Ramil Raisovich Islomov (1973-yil 21-avgustda tugʻilgan) — oʻzbek va rossiyalik erkin kurashchi, jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni sanaladi.

Ramil Raisovich Islomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi OʻzbekistonRossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 1973-yil 21-avgust
Toshkent
Boʻyi 173 sm
Vazni 63 kg
Sport
Qaysi sport Erkin kurash
Klubi MHSK (Novosibirsk)
Murabbiy(lar)i M.Fitkulin, R.Fitkulin[1]
Medallar

Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi

Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Kumush Krasnoyarsk 1997 58 kg.gacha
Oltin Ankara 1999 63 kg.gacha
Yozgi Osiyo oyinlari
Kumush Bankok 1998 63 kg.gacha
Osiyo Chempionati
Oltin Manila 1995 62 kg.gacha
Kumush Toshkent 1999 63 kg.gacha
Oltin Guylin 2000 63 kg.gacha

Tarjimai hol tahrir

Ramil 1973-yilda Toshkent shahrida dunyoga keladi. U 1995-yilda Osiyo chempioni boʻldi. 1996-yilda Atlantada oʻtgan oʻyinlarda ishtirok etgan, lekin vaziyat u oʻylagandek boʻlib chiqmay 5-oʻrinni egallaydi. Ramil 1997-yilda jahon chempionatining kumush medali sovrindori boʻldi.

Kurashchi 1998-yilda Osiyo oʻyinlarining kumush medalini qoʻlga kiritdi. Oʻziga ishongan Islomov 1999-yilda Osiyo chempionatining kumush medali va jahon chempionatining bronza medali sovrindori boʻldi. Ramil 2000-yilda Osiyo chempioni boʻlishga erishdi, biroq Sidney Olimpiadasida jarohati butkul bitmagani sababli 17-oʻringa tushib ketadi.

Ramil Ismoilov 2003-yilda Rossiyaga koʻchib oʻtdi va "MHSK"ga aʻzo boʻldi, shu yilning oʻzida Yevropa chempionatida 5-oʻrinni egalladi.

Hozirgi kunda erkin kurash boʻyicha Rossiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi.[2]

Mukofot va unvonlar tahrir

• 1996-yilda “Shuhrat” medali[3]

• 2000-yilda Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi[4]


Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. https://infosport.ru/person/borba-volnaya/islamov-ramil-raisovich
  2. https://infosport.ru/person/borba-volnaya/islamov-ramil-raisovich
  3. http://lex.uz//uz/docs/-2379499 Respublikaning bir guruh sportchi va sport ustozlarini mukofotlash toʻgʻrisida
  4. http://lex.uz//uz/docs/-2367699 Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining toʻqqiz yilligi munosabati bilan fan, sogʻliqni saqlash, madaniyat, ma’rifat, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida