Richard Crandall
Richard Crandall (inglizcha: Richard E. Crandall; 1947-yil 29-dekabr — 2012-yil 20-dekabr[1]) — algoritmik sonlar nazariyasiga katta hissa qoʻshgan amerikalik fizik va kompyuter olimi boʻlgan[2]. U vaznli diskret irratsional asosli konvertatsiya yaratuvchisi va katta tub sonlarni topishning muhim algoritmi sifatida tanilgan[3].
Biografiya
tahrirRichard Crandall Michigan shtatining Ann Arbor shahrida tugʻilgan. Olimning soʻzlariga koʻra, otasi unga aktuariy (sugʻurta statistikasi boʻyicha mutaxassis) boʻlib ishlagan koʻp sonlardan qoʻrqmaslikni oʻrgatgan[4]. 1965-yilda u Kaliforniya Texnologiya Institutiga oʻqishga kirdi (u yerda Richard Feynmanning maʼruzalari kursida qatnashdi), ammo 2 yildan soʻng Rid kollejiga oʻtdi. U yerda Richard 1969-yilda sanʼat bakalavri (BA) darajasini oldi, undan soʻng Massachusets texnologiya institutida aspiranturaga oʻqishga kirdi va u yerda Regge nazariyasining matematik muammolari ustida ishladi. 1973-yilda esa Richardga falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi. 1978-yilda u yana Reed kollejiga fizika professori sifatida qaytdi. 1984-yilda Richard Crandall atomi deb nomlanuvchi muammoni ishlab chiqdi[5].
Martaba
tahrir1970-yillarda Crandall kompyuterlarga qiziqa boshladi. 1984-yil 24-yanvarda Apple birinchi Macintosh-ni ishlab chiqardi. Reed-kollejini kompyuterlashtirish gʻoyasi bilan yonib ketgan olim Steve Jobs bilan uchrashdi va ular tez orada doʻst boʻlishdi. 1980-yillarning oʻrtalarida Richard Reed kollejida oʻqituvchilikni tashlab, NeXT kompaniyasida Jobsga qoʻshildi, u yerda bosh kriptograf, keyin esa bosh olim lavozimiga koʻtarildi. 1987-yilda u oʻsha paytda Mathematicaning birinchi versiyasini ishlab chiqayotgan Stiven Volfram bilan uchrashdi. Keyinchalik, Crandall kompyuter hisoblash va uning fan va oʻqitishda qoʻllanishi boʻyicha bir nechta kitoblar yozdi[6][7].
Ilmiy yutuqlaridan tashqari, Richard Crandall PSI Press nashriyot firmasi va Perfectly Scientific konsalting firmasining asoschisi hisoblanadi[8].
Vafot
tahrirRichard Crandall 2012-yil 20-dekabrda Portlanddagi (Oregon sogʻliqni saqlash va fan universiteti) kasalxonasida vafot etgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/december/29/richard-crandall
- ↑ https://knigogid.ru/authors/603645-richard-krendall
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/december/29/richard-crandall
- ↑ https://knigogid.ru/authors/603645-richard-krendall
- ↑ https://knigogid.ru/authors/603645-richard-krendall
- ↑ https://knigogid.ru/authors/603645-richard-krendall
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/december/29/richard-crandall
- ↑ https://www.calendarz.com/ru/on-this-day/december/29/richard-crandall
- ↑ https://knigogid.ru/authors/603645-richard-krendall