Rocky Marciano (inglizcha: Rocky Marciano-inglizcha talaffuz qilinadi Rokki Marciano,haqiqiy ismi Rokko Frensis Marchegiano,inglizcha: Rocco Francis Marchegiano) — magʻlubiyatsiz faoliyat olib borgan amerikalik professional bokschi.1923-yil 1-sentyabrda Massachusets shtati Brokton shahrida tavallud topgan.1952-yil 23-sentyabrdan 1956-yil 30-noyabrgacha ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni.Ogʻir vazn toifasida jahon chempionligini qoʻlga kiritgan yagona magʻlubiyatsiz bokschi.BoxRec[1] talqini boʻyicha vazn toifasidan qatʼi nazar, barcha davrlarning eng yaxshi bokschilari reytingida 21-oʻrinni egallaydi.

Rocky Marciano-AQSHlik magʻlubiyatsiz faoliyat olib borgan bokschi

Professional faoliyatini tugatgandan soʻng, u muvaffaqiyatli biznesmenga aylandi.

Tarjimai holi tahrir

Rocky Marciano italiyalik muhojirlarning katta oilasida tugʻilgan.Otasi Ripa Teatina (Abruzzo), onasi Galdo (Kampaniya) San-Bartolomeodan edi.Bolaligida u turli ishlarni bajargan: qor tozalagan, idishlarni yuvgan, qazuvchi boʻlib ishlagan, gaz quvurlari yotqizgan[2].

Sport tahrir

Beysbol mashgʻulotlari tahrir

Rockyning birinchi jiddiy sevimli mashgʻuloti beysbol edi.U umidli sportchi hisoblanardi, ammo mashgʻulotlarda qoʻli singanligi sababli u beysbolchi boʻlish orzusi bilan xayrlashishga majbur boʻldi[3].

Boksdagi faoliyati tahrir

1951-yil mart oyida Rocky Marciano magʻlubiyatsiz bokschi Roland Lastarzaga qarshi ringga chiqdi. Jang juda teng kurashlarda oʻtdi va 10 raund davom etdi.Xakamlar qarori bilan jang Marcianoning gʻalabasi bilan yakunlandi.Bundan tashqari bitta hakam gʻalabani Marcianoga, ikkinchisi-Lastarzaga, uchinchisi esa durang dedi va oʻsha paytdagi qoidalarga koʻra ringdagi hakam gʻalabani Marcianoga berdi.Bu Marcianoning eng bahsli gʻalabasi boʻldi.

1951-yil iyul oyida Marciano kuchli bokschi Reks Leynni 6-raundda nokautga uchratdi.Qolaversa bu jang oldidan Reks Leyn favorit edi.

1951-yil oktyabr oyida u afsonaviy Jo Luis bilan uchrashdi.Keksa Luis yosh raqibga deyarli qarshilik koʻrsata olmadi.8-raundda Marciano sobiq chempionni nokautga uchratdi.

1952-yil sentyabr oyida Marciano ogʻir vazn toifasida jahon chempioni Jersi Jo Uolkottga qarshi ringga chiqdi.Marciano oʻz faoliyatida birinchi marta nokdaunga uchradi. 13-raundda esa Rocky chempionni nokautga uchratdi.Jang „Ring“ jurnaliga koʻra „yil jangi“ maqomini oldi.

1953-yil may oyida Marciano va Uolkott oʻrtasida revansh jangi boʻlib oʻtdi.Marciano raqibni nokdaunga tushirdi.Uolkott sanoqni oxirigacha polda oʻtirdi.Sanoq 10 ga yetgandan keyin hakam bahsli tarzda jangni toʻxtatdi.Uolkottning burchagi bahslasha boshladi, biroq hakam ularga quloq solmadi va keyin ringni tark etdi[4].

