Rang ( tasviriy sanʼatda) — rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi. R. orqali rassom mavjud borliqni oʻziga xos xususiyatlari bilan haqqoniy aks ettiradi. Jahon sanʼati taraqqiyotida borliq R.ini aks ettirishning turli uslub va tizimlari shakllangan, biroq hammasining asosida R.larni bir-biri bilan aralashtirib, yangi R. hosil qilish uslubi yotadi. 7 xil kamalak (spektr) R.ini bir-biriga aralashtirish orqali 280 dan ortiq R. tuslanishini hosil qilish mumkin. R. inson ruhiyatiga kuchli taʼsir etuvchi vosita boʻlib, u insonda quvonch va mayuslik, tetiklik yoki gʻamginlik, xotirjamlik yoki bezovtalik tuygʻularini uygotishi mumkin. Rassom uchun R.ning ana shu kuchi muhim omil boʻlib, ular asarning gʻoyaviyplastik yechimida muxim rol oʻynaydi.

Tabiatdagi bor R.lar axromatik va xromatik R.larga boʻlinadi. Axromatik R.larga oqdan toʻq qoragacha boʻlgan boʻyoqlar, qolganlari xromatik (kizil, sariq, koʻk va h.k.) R.larga kiradi. Xromatik R.lar oʻz navbatida issiq (qizil, sariq, zargʻaldoq) va sovuq (koʻk, moviy, binafsha), shuningdek, har ikkisiga kiruvchi (binafsha, yashil) R.larga ajratiladi. Rangtasvirda issiq va sovuq R.larning oʻzaro uygʻunligi asarning rang tizimi — koloritni tashkil qiladi, shuningdek, asar kompozitsiyasini tashkil etuvchi unsur va vosita hisoblanadi. Iliq P. yaqinlik, sovuq R. uzoqlik tuygʻusini berishi asarda masofani kursatish (ayniqsa, manzara janri)da koʻl keladi.

Tasviriy sanʼat tarixida R.dan foydalanish jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borgan. Ibtidoiy jamoa rassomi oʻz "asar"ini mavjud tabiiy R. (yogʻoch koʻmiri, olov kuyasi)dan foydalanib ishlagan, jamiyat rivoji bilan R. — pigment va bogʻlovchilar ortib borgan, Rang (tasviriy sanʼat)ch. usuli rivojlangan: quldorlik davrida murakkab R. (akvarel, tempera, enkaustika) texnologiyasi ishlab chiqilgan. Oʻrta asrlar oxirida moyboʻyoq texnologiyaSi paydo boʻlgan, shu davrdan R. tuslanishi ham ortib avvalgi lokal, yassi R. oʻrnini nursoya yordamida oʻzgaruvchi, tuslanuvchi R.lar tizimi egallagan. Buyumlarning toʻlaqonli hajmli koʻrinishini aks ettirish, fazoviy boʻshliqni R. orqali oʻzlashtirish kuchayib borgan. 19-asr 60—70-yillaridan yorqin (spektr) R.larga yaqin R.larni yonmayon qoʻyish asosida kartinalar yaratila boshlandi. Bunday asarlarni maʼlum masofadan kuzatish lozim. Avangard sanʼati (abstrakt sanʼat, simvolizm, syurrealizm va boshqalar)da R. majoziy, ramziy mazmunga ega boʻldi, koʻp hollarda asarning asosiy mazmuni va gʻoyasini tashkil etdi. R.lar oʻlchami, shakli, oʻrni oʻzida sirli, falsafiy mazmunni yoritishga karatildi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil