Qushqoʻnmas, kafsha — murakkabguldoshlarga mansub bir va koʻp yillik oʻtlar turkumi. Oʻzbekistonda bir yillik oq Q., bir yoki ikki yillik shishkin Q.i yoki tuyaquyruq, ikki yoki koʻp yillik boʻyalgan Q. kabi turlari uchraydi. Poyasi tik oʻsadi, yuqori qismi sershox, serbarg. Barglari seret, uzunchoq nashtarsimon, chetlari tikanli. Gullari mayda, naysimon, och sariq, savatcha toʻpgulga yigʻilgan. Mevasi urugʻcha. Oʻqildizi tuproqqa juda chuqur kiradi. Iyun—iyulda gullaydi, avgust—sentabrda mevalaydi. Urugʻidan koʻpayadi. Urugʻlari 16—25° da koʻka-radi. Lalmi va sugʻoriladigan don ekinlari orasida oʻsadi. Shuningdek, tashlandiq yerlar, yoʻl yoqalari, bogʻ, tokzor, ariq boʻylarida uchraydi. Zarar-kunanda hasharotlar va oʻsimlik bitlariga makon. Kurash choralari: angʻizni yum-shatish, shudgor qilish; don ekinlariga gerbitsidlar purkash.

Manbalar tahrir