1953-yil sentyabr oyida Marciano yana Roland Lastarza bilan uchrashdi.Lastarza koʻproq himoyada harakat qildi.Marciano aksincha hujumda, ammo kurash ancha teng kechdi.11-raundda Marciano Lastarzani ogʻir nokdaunga tushirdi.Lastarsa dadil koʻtarildi, biroq Marciano unga imkoniyat qoldirmadi va hakam texnik nokautni qayd etib jangni toʻxtatdi.Jang „Ring“ jurnaliga koʻra „yil jangi“ maqomini oldi.

1954-yil iyun oyida Marsiano ogʻir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Ezzard Charlzga qarshi ringga chiqdi.Marciano ishonchli tarzda ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi.

1954-yil sentyabr oyida Marciano va Charlz oʻrtasida revansh jangi boʻlib oʻtdi.8-raundda Marciano raqibni nokautga uchratdi.

1955-yil may oyida Marciano 9-raundda kuchli Don Kokellani nokautga uchratdi.

1955-yil sentyabr oyida ogʻir vaznda jahon chempioni Rokki Marciano va yengil vazn toifasida jahon chempioni afsonaviy Archi Mur oʻrtasida jang boʻlib oʻtdi.Marciano 9-raundda raqibni nokautga uchratdi.

Oʻlimi tahrir

U 1969-yil 31-avgustda Cessna-172 hususiy samolyotida aviahalokatga uchrab halok boʻldi.Samolyot uchuvchisi yomon ob-havo tufayli Ayova shtatidagi aerodromga favqulodda qoʻnmoqchi boʻldi, biroq daraxtga urilib ketdi.

Xotira tahrir

  • Rocky Marcianoning ona shahri Broktonda haykali oʻrnatildi[5].
  • Brokton pochta boʻlimi Marciano sharafiga nomlandi[6].
  • „Rocky Marciano“ filmi (Rocky Marciano, AQSh,1999;rejissor Charlz Uinkler; Rocky rolida-Jon Favreau).
  • „Dschinghis Khan“ nemis disko-guruhi Rocky Marciano sharafiga qoʻshiq ishlagan.

Janglarining statistikasi tahrir

Jang Sana Raqib Oʻtkazilgan joy Natija Eslatma
1 1947.03.17  Li Epperson (debyut)  Valley Arena,Xoliok,Massachusets KO3 (4)
2 1948.07.12   Garri Bilasarian (3-5-0)   Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO1 (4)
3 1948.07.19   Jon Edvards (1-1-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO1 (4)
4 1948.08.09   Bobbi Kuin (8-0-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO3 (4)
5 1948.08.23   Eddi Ross (15-0-1)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO1 (6)
6 1948.08.30   Jimmi Uiks (debyut)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO1 (6)
7 1948.09.13   Amfri Jekson (4-2-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO1 (6)
8 1948.09.20   Bill Xardeman (1-4-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO1 (6)
9 1948.09.30   Gilbert Kardon (0-1-0)  Uline Arena,Vashington KO1 (4)
10 1948.10.04   Bob Jeferson (3-2-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO2 (6)
11 1948.11.29   Jeyms Patrik Konnoli (8-5-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO1 (8)
12 1948.12.14   Jilli Ferron (3-4-0)  Convention Hall,Filadelfiya,Pensilvaniya TKO2 (6)
13 1949.03.21   Jonni Pretsi (9-5-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO5 (10)
14 1949.03.28   Arti Donato (8-7-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO1 (10)
15 1949.04.11   Jimmi Uolls (9-15-1)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO3 (10)
16 1949.05.02   Jimmi Evans (18-7-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO3 (10)
17 1949.05.23   Don Mogar (17-9-1)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend UD10 (10)
18 1949.07.18   Garri Gaft (13-7-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO3 (10)
19 1949.08.16   Pit Lutis (29-13-3)  New Page Arena,Nyu-Bedford,Massachusets KO3 (10)
20 1949.09.26   Tommi Didjorjio (9-9-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO4 (10)
21 1949.10.10   Ted Louri (62-49-9)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend UD10 (10)
22 1949.11.07   Jo Dominik (18-10-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO2 (10)
23 1949.12.02   Pet Richards (23-6-5)  Madison Square Garden,Nyu-York,Nyu-York TKO2 (8)
24 1949.12.19   Fil Muskato (56-20-0)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO5 (10)
25 1949.12.30   Karmin Vingo (16-1-0)  Madison Square Garden,Nyu-York,Nyu-York KO6 (10)
26 1950.03.24   Roland Lastarza (37-0-0)  Madison Square Garden,Nyu-York,Nyu-York SD10 (10)
27 1950.06.05   Eldrij Itman (22-20-5)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO3 (10)
28 1950.07.10   Jino Buonvino (22-11-7)  Braves Field,Boston,Massachusets TKO10 (10)
29 1950.09.18   Jonni Shkor (30-18-2)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO6 (10)
30 1950.11.13   Tedd Louri (65-57-10)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend UD10 (10)
31 1950.12.18   Bill Uilson (43-11-2)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO1 (10)
32 1951.01.29   Kin Simmons (8-8-1)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO8 (10)
33 1951.03.20   Garold Mitchell (3-13-3)   Auditorium,Xartford,Konnektikut TKO2 (10)
34 1951.03.26   Art Genri (13-15-1)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend TKO9 (10)
35 1951.04.30   Uillis Applegeyt (11-14-2)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend UD10 (10)
36 1951.07.12   Reks Leyn (34-1-2)  Madison Square Garden,Nyu-York,Nyu-York KO6 (10)
37 1951.08.27   Vreddi Beshor (30-13-1)  Boston Garden,Boston,Massachusets KO4 (10)
38 1951.10.26   Jo Luis (66-2-0)  Madison Square Garden,Nyu-York,Nyu-York KO8 (10)
39 1952.02.13   Li Savold (100-37-3)  Convention Hall,Filadelfiya,Pensilvaniya RTD6 (10)
40 1952.04.21  Jino Buonvino (24-14-8)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO2 (10)
41 1952.05.12  Berni Reynolds (51-9-1)  Rhode Island Auditorium,Providens,Rod -Aylend KO3 (10)
42 1952.07.28  Garri Metyus (81-3-5)  Yankee Stadium,Bronks,Nyu-York KO2 (10)
43 1952.09.23  Jersi Jo Uolkot (51-16-2)  Municipal Stadium,Filadelfiya,Pensilvaniya KO13 (15) Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (1-himoya jangi)
44 1953.05.15  Jersi Jo Uolkot (51-17-2)  Chicago Stadium,Chikago,Illinoys KO1 (15) Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (2-himoya jangi)
45 1953.09.24   Roland Lastarza (53-3-0)  Polo Grounds,Nyu-York,Nyu-York TKO11 (15) Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (3-himoya jangi)
46 1954.06.17   Ezzard Charlz (85-10-1)  Yankee Stadium,Bronks,Nyu-York UD15 (15) Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (6-himoya jangi) hakamlar 8/6,8/5,9/5
47 1954.09.17   Ezzard Charlz (85-11-1)  Yankee Stadium,Bronks,Nyu-York KO8 (15) Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (4-himoya jangi)
48 1955.05.16   Jon Kokkell (66-11-1)  Kezar Stadium,San-Fransisko,Kaliforniya TKO9 (15) Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (5-himoya jangi)
49 1955.09.21   Archi Mur (148-19-8)  Yankee Stadium,Bronks,Nyu-York KO9

(15)

Ogʻir vaznda jahon chempionligi uchun (6-himoya jangi)

Manbalar tahrir

  1. „BoxRec ratings: world, pound-for-pound, active and inactive“. BoxRec. 29-yanvar 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2020-yil.
  2. „Рокки Марчиано (Rocky Marchiano)“. 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
  3. „Биография, нокауты, рекорды Рокки Марчиано“. 1-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
  4. „Rocky Marciano vs Jersey Joe Walcott“. 3-oktabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-oktabr 2017-yil.
  5. „Знаменитому боксеру Рокки Марчиано установили памятник“. 22-aprel 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.
  6. „Рокки Марчиано поставят памятник в Броктоне“. 23-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-noyabr 2014-yil.

Havolalar tahrir