Qurol-yarogʻlar

qadimgi misr
(Qurol-yarog‘lardan yoʻnaltirildi)

Qurol-yarogʻlar — dushmanning jonli kuchlarini, texnikasini safdan chiqarish va inshootlarini vayron qilish uchun moʻljallangan qurilma va vositalarning umumiy nomi. Ibtidoiy jamoa davrida ov va mudo-faa ehtiyojlari uchun dastlabki qurollar: soʻyil (yoʻgʻon tayoq), choʻqmor tosh, oʻtkir uchli yogʻoch nayza (keyinchalik temir uch qadalgan), sopqon va nayza uloqtirish moslamasi paydo boʻldi. Mezolit davrida kamon; neolit davrida toshbolta, toʻqmoq, xanjar yasay boshlandi. Temir ishlatish rasm boʻlgach (miloddan avvalgi 1-ming yillik boshi) tigʻli qurollar — qilich va nayzalar tay-yorlana boshladi. Qad. sharqdavlatlari qoʻshinlarida zalvor tosh va gʻoʻlalarni irgʻituvchi moslama (kata-pulta, manjaniq va boshqalar) keng qoʻllangan. Porox kashf etilgach, oʻtsochar qurollar yasaldi (mas, ilk oʻtsochar qurol — modfani 12-asrda arablar yaratishgan). Keyinchalik (14-, 15-va 16-asrlarda) pilta miltiq, toʻppon-cha, artilleriya zambaraklari paydo boʻldi. 19-asr oʻrtalaridan oʻyiq stvolli artilleriya, karabin miltiqlar, minalar, torpedalar yaratildi. 19-asr oxirlari va 20-asr boshlarida avtomat qurollar (pulemyot va boshqalar) paydo boʻldi. 20-asr 10-yillarida aviatsiya bombalari yara-tidsi, kimyoviy qurol va olov purkovchi (ognemyot)lar rasm boʻldi. 20-asr 30-yil lari oxiridan reaktiv snaryadlar yara-tildi. 1945-yil avgust oyida AQSH qurolli kuchlari Yaponiyaga qarshi yadro quroli qoʻlladi. Q.-ya. keyingi paytlarda sifat jihatidan takomillashtirib borildi.

Q.-ya. vazifasi, tuzilishi, qoʻllanish koʻlami va boshqa alomatlari boʻyicha farqlanadi. Vazifasiga koʻra, individual (yakka tartibdagi) va yalpi qirgʻin qurollariga; tuzilishiga koʻra, oddiy (mexanik) va avtomatik qurollarga; qoʻllanish koʻla-m i g a koʻra, strategik, operativ-taktik va taktik qurollarga boʻlinadi va h.k. Hozirgi Q.-ya.ning turlari: tigʻli va oʻtsochar qurollar (qarangArtilleriya), raketa quroli, reaktiv qurol, minalar, torpedalar, yadro quroli, kimyoviy qurol, bakteriologik qurol. Tigʻli qurollar—pichoq, qilich, xanjar, miltiq shtigi, nayza; oʻtochar qurollar — toʻpponcha, miltiq, pulemyot, toʻp, reaktiv artilleriya (mas, "Katyusha"). Vayronlik keltirish koʻlamiga koʻra, yadro, kimyoviy va bakteriologik Q.-ya. ommaviy (yalpi) qirgʻin qurollari hisoblanadi, boshqa Q.-ya.larning barchasi oddiy qurollar jumlasiga kiradi. Q.-ya.ning qoʻzgʻalmas asosga oʻrnatilgan muqim (baʼzi raketa komplekslari turi, qirgʻoq va kazemat arterilleriya toʻplari va boshqalar); harakatlanuvchi asosga oʻrnatilgan muqim (aviatsiya, tank Q.-ya.lari), oʻziyurar (toʻplar, raketa komp-lekslari va boshqalar); shatakka olib yuriladigan (artilleriya toʻplari, minometlar), transportga ortiladigan, indi-vidual va guruh uchun moʻljallangan xillari bor. Artilleriya oʻqlari, sna-ryadlar, raketa va torpedalarning jan-govar qismlari, aviatsiya va suv osti bombalari, granatalar, minalar, fu-gaslar, yadro qurollari va boshqa oʻq-dorilar deb ataladi. Q.-ya. ishlatishda aviatsiya, tank, jangovar kemalar, eltuvchi raketalardan foydalaniladi. kelgusida shu maqsadda yerning sunʼiy yoʻldoshlaridan foydalanish loyihasi ham mavjud.