Rashid Qodirov
Qodirov Rashid Hamidovich (oʻzbekcha: Қодиров Рашитжон Ҳамидович; 1952-yil 24-fevral, Andijon, OʻzSSR) — Oʻzbekiston Bosh prokurori (2000-2015)[1].
Rashitjon Hamidovich Qodirov Рашитжон Ҳамидович Қодиров | |||
![]() | |||
| |||
---|---|---|---|
18-fevral 2000-yildan — 21-aprel 2015-yilgacha | |||
Hukumat boshlig‘i: | Oʻtkir Sultonov Shavkat Mirziyoyev | ||
Prezident: | Islom Karimov | ||
Oʻtmishdoshi: | Usmon Xudoyqulov | ||
Vorisi: | Ixtiyor Abdullayev | ||
Tavalludi: | 24-fevral 1952-yil (69 yosh) Izboskan tumani, Andijon, OʻzSSR |
Tarjimai holiTahrirlash
- 1975-yilda Toshkent universitetining yuridik fakultetini bitirgan.
- 1976-1980 yillarda Andijon viloyati prokuraturasida tergovchi, katta tergovchi boʻlib ishlagan.
- 1980-yilda OʻzSSR Davlat xavfsizligi qoʻmitasiga ishga oʻtib, tergov boʻlimi tergovchisidan qoʻmita tergov bosh boshqarmasi boshligʻigacha yetgan.
- 1991-1994 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining oʻrinbosari.
- 1994-yilda Oʻzbekiston bosh prokurorining oʻrinbosari etib tayinlangan.
- 2000-yil 22-fevralda Bosh prokuror etib tayinlangan. 2005, 2010 yillarda ushbu lavozimga qayta tayinlangan.
- 2015-yil 21-aprelda isteʼfoga chiqarilgan.
- 2018-yil 23-fevralda taʼmagirlik, mansab vakolatlarini suisteʼmol qilish, poraxoʻrlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, hibsga olingan[2].
- 2019-yil 26-iyun kuni sud tomonidan pora berishga dalolat qilish, firibgarlik, soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash, tergov qilishga va sud ishlarini hal etishga aralashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi bir qator ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish va ish haqi minimumining 500 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Barcha davlat mukofotlari va unvonlaridan mahrum qilindi[3]
OilasiTahrirlash
- Otasi — Hamid Qodirov, Andijon universiteti professori boʻlgan.
- Qaynotasi — Bektosh Rahimov, OʻzSSR davlat arbobi boʻlgan.
- Oʻgʻli — Alisher Qodirov, tadbirkor. 2018-yilda firibgarlikda ayblanib, qidiruvga berilgan.
- Kuyovi — Nodir Toʻraqulov, Surxondaryo viloyati milliy xavfsizlik xizmati boshqarmasi boshligʻi boʻlgan. 2018-yilda poraxoʻrlikda ayblanib, 16 yilga qamalgan.[4]
Oʻzbekiston Bosh prokurorlariTahrirlash
- 1990-1998 — Boʻritosh Mustafoyev
- 1998-2000 — Usmon Xudoyqulov
- 2000-2015 — Rashid Qodirov
- 2015-2018 — Ixtiyor Abdullayev
- 2018-2019 — Otabek Murodov
- 2019-yildan — Nigʻmatilla Yoʻldoshev