Rodrigo Javier De Paul ( ispancha talaffuzi: (roˈðɾiɣo ðe pol); 1994-yil 24-mayda tugʻilgan) — argentinalik professional futbolchi, La Liga klubi Atletiko Madrid va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi.

Argentina bayrogʻi Rodrigo De Paul
De_Paúl_(2)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rodrigo Javier De Paul
Tavallud sanasi 24-may 1994-yil (1994-05-24) (29 yosh)
Tavallud joyi Argentina bayrogʻi Sarandi, Argentina
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Ispaniya bayrogʻi Atletiko Madrid
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2002-2012 Argentina bayrogʻi Racing
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012-2014
2014-2016
2016-2021
2021-
Argentina bayrogʻiRacing
Ispaniya bayrogʻi Valensiya
Italiya bayrogʻiUdinese
Ispaniya bayrogʻi Atletiko Madrid
(54 (6)
34 (1)
117 (33)
36 (3))
Milliy terma jamoa
2018- Argentina bayrogʻiArgentina (41 (2))
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Racing klubi tahrir

Buenos Ayresning Sarandi shahrida tugʻilgan De Paul 2002-yil sakkiz yoshida Racing Club yoshlar jamoasiga kelib qoʻshilgan.[1] U 2012-yilning 24-iyunida, hali yoshligidayoq, Velez Sarsfieldga qarshi oʻyin uchun asosiy tarkibga chaqirilgan, ammo uydagi 1:2 hisobidagi magʻlubiyatda u maydonga tushmagan.

2013-yilning 10-fevralida De Paul professional sifatidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi va Atletiko de Rafaelada 0:3 hisobidagi magʻlubiyatning 76-daqiqasida Mauro Kamoranesining oʻrniga maydonga tushdi.[2] U birinchi golini bir oy oʻtib, San Martin de San Juanda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda uzoq masofadan yoʻllagan zarbasi orqali kiritdi.[3] De Paul 2012-13 yilgi mavsumda 19 ta oʻyinda maydonga tushgan. Keyin 2013-14 yilgi mavsumda muhim rol oʻynadi, 35 oʻyinda ishtirok etdi va toʻrt marta gol urdi.

Valensiya tahrir

2014-yilning 9-mayida Valensiya CF De Paul uchun Racing bilan 6,5 million AQSh dollari evaziga kelishib olgani eʼlon qilindi.[4] U 6-iyun kuni Los-Che bilan 5 yillik shartnoma imzoladi[5] va 23-avgust kuni bosh murabbiy Nuno Espírito Santo qoʻl ostida La Ligadagi debyutini oʻtkazdi va 65-daqiqada Pako Alkaserning oʻrniga Sevilyaga qarshi 1:1 hisobida maydonga tushdi, lekin bir daqiqadan soʻng Aleix Vidalga qoʻpollik qilgani uchun maydondan chetlatildi.[6]

U klubdagi ilk golini 2014-yilning 4-dekabrida Ispaniya kubogi doirasida Rayo Valyekanoga qarshi oʻyinda (2:1) kiritdi.[7] U 2015-yilning 9-aprelida Athletic Bilbaoga qarshi oʻyinda[8] La Ligadagi birinchi golini buning ortidan kiritdi va klubdagi birinchi mavsumida barcha musobaqalarda 29 ta oʻyinda maydonga tushdi. 2015-16 yilgi mavsumning birinchi yarmida barcha musobaqalarda 14 oʻyin oʻtkazgandan soʻng, shu jumladan UEFA Chempionlar Ligasida ikkita. 2016-yilning 4-fevralida u Valensiyaning oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Gari Nevill tomonidan oʻzining sobiq jamoasi Racing klubiga ijaraga berildi.[9] U oʻzining birinchi va yagona golini 24-fevral kuni Libertadores kubogida Bolivarga qarshi oʻyinda kiritdi.[10]

Udinese tahrir

2016-yilning 20-iyulida De Paull Italiya A seriyasining Udinese klubiga oʻtdi.[11] U 2016-yilning 20-avgustida „ Roma“ga qarshi oʻyinda (4:0) magʻlubiyatga uchragan. U klubdagi ilk golini 2017-yilning 29-yanvarida „ Milan“ga qarshi oʻyinda, 2:1 hisobidagi gʻalabada urishga muvaffaq boʻldi.[12]

U 2018-19 yilgi mavsumni A Seriyaning dastlabki oltita oʻyinida toʻrtta gol bilan boshladi.[13] U 2018-19-yilgi Udinese Kalsio mavsumida toʻqqizta gol va toʻqqizta golli uzatma bilan „Udinese“ning eng yaxshi toʻpurari sifatida mavsumni yakunladi.[14] 2019-yil 15-oktabrda De Paul Udinese bilan yangi besh yillik shartnoma imzoladi.[15] U 2019-20-yilgi mavsumda Udinese safida A seriyada yettita gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi.[16] De Paul 2020-yilning dekabr oyida Kelvin Lazanya oʻrniga Udinese sardori boʻldi.[17]

Atletiko Madrid tahrir

2021-yil 12-iyulda De Paul Atletiko Madrid bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. U Argentina terma jamoasi bilan Amerika Kubogida gʻalaba qozonganidan bir necha kun oʻtib yangi jamoasiga kelib qoʻshildi.[18] 2021-yilning 7-dekabrida u UEFA Chempionlar Ligasi 2021-22-yilgi guruh soʻnggi oʻyinida Portuga qarshi safarda 3:1 hisobida gʻalaba qozonib, yangi klubi uchun birinchi golini kiritdi.

Terma jamoadagi faoliyati tahrir

De Paul Argentina terma jamoasi safidagi debyutini 2018-yil 11-oktabrda Iroqqa qarshi oʻyinda (4:0) oʻtkazdi[19] va keyinchalik Lionel Scaloni qoʻl ostida muntazam asosiy maydon oʻyinchisga aylandi; U 2019-yilgi Copa Americada Chilini 2:1 hisobida magʻlub etib, uchinchi oʻrin uchun oʻyinda uchinchi oʻrinni egallagan Argentina terma jamoasining bir qismi edi.[20]

2021-yil 3-iyul kuni Braziliyada boʻlib oʻtgan Copa America chorak finalida Ekvador ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan De Paul birinchi golni urdi.[21] Turnir finalida mezbon Braziliyaga qarshi oʻyinda De Paulning uzoq uzatmasi orqali Angel Di Mariaga oʻyindagi yagona golni urishga yordam berdi va Argentinaga 15-marta Copa America va 2008-yildan beri birinchi yirik xalqaro chempionlikni qoʻlga kiritish imkonini berdi.[22][23]

Statistika tahrir

Klub tahrir

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Liga Kubok Mintaqaviy musobaqa Boshqalar Umumiy
Liga Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Racing 2012-13 Argentina Primerasi 19 2 1 0 0 0 20 2
2013-14 35 4 0 0 2 0 37 4
Umumiy 54 6 1 0 2 0 57 6
Valensiya 2014-15 La Liga 25 1 4 1 29 2
2015-16 9 0 3 0 3 0 15 0
Umumiy 34 1 7 1 3 0 44 2
Racing (ijara) 2016 Argentina Primerasi 11 0 1 0 3 1 15 1
Udinese 2016-17 A Seria 34 4 1 1 35 5
2017-18 37 4 2 0 39 4
2018-19 36 9 1 0 37 9
2019-20 34 7 1 0 35 7
2020-21 36 9 2 0 38 9
Umumiy 177 33 7 1 184 34
Atletico Madrid 2021-22 La Liga 36 3 2 0 9 1 1 0 48 4
Umumiy 312 43 18 2 17 2 1 0 348 47

Terma jamoa tahrir

Terma jamoadagi oʻyin va gollar
Terma jamoa Yil Oʻyin Gollar
Argentina 2018 3 0
2019 14 0
2020 4 0
2021 15 2
2022 5 0
Umumiy 41 2
Rodrigo De Paul tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
Soni Sana Joy Raqib Gol Natija Musobaqa
1 3 Iyul 2021 Estádio Olímpico Pedro Ludovico, Goiânia, Braziliya   Ekvador 1-0 3-0 Copa America
2 10 Oktabr 2021 Estadio Monumental Antonio Vespucio Liberti, Buenos Ayres, Argentina   Urugvay 2-0 3-0

2022 FIFA Jahon chempionati saralashi

Yutuqlar tahrir

Argentina

Manbalar tahrir

  1. Asi es Rodrigo de Paul, nuevo jugador del Valencia CF (This is Rodrigo de Paul, new player of Valencia CF); Deporte Valenciano, 2 May 2014 (ispancha)
  2. En su casa, Atletico de Rafaela goleo a Racing (At home, Atlético de Rafaela thrashed Racing); Mundo D, 10 February 2013 (ispancha)
  3. En otro partido con incidentes, Racing goleó y ayudó a Independiente (In another match with incidents, Racing thrashed and helped Independiente) (Wayback Machine saytida 2015-12-08 sanasida arxivlangan); Cancha Llena, 10 March 2013 (ispancha)
  4. Comunicado Oficial (Official announcement) (Wayback Machine saytida 2022-11-13 sanasida arxivlangan); Valenciaʼs official website, 9 May 2014 (ispancha)
  5. Rodrigo de Paul, nuevo jugador del Valencia CF (Rodrigo de Paul, new player of Valencia CF) (Wayback Machine saytida 2022-11-30 sanasida arxivlangan); Valenciaʼs official website, 6 June 2014 (ispancha)
  6. „Punto de fe del Valencia“ [Valencia point of faith] (es). Marca (23-avgust 2014-yil). Qaraldi: 3-sentabr 2014-yil.
  7. „Copa del Rey: Rodrigo de Paul gives Valencia 2-1 advantage over Rayo“ (en). ESPN (4-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  8. „Athletic Bilbao 1 Valencia 1“ (en). Sports Mole (9-aprel 2015-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  9. „Valencia youngster Rodrigo de Paul joins Racing Club on loan“ (en). Sports Mole (4-fevral 2016-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  10. „RACING OPEN GROUP STAGE CAMPAIGN WITH COMFY BOLIVAR WIN“ (en). Fox Sports (25-fevral 2016-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  11. „VCF Official Statement | Rodrigo de Paul transferred to Udinese“. Valencia CF (20-iyul 2016-yil). Qaraldi: 21-iyul 2016-yil.
  12. „Udinese 2 AC Milan 1“ (en). Goal.com (29-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  13. „Udinese claims 2–0 win over last-placed Chievo in Serie A“ (en). Efe (23-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  14. „Official: De Paul extends at Udinese“ (en). Football Italia (29-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  15. „Official: De Paul extends at Udinese“ (en). Football Italia (29-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  16. „Report: Udinese want €40m for De Paul“ (en). Football Italia (5-avgust 2020-yil). Qaraldi: 1-sentabr 2020-yil.
  17. „Lasagna "declassato"? Nonostante la sua titolarità ieri il capitano era De Paul“ (it). tuttoudinese.it. Tutto Udinese (24-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 6-fevral 2021-yil.
  18. „Club Atlético de Madrid - Welcome, Rodrigo de Paul!“ (en). Club Atlético de Madrid. Qaraldi: 2021-yil 12-iyul.
  19. „Iraq 0 Argentina 4“ (en). Sky Sports (11-oktabr 2018-yil). Qaraldi: 30-avgust 2020-yil.
  20. „Argentina venció 2-1 a Chile y se quedó con el tercer puesto“ (es). CONMEBOL (6-iyul 2019-yil). 8-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2020-yil.
  21. „Argentina beat Ecuador 3-0 to move into Copa America semi“. Reuters (4-iyul 2021-yil). Qaraldi: 11-iyul 2021-yil.
  22. „Highlights of Copa America final 2021“.
  23. Graham, Bryan Armen. „Argentina 1-0 Brazil: Copa América final – live!“. The Guardian (11-iyul 2021-yil). Qaraldi: 11-iyul 2021-yil.
  24. „Italy 0–3 Argentina: Messi and Di Maria shine in impressive Finalissima win“. BBC Sport (1-iyun 2022-yil). Qaraldi: 2-iyun 2022-yil.

Havolalar tahrir

Lua xatosi in package.lua at line 80: module 'Module:CountryData/cacheB' not found.