Ribinsk
Ribinsk (1946-yildan 1957-yilgacha Shcherbakov, 1984—89 yillarda Andropov) — Rossiya Federatsiyasi Yaroslavl viloyatidagi shahar (1777 yildan). Ribinsk stansiyasi. Ribinsk suv ombori yonida, Volga boʻyidagi port. Aholisi 243,6 ming kishi (1998). Mashinasozlik (kemasozlik, motorsozlik, "Poligrafmash" ishlab chiqarish birlashmalari; dizel, optikamexanika, stanoksozlik, "Verxnevoljskkabel" va boshqa zavodlar); neft kimyosi korxonalari mavjud. Mebelyogʻochsozlik kombinati, gugurt fabrikasi va boshqa ishlab turibdi. Aviatsiya texnologiya instituti, 2 teatr, tarixiymeʼmoriy va badiiy muzeyqoʻriqxona bor. 1071-yildan Ust-Sheksna, 1504—1779-yillarda Ribnaya Sloboda nomlari bilan maʼlum. 18–19 asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklar saqlanib qolgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |