Robert Cox Merton (1944, Nyu-York) — amerikalik iktisodchi. Kaliforniya texnologiya instituti magistri (1967), Kembrij (Massachusets texnologiya instituti) universiteti professor (1969–1980), Iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosi direktori (1979), Garvard universiteti qoshidagi Ish boshqaruvchilar oliy maktabi professor Ilmiy ishlari nomaʼlumliklar iqtisodiyoti, axborotlar, matematik iktisodiyot va modellashtirish, moliya va investitsiya masalalariga bagʻishlangan. M. ikkilamchi qimmatli qogʻozlar yoki "derivativ"larning opsionlari qiymatini baholashda foydalaniladigan "Blek-Skoulz formula"sini yechishning yangi uslublarini yaratdi. Natijada bu formuladan keng foydalanish imkoniyati paydo boʻldi. Nobel mukofoti laureati (1997; Myron Scholes bilan birgalikda).[1]

Robert Cox Merton (2010)

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil