Robert Bruce Merrifield
Robert Bruce Merrifield (1921.15.6. Fort-Uert, Texas shtati, AQSH — 2006.14.5, Kresskill, Nyu-Jersi) — amerikalik biokimyogar. AQSH Milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1972). Los-Anjelesdagi Kaliforniya universitetni tugatgan (1943), 1949 yildan Nyu-Yorkdagi Rokfeller universitetida ishlagan (1966 yildan professor). Aminokislotalar bilan taʼsirlashadigan faol guruxlar tutgan qattiq polimer tashuvchilarda peptidlar sintez qilishining geterofazoviy usulini ishlab chiqqan (1962). Bradikinin, angiotenzin va ribonukleazalarni sintez qilgan (1969). Nobel mukofoti laureati (1984).[1][2]
Robert Bruce Merrifield | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi |
15-iyun 1921 Fort-Uert, Texas shtati |
Vafoti |
14-may 2006 Kresskill, Nyu-Jersi |
Sohasi | Kimyo |
Mashhur sovrinlari | Nobel mukofoti |
ManbalarTahrirlash
- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Nobel mukofoti sovrindorlari
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |