59,2 ming kishini tashkil qildi. Tumanning maʼmuriy markazi — Ganyushkin qishlogʻi[4].

Qurmangʻazi tumani
qoz. Құрманғазы ауданы
tuman
Tarkibida Atirau viloyati
Maʼmuriy markazi Ganyushkin
Asos solingan sanasi 1928-yil
Akim Takeshov Amanjan Adilxanovich
Rasmiy tillar qozoq, rus
Aholi (2012) 56,436[1] (2-oʻrin)
Zichligi 2,7 kishi./km²
Maydoni 20 800 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71233[2]
Pochta indeksi 060400-060415[3]
Avtomobil raqami kodi E, 06
Xaritada
Qurmangʻazi tumani xaritada
Koordinatalari: 47°26′24″N 48°58′48″E / 47.44000°N 48.98000°E / 47.44000; 48.98000 G O

Hududiy boʻlinishi tahrir

  1. Azgʻir qishlogʻi
  2. Oqkoʻl qishlogʻi
  3. Asan qishlogʻi
  4. Bayda qishlogʻi
  5. Birlik qishlogʻi
  6. Yenbekshі qishlogʻi
  7. Ganyushkin qishlogʻi
  8. Dashіn qishlogʻi
  9. Dingʻizil qishlogʻi
  10. Koʻptoʻgʻay qishlogʻi
  11. Kudryashov qishlogʻi
  12. Qigʻash qishlogʻi (Oqkoʻl qishlogʻidan boʻlinib chiqdi)
  13. Nurjau qishlogʻi
  14. Oʻrli qishlogʻi
  15. Primore qishlogʻi
  16. Safonov qishlogʻi
  17. Suyindik qishlogʻi
  18. Shoʻrtanbay qishlogʻi
  19. Maqash qishlogʻi

Geografiyasi tahrir

Qurmangʻazi tumani gʻarbida Rossiyaning Astraxan viloyati bilan, shimolida Gʻarbiy Qozogʻiston viloyatining Boʻkeyoʻrda va Janaqala tumanlari bilan, sharqida Atirau viloyatining Isatay tumani bilan chegaradosh; janubini Kaspiy dengizining suvi yuvib turadi. Tumanning shimoliy hududi dengiz sathidan 3 m baland boʻlsa, janubi dengiz sathidan 25 – 27 m pastlikda.

Asosiy foydali qazilmalari tahrir

Foydali qazilmalaridan neft va gaz, qurilish materiallari, ohaktosh, gʻisht quyadigan soz bolchiqlar mavjud.

Iqlimi tahrir

Iqlimi keskin kontinentalli, yanvar oyining oʻrtacha harorati −8 °C, iyulniki +21 °C. Yogʻingarchilikning yillik oʻrtacha miqdori 100 – 150 mm.

Aholisi tahrir

Tuman aholisining asosiy qismini qozoqlar tashkil qiladi (96,4 %). Aholining oʻrtacha zichligi har 1 km²-ga chaqqanda 2,7 kishidan toʻgʻri keladi.

Ijtimoiy soha tahrir

Tumanda 16 ta oʻrta, 10 asosiy maktab, musiqa, sport maktablari, kasbiy-texnik maktab, 36 klub, 40 ta kutubxona, tuman kasalxonasi, shifoxona, 19 ta feldsher-akusherlik, 37 ta feldsherlik punkt bor.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir