Ramin Ibrohim o'g'li Ibragimov ( ozarbayjoncha: Ramin İbrahimo oğlu İbrahimov, 1978-yilda tug‘ilgan) - ozarbayjonlik paralimpiya-dzyudochi va murabbiy, 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida va B2 ko‘zi ojizlar toifasida ishtirok etgan, 2007-yilgi Jahon o‘yinlari g‘olibi, ikki karra Yevropa chempioni (2007 va 2009), 2008-yilgi Paralimpiya o‘yinlarining bronza medali sovrindori. 2012-yilda Londondagi Paralimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon nomidan chiqqan jiddiy raqib hisoblangan[1] va oltin medalni qoʻlga kiritgan[2]. Paralimpiya dzyudo bo‘yicha Ozarbayjon ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi sanaladi.

Ramin Ibrohim o'g'li Ibragimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Ramin İbrahimo oğlu İbrahimov
Fuqaroligi Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Tavallud sanasi 2-iyul 1978-yil (1978-07-02) (45 yosh)
Sport
Qaysi sport dzyudo
Sport mukofotlari
Paralimpiya o‘yinlari
Bronza Pekin 2008 60kg gacha
Oltin London 2012 60kg gacha
Jahon chtppionati
Bronza Bromat 2006 60kg gacha
Bronza Antalya 2010 60kg gacha
Jahon o‘yinlari
Oltin San Paulu 2007 60kg gacha
Bronza Antalya 2011 60kg gacha
Yevropa chtppionati
Oltin Boku 2007 60kg gacha
Oltin Debretsen 2009 60kg gacha
Kumush Odivelash 2015 60kg gacha

Tarjimai hol tahrir

Ramin Ibrohimov 1978-yil 2-iyulda dunyoga keladi. Ibrohimov tug‘ma og‘ir irsiy ko‘z kasalligiga chalingan. Biroq, u ko‘rish qobiliyati tufayli nogironlikka chiqsa ham  sport bilan shug‘ullana boshladi. Ibrohimov sport bilan shug‘ullanayotgan paytida dzyudoni unchalik o‘zlashtirolmadi[3] .

1990-yilda u sambo bilan mashg‘ul bo‘la boshladi, shu bo‘yicha Yevropa va jahon chempionatlarining g‘olibi va sovrindori bo‘ldi. Ibrohimovning murabbiyi Shohlar Mustafoyev bo‘lgan.

Vaqt o‘tishi bilan bu sport yuklamalari uning ko‘ziga ta’sir qila boshladi va 2006-yilda Ibrohimov Ozarbayjon Milliy Paralimpiya qo‘mitasiga dzyudo bo‘yicha Paralimpiya terma jamoasiga qabul qilish iltimosi bilan chiqdi. Ibrohimovni bunday qarorga kelishiga 2004-yilgi Paralimpiya o‘yinlari g‘olibi Ilhom Zakiyev turtki bo‘ldi. O‘sha yili Bromma (Fransiya) shahridagi jahon chempionatida Ramin Ibrohimov ko‘zi ojiz dzyudochilar orasida bronza medali sovrindori bo‘ldi[4]. 2008-yilda Pekindagi  Paralimpiya o‘yinlari uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi[3].

Ramin Ibrohimov Tarlan Poladov qo‘l ostida shug‘ullandi. 2007-yilda Ibrohimov Yevropa chempioni va San-Pauludagi Jahon o‘yinlari g‘olibi bo‘ldi. Olimpiya chempioni Nozim Huseynov va dzyudochi Zulfiya Huseynova Ibrohimovga Braziliyadagi musobaqaga tayyorgarlik ko‘rishda yaxshigina yordam qo‘lini cho‘zishdi.

 
Ibragimov 2012 yilgi Paralimpiya o'yinlari taqdirlash marosimida

Pekindagi Paralimpiya o‘yinlarida 60 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ishtirok etgan Ibrohimov musobaqa favoriti sifatida ko‘rildi. Biroq yarim finalda u keyinchalik Paralimpiya chempioni jazoirlik Movlud Nouraga mag‘lub bo‘ldi. Bundan tashqari, Ramin britaniyalik sportchi Ben Kvilterni bir daqiqadan kamroq vaqt oralig‘ida ippon bilan yengib, uchinchi o‘rinni egalladi[5].

2009-yilda ikki karra Yevropa chempioni bo‘ldi, 2011-yilda esa Ozarbayjonda paralimpiya faoliyatini rivojlantirishdagi qo‘shgan xizmatlari uchun Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan “Taraqqiyot” medali bilan taqdirlandi[6].

2012-yilda Londonda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida Ibrohimov finalda xitoylik sportchi ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalni olishga muvaffaq bo‘ladi. Ozarbayjon Prezidentining 2012-yil 14-sentabrdagi farmoni bilan Ibrohimov “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlanadi[7].

2015-yilda u Portugaliyaning Odivelash shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatining kumush medali sovrindori bo‘ldi[8] .

2016-yilda Ozarbayjonda Paralimpiya faoliyatiini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun Ibrohimov Ozarbayjon Prezidentining farmoni bilan “Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi” bilan taqdirlanadi[9] . Xuddi shu yili Rio-de-Janeyrodagi Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, yarim finalga chiqqan Ibrohimov o‘zbekistonlik Sherzod Namozovga yengilib, uchinchi o‘rin  bahsida mo‘g‘ulistonlik Uganx Bolormaaga imkoniyatni qo‘ldan boy beradi[10] .

2017-yilda Ibrohimov dzyudo bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari bo‘yicha Ozarbayjon ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanadi [11] . 2020-yil Tokioda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida Ibrohimovning to‘rt nafar shogirdi chempion bo‘ladi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 6-sentabrdagi farmoni bilan Tokio shahridagi XVI yozgi Paralimpiya o‘yinlarida erishgan yuksak yutuqlari va Ozarbayjon sportining rivojlanishidagi xizmatlari uchun  Ramin Ibrohimov “Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Faxriy diplomi” bilan taqdirlanadi[12].

Manbalar tahrir

  1. „Judo: What to Watch“. 2016-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-iyul.
  2. Ramin Ibrahimov of Azerbaijan celebrates his gold medal
  3. 3,0 3,1 „Паралимпийский чемпион Рамин Ибрагимов: «Главная победа — это победа над самим собой, над своими слабостями»“. 2015-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 28-mart.
  4. 2006 IBSA World Judo Championships results. +60 kg
  5. Noura wins Men’s Judo gold(ingl.) // china.org.cn. — 7 сентября 2008.
  6. Президент Азербайджана наградил медалью «Терегги» спортсменов-паралимпийцев Азербайджана
  7. „Распоряжение Президента Азербайджанской Республики o награждении членов национальной паралимпийской команды Азербайджана“. 2016-yil 17-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-sentyabr.
  8. „IBSA European Championships Odivelas 2015“. ibsasport.org. 2016-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-sentyabr.
  9. „Награждены лица, имеющие заслуги в развитии паралимпийского движения в Азербайджане“. 2016-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
  10. „Мустафаев завоевал серебро Паралимпиады“. 2016-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-sentyabr.
  11. „Ибрагим Ибрагимов: Изменения в правилах пойдут на пользу азербайджанскому дзюдо“. azerisport.com. 2017-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-avgust.
  12. „Распоряжение Президент Азербайджанской Республики o награждении членов Национальной паралимпийской команды Азербайджана“. president.az (2021-yil 6-sentyabr). 2021-yil 6-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-sentyabr.

Havolalar tahrir