Arabshunos olima, filologiya fanlari doktori. 1941 yil 7 iyulda Toshkentda tavallud topgan. 1958 yilda Toshkent davlat universiteti Sharq fakultetining arab boʻlimiga oʻqishga kirdi. U 1963 yilda o‘qishni tugallab, 1964- 1967 yillar mobaynida O‘z FA Sharqshunoslik instituti aspiranturasida tahsil ko‘radi. R.Xo‘jayeva 1968 yilda 0‘z FA Sharqshunoslik instituti ixtisoslashgan kengashida „Xudojestvennaya proza i dramaturgiya Abd ar-Raxmana alʼ-Xamisi“ degan mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini va 1995 yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ixtisoslashgan kengashida "Yegipedskaya poeziya v pervoy polovine XX veka: evolyutsiya xudojestvennogo soz­naniya " mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. U iqtidorli tarjimon, 1963 yilda 5-bosqich talabalik davrida Sh. Rashidovning „Kashmir qo‘shig‘i“ asarini Qohira universiteti professori Hamid Sulaymon bilan birgalikda arab tiliga tarjima qilgan. 1979 yil shoir Omon Muxtor bilan birgalikda Al-Xamisiyning sheʼrlar to‘plamini „Ko‘ngil

Ra'no Umarovna Xo'jayeva
Tavalludi 7-iyul 1941-yil
Fuqaroligi Oʻzbek
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Kasbi arabshunos, filologiya fanlari doktori
Millati Oʻzbek

dardi“ nomi bilan o‘zbek tilida nashr ettirgan. R.Xo‘jayeva pedagog sifatida ko‘p yillar davomida Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xorijiy Sharq xalqlari adabiyoti kafedrasi professori lavozirnida ishlab, talabalarga „Hozirgi zamon arab adabiyoti“ kursidan ma‘ruzalar o‘qib kelmoqda. Olima yosh arabshunos kadrlar va yetuk mutaxassislar tayyorlash ishini ham faol olib bormoqda. Uning rahbarligida bir necha nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Olima ilmiy-pedagogik faoliyati davrida 40 dan ortiq ilmiy ishlar yozgan. Jumladan, 3 monograflya, qator risola va maqolalar uning qalamiga mansub.

[1]

  1. Arab filologiyasiga kirish. Toshkent: TDShI kichik bosmaxonasi, 2010 — 110 bet. 9-dekabr 2022-yilda qaraldi.