Ratchet & Clank (videooʻyin, 2016)

Ratchet & Clank Insomniac Games studiyasi tomonidan ishlangan va Sony Interactive Entertainment tomonidan tarqatilgan videooʻyindir. Bu videooʻyin PlayStation 4 uchun moʻljallangan boʻlib, Ratchet & Clank videooʻyinlar seriyasining oʻn beshinchisidir. Oʻyin voqealari 2016-yili chiqarilgan shu nomli filmga asoslangan.[1]

Ratchet & Clank
Ishlab chiqaruvchi Insomniac Games
Nashir etuvchi Sony Interactive Entertainment
Chiqarilgan sana 12-aprel 2016
Bastakor Michael Bross
Janr Platforma o'yini
Platformalar PlayStation 4
Oʻyin rejimlari Yagona o'yinchi

Ratchet & Clank tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Bu oʻyindan soʻng, 2021-yil iyunida Ratchet & Clank: Rift Apart videooʻyini (PlayStation 5 uchun moʻljallangan) ommaga havola etildi.

Manbalar tahrir

  1. Schneider, Ryan „The original Ratchet & Clank is being re-imagined for PS4“. PlayStation.Blog.Europe (10-iyun 2014-yil). Qaraldi: 10-iyun 2014-yil.

Havolalar tahrir