Regzor — Buxoro viloyati, Buxoro tumanining Shergiron mahalla fuqarolar yigʻini hududidag aholi punkti nomi[1]. Toponim ikki qismdan tashkil topgan: regt-zor. „Reg“ fors- tojikcha soʻz boʻlib, „kvars va boshqa qattiq maʼdanlar boʻlagi, mayda zarralari“hamda -zor oʻrin, makon maʼnosini anglatishga xoslangan qoʻshimcha qoʻshilishidan hosil boʻlgan ushbu nom „qum mavjud joy“, „qumloq“ kabi maʼnolami anglatadi. Bunday joylar daryo boʻylari, sahro va choʻlda boʻlgan. Regzor „qum toʻshalgan joy“, „usti donador qum bilan qoplangan joy“, „sayilgoh“, „ommaviy tomoshalar (oʻyin, kurash) oʻtkaziladigan joy“ maʼnosida ham qoʻllandi. Registon ham mazkur soʻz bilan oʻzakdosh[2].


Manbalar tahrir

  1. Rajabov Q, Hayitov Sh, Sodiqov F. Buxoro tuman tarixi (qisqacha ma’lumotnoma). Toshkent: Tafakkur, 2015 — 52 bet. 
  2. Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 115 bet.