Ralf Fährmann (talaffuzi: Ralf Fermann) (1988-yil 27-sentyabrda tugʻilgan) — Germaniyalik professional futbolchisi. Bundesliganing „Schalke 04“ klubida darvozabon sifatida oʻynaydi.

Ralf Fährmann
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ralf Fährmann[1]
Tavallud sanasi 27-sentyabr 1988-yil (1988-09-27) (35 yosh)
Tavallud joyi Karl-Marx-Stadt, East Germaniya
Boʻyi 1.97 m[2]
Ampluasi Darvozabon
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Schalke 04
Raqami 1
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1995—1998 VfB Chemnitz
1998—2003 Chemnitzer FC
2003—2007 Schalke 04
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2009 Schalke 04 II 39 (0)
2007—2009 Schalke 04 3 (0)
2009—2010 Eintracht Frankfurt II 6 (0)
2009—2011 Eintracht Frankfurt 18 (0)
2011- Schalke 04 203 (0)
2012—2013 Schalke 04 II 4 (0)
2019—2020Norwich City (ijara) 1 (0)
2020Brann (ijara) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2003—2004 Germaniya U16 5 (0)
2004—2005 Germaniya U17 14 (0)
2005—2006 Germaniya U18 3 (0)
2006 Germaniya U19 4 (0)
2007—2008 Germaniya U20 5 (0)
2008 Germaniya U21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(16-may 2022-yil uchun)

Klublardagi faoliyati tahrir

 
Ferman „Schalke 04“ tarkibida

Fährmann 2008-yilning 13-sentyabrida „Schalke 04“ tarkibida Dortmundning „Borussiya“ klubiga qarshi oʻyinda (3:3) professional debyut qiladi[3]. 2008-yil 16-sentyabrda u oʻzining birinchi xalqaro oʻyinini UEFA kubogi doirasida APOELga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.

2008-09-yilgi mavsum oxirida u „Schalke“ni tark etdi va „Eintracht“ga kelib qoʻshildi. „Eintracht“ bilan 2012-yil 30-iyungacha shartnoma imzoladi[4].

2011-yilda „Schalke 04“ Manuel Noyerni „Bavariya“ga sotganidan keyin Fährmann „Schalke“ga qaytdi. 2011-yilgi DFL-Superkubogida Fährmann oʻyinning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ushbu oʻyin 90 daqiqadan soʻng 0:0 hisobida yakunlandi va penaltilar seriyasiga qadar davom etdi. Fährmann Kevin Großkroytz va Ivan Perishich tomonidan amalga oshirilgan jami 2ta penaltini qaytaradi va shu bilan „Schalke“ga klub tarixida birinchi marta Superkubok kubogini qoʻlga kiritishiga yordam beradi. 2013—2014-yilgi mavsum boshida u Timo Xildebranddan keyingi asosiy tarkib darvozaboni boʻlib qoladi.

2014-yilning 4-mayida „Schalke“ Fährmann bilan shartnomasini 2019-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirganini eʼlon qildi[5].

Fährmann 2018-yil 18-aprel kuni Frankfurtning „Eintracht“ jamoasiga qarshi oʻyinda „Schalke 04“ jamoasi tarkibidagi 200-uchrashuvini oʻtkazdi[6].

2019-yilning 5-iyulida Fährmann 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha ijara asosida „Norvich Siti“ga oʻtdi[7]. 2020-yil 10-martda u Norvichni tark etdi va 2020-yil 30-iyungacha SK Brannga ijaraga berildi[8]. 2020-yil 23-aprel kuni u COVID-19 pandemiyasi sababli Germaniyaga joʻnab ketdi va 9-iyun kuni Brann Fährmann ijara shartnomasining oxirgi kunida qaytmasligini tasdiqladi[9].

Xalqaro faoliyati tahrir

Fährmann Germaniyaning bir qancha yoshlar milliy futbol jamoalarining sobiq aʼzosi[10].

Shaxsiy hayoti tahrir

Fährmannning akasi Falk Fermann FSV Zwickau jamoasida darvozabon sifatida oʻynagan[11].

Faoliyati statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Schalke 04 II 2007-08 Oberliga Westfalen 28 0 28 0
2008-09 Regionalliga West 11 0 11 0
Jami 39 0 39 0
Schalke 04 2008-09 Bundesliga 3 0 1 0 1 0 5 0
Eintracht Frankfurt II 2009-10 Regionalliga Süd 6 0 6 0
Eintracht Frankfurt 2009-10 Bundesliga 3 0 0 0 3 0
2010-11 Bundesliga 15 0 1 0 16 0
Jami 18 0 1 0 19 0
Schalke 04 2011-12 Bundesliga 9 0 0 0 4 0 1 0 14 0
2012-13 Bundesliga 0 0 0 0 0 0 0 0
2013-14 Bundesliga 22 0 1 0 4 0 27 0
2014-15 Bundesliga 25 0 1 0 6 0 32 0
2015-16 Bundesliga 34 0 1 0 8 0 43 0
2016-17 Bundesliga 34 0 4 0 11 0 49 0
2017-18 Bundesliga 34 0 5 0 39 0
2018-19 Bundesliga 17 0 2 0 6 0 25 0
2020-21 Bundesliga 22 0 3 0 25 0
2021-22 2. Bundesliga 6 0 2 0 8 0
2022-23 Bundesliga 0 0 0 0 0 0
Jami 203 0 19 0 39 0 1 0 262 0
Schalke 04 II 2012-13 Regionalliga West 2 0 2 0
2013-14 Regionalliga West 2 0 2 0
Jami 4 0 4 0
Norwich City (loan) 2019-20 Premier League 1 0 1 0 1 0 3 0
Brann (loan) 2020 Eliteserien 0 0 0 0 0 0
Faoliyatida jami 274 0 22 0 40 0 2 0 338 0

Yutuqlari tahrir

Schalke 04“

  • DFL-Superkubogi : 2011[12]
  • 2. Bundesliga : 2021-2022

Manbalar tahrir

  1. „2019/20 Premier League squads confirmed“. Premier League (3-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.
  2. „Ralf Fährmann“. Schalke 04. Qaraldi: 31-dekabr 2021-yil.
  3. „Ralf Fährmann“ (olmoncha). fussballdaten.de. Qaraldi: 25-aprel 2011-yil.
  4. „Fährmann signed with Frankfurt“ (olmoncha). Frankfurter Rundschau (9-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 25-aprel 2011-yil.
  5. „Ralf Fährmann verlängert seinen Vertrag vorzeitig bis 2019“ (olmoncha). FC Schalke 04. 3-iyun 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-may 2014-yil.
  6. „Schalke 04 vs. Eintracht Frankfurt 0 – 1“. Soccerway (18-aprel 2018-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2019-yil.
  7. „Ralf Fährmann signs for Norwich City“. Norwich City (5-iyul 2019-yil). Qaraldi: 5-iyul 2019-yil.
  8. „Ralf Fährmann joins SK Brann on loan until the end of the season“. FC Schalke 04 (10-mart 2020-yil).
  9. „Ahamada klar for Brann“ (norvegcha). SK Brann (9-iyun 2020-yil).
  10. „National team player Ralf Fährmann“. DFB.de. Qaraldi: 25-aprel 2011-yil.
  11. „Heinicke: Haupstache gesund“ (olmoncha). kicker.de (27-mart 2008-yil). Qaraldi: 25-aprel 2011-yil.
  12. „Borussia Dortmund 3:4 FC Schalke 04: Takt. aufstellung“ (olmoncha). Kicker. Olympia-Verlag. Qaraldi: 13-avgust 2019-yil.