Rajab Murodov
Murodov Rajab — 1887-yili tug‘ilgan, Romitan rayoni Hakimullamir qishlog‘idan, quloq qilingan va surgun qilingan, surgun muddati tugamay qochgan, faol bosmachiligi uchun 10 yil qamoqqa hukm qilingan, hibsga olingan vaqgda aniq mashg‘uloti bo‘lmagan. Kolxozchilar orasida doimiy ravishda millatchilik ruhida aksilinqilobiy targ‘ibot olib borganlikda, mavjud tuzumdan noroziligini aytganlikda, kolxozchilarni paxta o‘rniga donli ekin ekishini tashviqot qilganlikda, ocharchilik va hokimiyat almashinuvi haqida mish-mishlar tarqatganlikda, amirlik tuzumini maqtaganlikda ayblangan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Shamsutdinov, Rustam. Qatag‘on qurbonlari — 481-bet. ISBN 978-9943-00-240-1.