Roberto Bettega

professional italiya futbolchisi

Roberto Bettega (italyancha: Roberto Bettega)-Italiya terma jamoasining italiyalik futbolchisi.1995-yildan 2006-yilgacha-"Yuventus" klubi vitse-prezidenti.2009-yilda u „Yuventus“ga bosh direktor oʻrinbosari lavozimiga qaytdi.

Faoliyati tahrir

1950-yil27-dekabrda Turin shahrida tugʻilgan."Yuventus" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi.1969/70-yilgi mavsum boshlanishidan oldin 19 yoshli Bettega B Seriyaning „Vareze“ klubiga ijaraga berildi.Oʻsha paytda jamoani taniqli sobiq hujumchi Niels Liedholm boshqargan.U murabbiy sifatida ham tan olingan.U yosh yangi futbolchining imkoniyatlarini yuqori baholadi: „U jismoniy holatini ajoyib texnika bilan uygʻunlashtiradi.U ayniqsa ikkinchi qavatdagi oʻyinda kuchli, ikki oyogʻi bilan ham yaxshi zarba beradi.Unga ozgina tajriba kerak, shunda u har qanday raqibni dahshatga soladigan kuchli kuchga aylanishi aniq.“ Liedholm Bettegani asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida hisoblagan.Roberto Bettega esa katta futboldagi debyut mavsumida 30 uchrashuvda 13 ta gol urib, murabbiyning ishonchini oqladi.1969/70-yilgi mavsumda Roberto Bettega „Vareze“ning B seriyada birinchi oʻrinni olib A seriyaga koʻtarilishida katta hissa qoʻshdi..

1970/71-yilgi mavsumda Bettega „Yuventus“ning asosiy tarkib futbolchisiga aylandi.Turin klubi safida 1970-yil 27-sentyabrda „Katanya“ga qarshi safar o‘yinida debyut qilgan va gol urib g‘olibga aylanadi.Umuman olganda yosh forvard A seriyadagi ilk mavsumida 28 oʻyin oʻtkazib,13 bor raqiblar darvozasiga zarba berdi.Keyingi mavsumning birinchi yarmida (1971/72) Bettega 14 uchrashuvda 10 ta gol urib, fenomenal oʻyin koʻrsatdi.1972-yil 16-yanvarda „Fiorentina“ga qarshi oʻyinda mavsumdagi soʻnggi zarbani raqib darvozasiga yoʻlladi.Ushbu oʻyindan soʻng darhol Bettega uzoq vaqt oʻyindan tashqarida qoldi.Uning sogʻligʻiga oʻpka infeksiyasi va sil kasalligining dastlabki bosqichi jiddiy xavf tugʻdirdi.U faqat keyingi mavsumda (1972/73) 1972-yil 24-sentyabrda maydonga qaytdi.Toʻliq tuzalib ketgan Bettega 27 oʻyin oʻtkazib,8 gol urdi va ketma-ket ikkinchi marta Italiya chempioniga aylandi.Ushbu mavsumdan soʻng u nihoyat „Yuventus“ning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi. Buning uchun u chempionatda 326 oʻyin oʻtkazdi va 129 ta gol urdi.U yetti karra Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan birinchi „Yuventus“ futbolchisiga aylandi.

1977-yilda „Yuventus“ UEFA kubogi finaliga chiqdi va „Atletik Bilbao“ni umumiy hisobda magʻlub etib, oʻzining birinchi jamoaviy kubogini qoʻlga kiritdi va hal qiluvchi golni Roberto Bettega kiritdi.1983-yilda Bettega „Yuventus“ bilan Yevropa Chempionlar kubogi finalida oʻynadi.Uchrashuv boshidayoq gol o‘tkazib yuborgan italyan klubi finalda raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi va „Gamburg“ Yevropaning eng nufuzli klublar oʻrtasidagi kubok sohibiga aylandi.Bu Betteganing „Yuventus“ safidagi soʻnggi oʻyini boʻldi.33 yoshli faxriyga Turin klubining yosh yulduzlari-Rossi,Platini,Bonek bilan asosiy jamoadan joy olish uchun kurashish endi oson boʻlmasdi.

1983-yilning yozida oʻsha davrning koʻplab taniqli oʻyinchilaridan oʻrnak olib,Bettega Shimoliy Amerika futbol ligasida faoliyatini tugatish uchun ketadi.Bir yarim mavsum davomida u „Toronto Blizzard“ klubida 48 ta oʻyinda maydonga tushib,19 ta gol urgan.1984-yil oxirida u nihoyat faoliyatini yakunladi.

Terma jamoa miqyosida tahrir

1971-yilda Roberto Bettega Italiya yoshlar terma jamoasida bitta oʻyin oʻtkazdi.U 1975-yil 5-iyunda Xelsinkida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionati saralash bosqichida Finlandiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda mamlakatning asosiy jamoasi uchun debyut qildi.Bettega oʻyinni toʻliq oʻtkazdi va Italiya 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.Ammo, umuman olganda,Yevro-1976 saralash bosqichi italiyaliklar uchun omadsiz kechdi va italyanlar musobaqaning final qismiga chiqa olishmadi.1977-yilda Enzo Bearzot terma jamoaga bosh boʻladi.Uning qoʻl ostida Bettega jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylanadi.1978-yilgi Jahon chempionatida Italiya toʻrtinchi oʻrinni egalladi va Bettega birinchi guruh bosqichida ikkita gʻalaba golini uradi (vengerlar va argentinaliklarga).1980-yilgi Yevropa chempionatida ham italiyaliklar 4-oʻrinni egalladi.Bettega Italiya uchun gʻalaba qozongan 1982-yilgi jahon chempionatiga terma jamoa tarkibida borishi kerak edi, ammo 1981-yil 4-noyabrda Yevropa chempionlar kubogi „Anderlext“ga qarshi 1/8 javob oʻyinida tizzasidan olgan ogʻir jarohati tufayli mavsumning qolgan qismini va jahon chempionatini oʻtkazib yuborishga majbur boʻldi.

U Italiya safida jami 42 ta o‘yin o‘tkazib,19 ta gol urgan.U oxirgi marta 1983-yilning 16-aprelida Buxarestda Ruminiyaga qarshi safar o‘yinining 69-daqiqasida terma jamoa libosida maydonga tushgan edi. Italiyaliklar oʻsha oʻyinda magʻlub boʻlishdi va natijada Yevro-1984 final bosqichiga chiqa olishmadi.

Yutuqlari tahrir

Klub miqyosida

Shaxsiy mukofotlar

  • 1977-yilda Italiyaning eng yaxshi futbolchisi
  • A Seriyaning eng yaxshi toʻpurari-1980 (16 gol)
  • 1977,1978-yillarda u Yevropaning eng yaxshi futbolchisi „Oltin toʻp“ sovriniga daʼvogarlar roʻyxatida toʻrtinchi boʻldi.

Manbalar tahrir